www.sci-p.uz
II SON. 2025
334
KORPORATIV SEKTORNI BARQAROR MOLIYALASHTIRISHDA KAPITAL BOZORI
INSTRUMENTLARINING SAMARADORLIGI
Sobirov Jurabek
O‘zbekiston Respublikasi Bank
-moliya akademiyasi
ORCID: 0000-0002-7752-6837
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda korporativ sektorda moliyalashtirish
mexanizmlarining amaldagi
holati, mavjud tizimdagi muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha
takliflar yoritiladi. Xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston sharoitiga mos keladigan samarali
moliyalashtirish strategiyalari ishlab chiqilib, moliyaviy diversifikatsiyalash, investorlar
ishonchini oshirish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali barqaror moliyalashtirish
tizimini shakllantirish yo‘llari taklif etiladi.
Kalit so‘zlar:
korporativ sektor, moliyalashtirish strategiyalari, kapital bozori, davlat-
xususiy sheriklik, korporativ obligatsiyalar, moliyaviy barqarorlik.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИНСТРУМЕНТОВ ФОНДОВОГО РЫНКА В ОБЕСПЕЧЕНИИ
УСТОЙЧИВОГО ФИНАНСИРОВАНИЯ КОРПОРАТИВНОГО СЕКТОРА
Собиров Журабек
Банковско
-
финансовая академия Республики Узбекистан
Аннотация
.
В статье рассматривается текущее состояние механизмов
финансирования корпоративного сектора в Узбекистане, выявляются основные
проблемы существующей системы и предлагаются пути их решения. На основе
международного опыта разработаны эффективные стратегии финансирования,
адаптированные к условиям Узбекистана. Предлагаются меры по формированию
устойчивой системы финансирования за счёт диверсификации источников капитала,
повышения доверия инвесторов и совершенствования корпоративного управления.
Ключевые слова:
корпоративный сектор, стратегии финансирования, фондовый
рынок, государственно
-
частное партнёрство, корпоративные облигации, финансовая
устойчивость.
THE EFFECTIVENESS OF CAPITAL MARKET INSTRUMENTS IN ENSURING
SUSTAINABLE FINANCING OF THE CORPORATE SECTOR
Sobirov Jurabek
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan
Abstract.
This article analyzes the current state of corporate financing mechanisms in
Uzbekistan, identifies key challenges in the existing system, and proposes possible solutions. Based
on international experience, effective financing strategies adapted to the national context are
developed. The study suggests building a sustainable financing system through capital
diversification, enhancing investor confidence, and improving corporate governance practices.
Keywords:
corporate sector, financing strategies, capital market, public-private
partnership, corporate bonds, financial sustainability.
UOʻK:
338.516.22
334-339
www.sci-p.uz
II SON. 2025
335
Kirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ sektor mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida
strategik ahamiyat kasb etadi. Ush
bu sektor yirik va o‘rta korxonalarning majmuasi sifatida
sanoat, transport, axborot texnologiyalari, energetika va boshqa asosiy tarmoqlarda ishlab
chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi hamda innovatsion salohiyatning asosiy
harakatlantiruvchi kuchi
hisoblanadi. Korporativ sektorning samarali faoliyat yuritishi esa, o‘z
navbatida, barqaror va samarali moliyalashtirish mexanizmlarining mavjudligiga va ularning
amaliyotda to‘laqonli ishlashiga bog‘liq.
Hozirgi davrda O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor me
xanizmlarining chuqurlashuvi, davlat
ishtirokining qisqarishi, xususiy sektor ulushining ortishi, shuningdek, fond bozorining
shakllanishi korporativ moliya tizimini tubdan isloh qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Shunga qaramay, korporativ subyektlar moliyalashtirish jarayonida hanuzgacha asosan bank
kreditlariga tayanmoqda. Bu esa ularni yuqori foiz stavkalari, garov ta’minoti yetishmasligi,
moliyaviy tavakkalchilik va likvidlik inqirozlariga olib keluvchi tashqi omillarga qaram qilib
qo‘ymoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, korporativ sektorning uzluksiz moliyalashtirilishi
uchun bank kreditlaridan tashqari, kapital bozorining rivojlanganligi, korporativ obligatsiyalar
chiqarish amaliyoti, investitsiya fondlari, venchur kapital, davlat-xususiy sheriklik va sukuk
kabi islomiy moliyalashtirish vositalarining mavjudligi muhim omillardan biridir. O‘zbekiston
sharoitida ushbu muqobil moliyalashtirish vositalarining institutsional bazasi endigina
shakllanib borayotganligi ularning iqtisodiyotdag
i real ahamiyatini cheklab qo‘ymoqda.
Bundan tashqari, korporativ sektorning moliyaviy mustahkamligini ta’minlashda muhim
rol o‘ynaydigan elementlardan biri bu
- shaffof korporativ boshqaruv, xalqaro moliyaviy
hisobot standartlariga mos faoliyat yuritish va tashqi investorlar ishonchini qozonishdir. Ushbu
omillar kapitalni jalb qilish, investorlar sonini oshirish, kapital qiymatini barqarorlashtirish
hamda umumiy iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun muhimdir.
Adabiyotlar sharhi.
Korporativ
sektorni moliyalashtirish masalasi xalqaro miqyosda iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantiruvchi muhim omillardan biri sifatida keng yoritilgan. Ilmiy manbalarda bu jarayon
korporatsiyalarning investitsion faolligini, texnologik modernizatsiyasini va innovatsion
salohiyatini oshirish bilan bevosita bog‘lanadi
(Allen, & Gale, 2000).
Moliyaviy menejment nazariyasining klassik asarlaridan biri bo‘lgan Brealey va Myers
(2020)
tomonidan yozilgan “Principles of Corporate Finance” asarida moliyalashtirish
manbalarining tarkibi va xarakteri korxonaning qiymati, kapital narxi va investorlar uchun
kutilayotgan foyda darajasiga bevosita ta’sir qilishi asoslab berilgan. Ular ustuvorlik tartibi
nazariyasi orqali ichki moliyaviy manbalar, tashqi qarz va aksiyalar chiqarish o‘rta
sidagi tanlov
korxona rahbariyatining signal berish xatti-
harakatlari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Damodaran (2015)
esa o‘zining “Corporate Finance: Theory and Practice” asarida
korporativ moliyalashtirish qarorlarini qabul qilishda risk, likvidlik va dividend siyosatining
ahamiyatini chuqur yoritadi. U kapital strukturani optimallashtirish va qarz/kapital nisbatining
muvozanatini saqlash orqali korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirish mumkinligini
ta’kidlaydi.
Rivojlanayotgan davlatla
r kontekstida korporativ sektorni moliyalashtirish bo‘yicha
tadqiqotlar kapital bozorlarining rivojlanmaganligi, axborot asimmetriyasi, yuqori operatsion
tavakkalchilik va hukumatning noaniq siyosiy muhitini asosiy to‘siq sifatida ko‘rsatadi
(Porta,
Silanes, & other, 1997).
O‘zbekiston sharoitida ushbu masala yuzasidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda
moliyalashtirish vositalarining huquqiy bazasi, institutsional infratuzilmasi va amaliy jihatlari
yetarlicha o‘rganilmoqda. Shuningdek, xalqaro tashkilotla
r, xususan, Jahon banki va Osiyo
taraqqiyot banki tomonidan tayyorlangan tahliliy hisobotlarda O‘zbekistonda korporativ
www.sci-p.uz
II SON. 2025
336
moliyalashtirish tizimini isloh qilishda DXSh loyihalari, islomiy moliya vositalari (sukuk) va
kichik biznes uchun moliyaviy inklyuziya mexanizmlarini kengaytirish muhimligi
ta’kidlanmoqda
(World Bank, 2023).
Tahlil va natijalar muhokamasi.
2019-
yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (hozirgi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi - IVM) milliy valyuta -
so‘mda denominatsiya qilingan davlat g‘aznachilik
qimmatli qog‘ozlarini muntazam ravishda muomalaga chiqarib kelmoqda. Mazkur tashabbus
davlat qarzi portfelini tashqi qarzlardan bosqichma-bosqich ichki qarzlar hisobiga
diversifikatsiya qilish strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu yondashuv nafaqat ichki
kapital bozorini rivojlantirishni, balki xalqaro moliyaviy bozorlar ta’siridan kelib chiqadigan
xatarlarni kamaytirishni ham maqsad qilgan.
1-
rasm. O‘zbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlari bozorining ri
vojlanishi
2024-yil 1-
dekabr holatiga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan
davlat qimmatli qog‘ozlarining so‘ndirilmagan umumiy hajmi 38,9 trillion so‘mni tashkil etdi
(1-rasm). Shu bilan birga, ushbu bozorni yanada kengaytirish maqsadida, davlat qimmatli
qog‘ozlarini chakana (yakka tartibdagi) investorlar uchun ham taklif etish rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus, avvalo, xorijiy investorlar va mahalliy aholini kengroq jalb etishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, bu boradagi
chora-
tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 291
-
sonli Farmoni bilan mustahkamlangan. Farmon doirasida jismoniy shaxslarga soliq imtiyozlari
taqdim etilgan. Xususan, fuqarolar yillik daromadlarining 105 million so‘mgacha bo‘lgan
qismini mahalliy
qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishga yo‘naltirishlari mumkin va bu mablag‘lar
bo‘yicha soliq majburiyatlari yuzaga kelmaydi.
2019-
yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokini
bosqichma-bosqich kengaytirib, shu davr mobaynida 6 marotaba Yevrobondlar emissiyasini
amalga oshirib, jami 11 ta transh orqali moliyaviy resurslarni jalb etishga erishdi. Ushbu
operatsiyalar doirasida mamlakat 3,45 milliard AQSH dollari, 600 million yevro va 11,75 trillion
so‘m miqdorida xorijiy qarz mablag‘larini muvaffaqiyatli jalb qildi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
337
Mazkur emissiyalarni amalga oshirishda 2018-yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi
huzurida tashkil etilgan Davlat qarzi departamenti (DQD) muhim institut sifatida ishtirok etdi.
Yevrobondlar xalqaro moliya bozorlari talablariga muvofiq ravishda London fond birjasida
joylashtirildi va “RegS / Rule 144A” yuridik standartlariga asoslanib chiqarildi. Bu esa global
investorlarga O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini erkin tarzda sotib olish
imkonini yaratdi.
2019-
yildan boshlab O‘zbekiston korporativ subyektlari tomonidan 15 transh doirasida
11 ta Yevrobond emissiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilib, umumiy qiymati qariyb 4,785
milliard AQSH dollari va 6,0 trillion so‘mni tashkil etdi. Mazkur emissiyalar
ning asosiy qismi
davlat korxonalari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, bu holat ularning mamlakat korporativ
sektoridagi yetakchi o‘rnini yaqqol namoyon etadi.
Ushbu moliyaviy bitimlar O‘zbekiston korporatsiyalariga xalqaro kapital bozorlariga
chiqish, moliyaviy resurslarni jalb qilishda muqobil manbalarni shakllantirish hamda global
moliyaviy amaliyot va standartlarga moslashish imkoniyatini yaratdi. Bu esa korporativ
moliyalashtirish mexanizmlarining diversifikatsiyalashuviga va moliyaviy barqarorlikni
ta’minlashga xizmat qilmoqda.
2-rasm. Ikkilamchi savdo daromadlilik dinamikasi, (%)
2023-
yil noyabr oyida “Toshkent” Respublika fond birjasida yirik miqdordagi bitimlar
uchun mo‘ljallangan yangi savdo segmenti –
“FoP
Board” (Free of Payment) platformasi ishga
tushirildi. Mazkur mexanizm bitimlarni birja kliringi orqali naqd hisob-kitoblarsiz amalga
oshirish imkonini berib, institutsional investorlar uchun savdo jarayonini sezilarli darajada
soddalashtirdi.
Shuningdek, 2024-
yil aprel oyida “Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari
bitimlarning hisob registri to‘g‘risida”gi 1919
-sonli normativ-huquqiy hujjatga kiritilgan
o‘zgartishlar natijasida, ilk bor xususiy joylashtirishlar uyushgan bozor infratuzilmasi orqali
ama
lga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu islohotlar o‘z natijasini tez orada berdi: 2024
-yilning
www.sci-p.uz
II SON. 2025
338
dastlabki 11 oyi davomida birjada amalga oshirilgan savdolar hajmining 99 foizi aynan FoP
Board orqali amalga oshirildi. Mazkur yangi seksiyaning joriy etilishi birja savdolarining rekord
darajada faollashuviga olib keldi: umumiy savdo hajmi 18,3 trillion so‘mga yetib, birjaning
tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga erishildi.
Bundan tashqari, 2023-yilda Jett mobil savdo ilovasining ishga tushirilishi orqali
foydalanuvchilarga onlayn hisob raqamlarini ochish hamda mobil qurilmalar orqali savdo
operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etildi. Bu yechim moliya bozorining
ochiqligi va jismoniy shaxslar ishtirokini sezilarli darajada oshirdi. Natijada, 2023-yilda jami
411 870 ta savdo bitimi qayd etildi, bu esa 2022-
yilga nisbatan 510 foizga o‘sish demakdir.
2024-yilning ilk 11 oyi davomida savdolar soni barqarorlashib, shu davrda qariyb 410 000 ta
bitim amalga oshirilgan.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekiston korporativ sektorini moliyalashtirishni yanada rivojlantirish uchun quyidagi
strategik va tizimli takliflar ishlab chiqildi:
1.
Kapital bozorini institutsional rivojlantirish: kapital bozori vositalarining, xususan,
korporativ obligatsiyalar va aksiyalar emissiyasining hajmini oshirish maqsadida ularning
emissiya tartib-taomillarini soddalashtirish, hisobdorlik va axborot ochiqligi standartlarini
joriy etish, reyting agentliklari va mustaqil audit xizmatlarini kengaytirish talab etiladi. Bu bilan
ichki va tashqi investorlar ishonchi mustahkamlanadi va moliyalashtirish manbalari
diversifikatsiyalanadi.
2.
Bank kreditlariga muqobil moliyaviy vositalarni faollashtirish: bank tizimiga nisbatan
ortiqcha qaramlikni kamaytirish uchun islomiy moliya vositalari (sukuk, murabaha,
mudaraba), investitsiya fondlari, venchur kapital va kraudfanding mexanizmlari joriy etilishi
lozim. Bu, ayniqsa, innovatsion va yuqori riskli loyihalar uchun barqaror moliyaviy manba
yaratadi.
3.
Korporativ boshqaruvni takomillashtirish: kapitalga kirish imkoniyatlarini
kengaytirish uchun kompaniyalarda korporativ boshqaruvning ilg‘or tamoyillarini joriy etish,
xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tishni jadallashtirish, menejmentning javobgarligini
kuchaytirish lozim. Bu, o‘z navbati
da, moliyaviy intizomni oshiradi va kapital bozori faolligini
qo‘llab
-quvvatlaydi.
4.
Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini soddalashtirish va kengaytirish:
DXSh loyihalarining real sektordagi qo‘llanish doirasini kengaytirish uchun “bir darcha”
tamoyili asosida elektron platformalar joriy etilishi, standartlashtirilgan shartnomalar va
huquqiy kafolat mexanizmlari ishlab chiqilishi zarur. Shu orqali xususiy sektor kapitalining
strategik infratuzilma loyihalariga yo‘naltirilishi ta’minlanadi.
5.
Moliyaviy inklyuziyani oshirish va mintaqaviy yondashuvni kuchaytirish: kichik va
o‘rta korxonalarning moliyalashtirishga kirish imkoniyatini oshirish uchun davlat kafolatlari,
subsidiyalangan kreditlar, kredit kafolat fondlari kabi mexanizmlar ishlatilishi, mintaqaviy
darajada investitsiya infratuzilmasi shakllantirilishi lozim. Bu iqtisodiy faollikni hududiy
kesimda muvozanatlashtiradi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda korporativ moliyalashtirish
tizimi diversifikatsiyalashgan bo‘lib,
u kapital bozorlarining faolligi, moliyaviy vositalarning
xilma-
xilligi, shaffof boshqaruv va davlatning qo‘llab
-
quvvatlovchi siyosati bilan uyg‘unlashgan.
Ushbu elementlarning O‘zbekiston iqtisodiyotida bosqichma
-bosqich implementatsiya qilinishi
orqali korporativ sektorga kapital oqimini oshirish, xatarlarni kamaytirish, moliyaviy
barqarorlikni mustahkamlash hamda milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini sezilarli
darajada oshirish mumkin bo‘ladi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
339
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Allen, F., & Gale, D. (2000). Comparing Financial Systems. MIT Press.
Brealey, R. A., & Myers, S. C. (2020). Principles of Corporate Finance (13th ed.). McGraw-Hill
Education.
Damodaran, A. (2015). Corporate Finance: Theory and Practice (2nd ed.). Wiley.
La Porta, R., Lopez-de-Silanes, F., Shleifer, A., & Vishny, R. (1997). Legal Determinants of
External Finance. Journal of Finance, 52(3), 1131
–
1150.
World Bank. (2023). Uzbekistan Financial Sector Assessment Program Update. Washington,
DC: World Bank Group.
