www.sci-p.uz
II SON. 2025
62
KREATIV KOMPETENSIYALAR VA ULARNING TALABALARNING
MUSTAQIL TAʼLIM
FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDAGI ROLI
PhD
Musaxanova Gulnora Mavlyanovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0003-0268-0292
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mustaqil taʼlim jarayonida talabalarning kreativ
kompetensiyalarini
rivojlantirish
asoslari
yoritilgan.
Shuningdek,
“
k
ompetentlik”
tushunchasining mazmun-mohiyati, kompetensiya, kompetentlik tushunchalari va ularning
tarkibiga kiruvchi komponentlar mazmunini aniqlash, talabaning kreativ kompetensiyalarini
shakllantirish va rivojlantirish darajasi, boʻlajak m
utaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishda eʼtiborli boʻlish, pedagogik kompetentlik va pedagogik kreativlik asoslari, kreativ
oʻqitish metodikasini maqsadli olib borish yoʻllari, taʼlim va tarbiya jarayonini
kompetentli
yondashuv asosida olib borish lozimligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar:
taʼlimni raqamlashtirish, mustaqil taʼlim, kompetentlik, kasbiy kompetentlik,
kreativ kompetensiyalar, kreativlik, Hard skills, Soft skills.
ТВОРЧЕСКИЕ КОМПЕТЕНТНОСТИ И ИХ РОЛЬ В ОРГАНИЗАЦИИ
САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ
PhD
Мусаханова Гулнора Мавляновна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В данной статье описаны основы развития творческих компетенций
студентов в процессе самостоятельного обучения. Также были обсуждены содержание
понятия «компетентность», определение содержания понятий «компетентность», и их
компонентов, уровень сформированности и развития творческих компетенций у
студентов, внимание в развитии профессиональных компетенций будущих
специалистов, основы педагогической компетентности и педагогического творчества,
пути целенаправленной реализации творческой методики обучения, необходимость
ведения учебно
-
воспитательного процесса на основе компетентностного подхода.
Ключевые слова:
цифровизация образования, самостоятельное образование,
компетентность, профессиональная компетентность, творческие компетенции,
креативность,
Hard skills, Soft skills.
UOʻK:
341.981
62-68
www.sci-p.uz
II SON. 2025
63
CREATIVE COMPETENCES AND THEIR ROLE IN ORGANIZING INDEPENDENT
EDUCATIONAL ACTIVITIES OF STUDENTS
PhD
Musakhanova Gulnora Mavlyanovna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article describes the basics of developing creative competencies of students
in the process of independent learning. The content of the concept of "competence", competence
and their components, the level of formation and development of creative competencies of the
student, attention in the development of professional competencies of future specialists, the basics
of pedagogical competence and pedagogical creativity, ways of targeted implementation of
creative teaching methods, the need for conduct the educational process based on a competence-
based approach were also discussed.
Keywords:
digitalization of education, independent education, competence, professional
competence, creative competencies, creativity, Hard skills, Soft skills.
Kirish.
Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’limning sifati va samaradorligini
oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Zamonaviy ta’limda ta’lim ishtirokchilarining kreativ
kompetensiyalarini shakllantirishning dolzarbligi ta’limni
rivojlantirishning mavjud holati
bilan belgilanadi. Bugungi kunda ta’lim tizimida yangi pedagogik va raqamli texnologiyalarni,
ommaviy axborot-
kommunikatsiya vositalarini keng joriy etilishi ularni o‘quv jarayonini
sifatiga, ta’lim beruvchining ilmiy
-pedag
ogik imkoniyatlariga, ta’lim oluvchining esa bilimlarni
o‘zlashtirish hamda mutaxassislikni egallash darajasiga ta’sir qilmoqda.
Iqtisodiyotga raqamli texnologiyalarni jadal sur’atlar bilan kirib kelishi, jamiyatdagi
ijtimoiy o‘zgaruvchan masalalarning ko‘
pligi va ularga tezlikda yechimlar topishning zarurligi
jamiyatni axborotlar bilan to‘yintirmoqda, insonlarni esa kasbiy kompetensiyalarini
o‘zgartirmoqda. Iqtisodiyotning barcha sohalarini kreativ innovatsiyalar bilan
boyitilayotganligi korxona va tashkil
otlar faoliyatlarini muhit bo‘g‘iqligidan asta sekin erkin
–
ijodiy muhitga o‘tkazmoqda, har qanday ishni kreativ tarzda amalga oshirishni talab qilmoqda,
ish jarayonida yosh mutaxassislarining ijodiy g‘oya va fikrlarini e’tiborga olmoqda. Ammo shu
bilan bir qatorda borgan sari matbuotda va pedagogikada "soxta kompetensiya" tushunchasi
paydo bo‘lmoqda, chunki turli manbalardan osongina olinadigan ma’lumotlarni o‘zlashtirish
(plagiatlik, g‘oyalarni o‘g‘irlash va xokazo) kasbiy kompetensiyaga tenglashtirilmoq
da va
bilimlarni o‘zlashtirish darajasi esa bilimlarning turli sohalarida yuzaki egallash bilan
almashtirilmoqda. Bularning bari bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishda e’tiborli bo‘lishni, kompetentlikning nazariy va amaliy a
soslarini puxta
egallashni, ta’lim va tarbiya jarayonini
kompetentli yondashuv asosida olib borish lozimligini
ko‘rsatadi.
Ta’lim jarayonining metodlari va metodikasida, birinchi navbatda ta’lim
ishtirokchilarining kreativliklarini ochib berish uchun nihoyatda keng imkoniyatlarni taqdim
qiladigan auditoriyadan tashqari ta’lim beruvchining rahbarligidagi mashg‘ulotlarda, hamda
ta’lim oluvchining individual mustaqil ishlarida modifikatsiyalashgan mazmun, yangi
texnologiyalar, innovatsiyalarni izlash zarurlig
ini ta’kidlaydi. Kreativ innovatsion g‘oyaga ega
mutaxassislarni shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri bo‘lgani
uchun ushbu vazifaga faqatgina kreativ o‘qitish metodikasini maqsadli olib borish bilan
erishish mumkin; bunda ta
’lim oluvchiga yangi bilimlarni tushunishiga, ulardan yangilik
yaratishi, mavjud muammolarga o‘ziga xos original yechim topa bilish va amaliyotga samarali
tadbiq etishiga imkon berilishi lozim.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
64
Adabiyotlar sharhi.
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim beruvchilarning, ayniqsa pedagogik kadrlarni
tayyorlovchilarning pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari, uning mohiyati va
zaruriyati, professional va o‘rta ta’limda turli fanlar bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilarda ped
agogik
kompetentlik va kreativlikni shakllantirish masalalari va muammolarini yurtimiz pedagog
olimlari o‘z tadqiqotlarida aniq yoritib berishgan.
Pedagog olim Muslimov (2021) boshchiligidagi tadqiqotchilar pedagogik kompetentlik va
pedagogik kreativlik
asoslari, hamda bo‘lajak professional o‘qituvchilarning kasbiy
professionalligini shakllantirish bo‘yicha qator izlanishlar olib borishgan. Muslimov
(2021)
o‘z
asarlarida “kompetentlik” va “kasbiy kompetentlik” tushunchalar mohiyatini aniq ifodalab
bergan.
Mohiyatiga ko‘ra
Kompetentlik
(ingl. “competence” –
“qobiliyat”) –
faoliyatda nazariy
bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni
namoyon eta olish ma’nosini bildiradi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim
sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib
kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda
mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro
munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la
ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jaraѐ
nlarda
harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi
(Muslimov va boshq., 2021).
Kasbiy kompetentlik
tushunchasi esa
–
mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda
yuqori darajada qo‘llay olinishi hisoblanadi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini
emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha umumlashtirilgan bilimlar va harakatlarning
o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo
boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy ta
lablarni anglay olishni, yangi
ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi
(Muslimov va boshq., 2021).
Pedagogik kompetentlik negizini ham kasbiy kompetentlik sifatlari tashkil etadi. Bir qator
tadqiqotlarda xususan A.K.Markova, B.Nazarovalar izlanishlarida pedagogga xos kasbiy
kompetentlik, uning tarkibiy asoslari va xususiyatlari o‘rganilgan.
Pedagog tadqiqotchi Rahimov (2019)
ilmiy izlanishlari natijasida pedagogning ta’lim
-
tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi pedagogik kompetentlik va
uning zaruriyati masalalarini hamda kasbiy kompetentlik sifatlari va mohiyatini asoslab
bergan.
Pedagog olim Musurmonova (2020)
ta’lim
-
tarbiya nazariyasiga bog‘liq o‘z darsligida
pedagogik kompetentlik masalalari, ayniqsa o‘qituvchilarning fanlar bo‘yicha kompetentlikka
ega bo‘lishligini aloxida ko‘rsatib o‘tgan.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi sifatida pedagogik kompetentlik (loyiqlik)
bilan bir qatorda pedagogik kreativlik (ijodkorlik) degan tushuncha pedagogik faoliyatda
muhim ahamiyatga ega ekanligi taxlil qilingan. Berilgan nazariy ma’lumotlar taxlil
i shuni
ko‘rsatadiki, pedagogning o‘z kasbiga kompetentligi uning bilim darajasi va pedagogik
salohiyati, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qay darajada o‘zlashtirib olgani, pedagogik
mahorati, ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq masalalani qanchalik hal et
a olish kabi pedagogik
qobiliyati bilan belgilanishi qiyosiy taxlil qilingan.
Mavzuni o‘rganish jarayonida mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning kreativ
kompetensiyalarini rivojlantirish asoslari o‘rganildi. Tadqiqot davomida tizimli yondashuv va
tahlil kilish usullaridan foydalanildi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
65
Tahlil va natijalar muhokamasi
.
Pedagogning kreativligi esa uning zamonaviy pedagogik hamda raqamli texnologiyalar
asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlar bo‘yicha nazariya va amaliyotni birlashtirish,
o‘qitishning yangi usul va vositalarini yaratish, o‘z bilim va mahoratini oshirish bo‘yicha doimiy
ravishda ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanish, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va joriy
etish kabi
ijodkorlik qobiliyati
bilan belgilanadi.
“Kreativlik“ tushunchasi va uning kasbiy faoliyatdagi o‘rnini aniqlashda bir necha
yondashuvlarni ko‘rish mumkin. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarini
mohiyati, sifatlari, belgilari, shaxsda kreativlikni rivojlantirish omillari Muslimov (2015)
maktabining
tadqiqotchilari tomonidan ko‘rsatib berilgan.
Mohiyatiga ko‘ra
, kreativlik
(lot., ing. “create ” –
yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor)
–
individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayѐ
rlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil
sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi
ijodiy qobiliyati
ma’nosini bildiradi. Shaxsning
kreativligi uning dunyoqarashi, so‘zlashishi, berayotgan fikrlari va qarashlarida, faoliyatida
namoyon bo‘ladi. Shuningdek
kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa,
kreativlik har sohada qobiliyatlilik, zehni o‘tkirlikni ko‘rsatib beradi
(Muslimov,
Ishmuxamedov, 2021).
Kreativlik turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalala yuzasidan qarorlarni
qabul
qilishda yaqqol namoyon bo‘lib, u pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi
(Hakimova, 2020).
Pedagogning ijodkorligi uning ta’limni tashkil etishga
ijodiy (kreativ) yondashuv
ida aks etadi.
Shuning uchun so‘nggi yillarda ta’limda “pedagogik kreativlik” degan tushuncha ishlatilmoqda.
Pedagogik kreativlik
–
pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim
va tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish,
shuningdek mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgaligini
tavsiflovchi qobiliyatidir. Pedagogning kreativligi qay darajada ekanligi pedagogning
kreativlik
potensiali
nomli umumiy hususiyati sifat
ida aks etadi. Ushbu sifat shaxsning o‘z
-
o‘zini namoyon
qilish layoqatiga egalikni va tayyorgarlikni ifodalaydi (Muslimov, 2015).
Rossiya pedagog olimlaridan Kashapova, Kiseleva, Ogorodovalar (2013) nazariy
tuzilmalar va g‘oyalar bilan amaliy takliflar or
asidagi aloqadorliklarini tadqiq qilish asosida
pedagogning kasbiy kreativligini shakllantirish jarayonini nazariy metodologik asoslarini,
kasbiy kreativlikni sifatlari va funksional vazifalarini, shakllantirish kriteriyasi va darajasini,
kreativlikni samarali shakllantirish tamoyillarini, usullari va sharoitlarini aniqlab berishgan.
Bryakova (2019) pedagogning kreativ kompetensiyasi, talaba-filolog adabiy-ijodiy
qobiliyatini rivojlantirish omili ekanligini, ayniqsa ta’limni
raqamlashtirish davrida
pedagogning kreativ kompetentligi
–
bu ta’limni yangi vektori ekanligini ko‘rsatib bergan.
Hozirgi vaqtda kompetensiya, kompetentlik tushunchalari va ularning tarkibiga kiruvchi
komponentlar mazmunini aniqlash, faoliyatning tuli sohalarida ularni shakllantirish hamda
rivojlantirish muammolari bo‘yicha ko‘p tadqiqot materiallari to‘plangan. Bu esa ularni
klassifikatsiyalash (tasniflash) masalalariga ahamiyat berish lozimligini yuzaga keltirdi.
Kompetensiya, kompetentlik, kreativlik t
ushunchalariga bag‘ishlangan adabiyotlar va
ilmiy tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda ta’lim tizimida ta’lim
oluvchilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish masalariga ham alohida e’tibor
berilmoqda. Tadqiqotlar tahlili yana
shuni ko‘rsatadiki, talabalarning kreativ
kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi pedagog tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin
etilgan bo‘lsa ham bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan
islohotlarni o‘tkazish
ta’lim
jarayoni ishtirokchilari
ning kreativligini shakllantirishning, ayniqsa ta’lim oluvchilarning o‘z
mutaxassisliklarini egallashida ijodiy va tanqidiy munosabatda bo‘lishning yangi faoliyat
usullari va fikrlash modellarini ishlab chiqish zarurligini nazarda tutadigan
pedagogik
strat
egiya chizig‘ini (yo‘l xaritasi
) yaratish kerakligini talab qilmoqda.
Talabaning kreativligi amalga oshiriladigan tadbirlar samaradorligiga yordam beradi. Bu
kreativlik insonning nafaqat o‘z ishini sifatli bajarishi, balki yangi imkoniyatlarni izlash va
www.sci-p.uz
II SON. 2025
66
ularni hamyonbop narxlarda amalga oshirishiga qiziqishi bilan belgilanadi; u har qanday
vaziyatda tezda nostandart qarorlarni qabul qilishga va har qanday faoliyatni tashkil etish va
bajarishga ko‘proq kuch va ishtiyoq bilan yondashishga qodir. Shuni ta’kid
lash kerakki,
kreativlik nafaqat amalga oshiriladigan faoliyatga, balki talabalarning o‘z shaxsiyatlarini
rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. Kreativlik o‘zini
-
o‘zi anglash, takomillashtirish va kasbiy
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib, kar’era bosqichlaridan ko‘tarilishga olib keladi.
Demak, talabaning kreativ kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, uning kasbiy–
ijodiy faoliyati shunchalik samarali b
o‘
ladi. Talabalarda
kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodologiyasini yaratish uchun avvalo
“kompetensiya” va “kreativ kompetensiya “ tushunchalariga va ularning mazmun
- mohiyatiga
aniqlik kiritish lozim.
Kompetensiya
(lot. “
competentia
”) tushunchasi –
ega
bo‘lgan, biladigan, xabardor bo‘lgan,
munosib,
loyiq kabi ma’nolarni bildiradi. Ushbu tushunchaning mazmun
-mohiyati esa biror
soha bo‘yicha har tomonlama chuqur bilim va qobiliyatga ega bo‘lgani uchun ham asosli fikr
yuritadigan, samarali faoliyat olib boradigan
shaxsning sifatidir.
Biror sohada bunday sifatlarga
ega bo‘lgan shaxslar o‘sha soha bo‘yicha
“kompetentlilik”
ga ega hisoblanadi va ular o‘z
sohalarida islohotlar o‘tkazishda yetakchilik qila oladilar.
Ta’lim sohasida “kompetensiya” ta’lim oluvchilar tomonidan egallangan bil
im, malaka va
ko‘nikmalarni mustaqil ravishda shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish
kabi
sifatlarni
bildiradi, “kompetentlilik” esa ushbu
sifatlarni egallaganlik darajasini
belgilash
uchun qo‘llaniladi. Kompetensiya va kompetentlilik tushunchalari bilim, malaka va ko‘nikma
tushunchalaridan kengroq ma’noni anglatadi. Chunki ular shaxsning yo‘nalganligi
(motivatsiyasi, milliy qadriyatlardan g‘ururlanishi), uning eskirgan moddiy va ma’naviy
qarashlarini yengish, muammolarni his etish, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, maqsadga
intiluvchanlik kabi irodaviy sifatlarini qamrab oladi.
Bugungi kunda ta’lim sifatini aynan ta’lim ishtirokchilarining kompetentligini, ayniqsa
ta’lim oluvchilarga zarur bo‘lgan tayanch, kasbiy va maxsus kompeten
siyalar kompleksini
shakllantirish va rivojlantirish bilan, ya’ni ta’lim–
tarbiya jarayonini
kompetentli yondashuv
asosida ta’minlash mumkin.
Shuning uchun
dunyoning rivojlangan davlatlarida ta’lim mazmunini modernizatsiya
qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’limda
kompetentli yondashuvni joriy etish
masalasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Kompetentli yondashuvga asoslangan ta’lim
talaba
larda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy
faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish layoqatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim
hisoblanadi.
Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari ta’lim tizimi o‘quv
-tarbiya
jarayoniga kompetentli
yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini
joriy etish m
asalasiga asosiy e’tibor qaratishda alohida o‘rin egallagan
(Loyko, 2015).
Muslimov (2015)
rahbarligida tayyorlangan o‘quv
-
uslubiy majmuada ta’lim sohasidagi
nufuzli Xalqaro ekspertlar tomonidan ta’lim
-
tarbiya jarayoniga ikki xil: “
Hard skills - (ingliz.
“qattiq” malaka) kasbiy kompetensiyalar hamda “
Soft skills
”
-
(ingliz. “yumshoq”,
“moslashuvchan” malaka) universal (umumiy) kompetensiyalar joriy qilish taklifi keltirilgan.
Ma’no
-
mohiyatiga ko‘ra “
Hard skills
”
- malaka darajasini aniqlash va
o‘lchash mumkin
bo‘lgan bilimlar majmui sifatida (matnni kompyuterda terish malakasi, avtomobilni boshqarish
ko‘nikmasi, ingliz tilida gapirish, matematik bilim, kompyuter dasturlaridan foydalanish
ko‘nikmasi), “
Soft skills
” aniq va umumiy o‘lchov birligiga ega bo‘lmagan moslashuvchan,
egiluvchan malakalar (kreativlik, jamoada ishlash ko‘nikmasi, hissiy barqarorlik, mas’uliyat,
tashabbuskorlik va h.k.) sifatida qayd etilmoqda.
“
Hard skills
”
-
“qattiq” malaka darajasiga ega bo‘lish uchun muayyan kasb bo‘yi
cha aniq
bilim zarur bo‘ladi va bu ko‘nikmalarning mavjudligi imtihon o‘tkazish orqali aniqlanadi.
“
Soft skills
”
-
“yumshoq” kompetensiyalar (ijodkorlik, muloqotga kirishishi layoqati,
jamoada ishlash qobiliyati, qat’iyatlilik, tanqidiy fikrlash va h.k.) esa ko‘p hollarda inson
www.sci-p.uz
II SON. 2025
67
xarakteri va hayotiy tajribasiga bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli shaxsiy fazilat, xislat,
qobiliyat sifatida ham talqin etiladi.
Mazmuniga ko‘ra “
Hard skills
” kompetensiyalar ta’lim tizimidagi maxsus (kasbiy), “
Soft
skills
” kompetensiyalar esa ta’lim tizimidagi tayanch kompetensiyalarni anglatadi.
XXI asrga qadar ta’lim tizimida yoshlarga asosan “hard
skills
” –
“qattiq” malaka darajasini
berishga e’tibor qaratib kelindi. Ya’ni, muayyan kasbni puxta egallash, uning sir
-asrorlarini
to‘liq o‘zlashtirish –
shaxsning yetuk mutaxassis ekanligini belgilovchi asosiy faktor sifatida
qayd etilgan.
XXI asr pedagogikasi esa zamonaviy dunyoda bu xislatlarning yetarli emasligi, endilikda
tafakkurni rivojlantirish, kreativ makon, muhit, kreativ shaxs, kreativ mahsulot yaratishga
bo‘lgan ehtiyoj asosida ish tutish lozimligini uqtirmoqda.
Pedagog olim Musurmonova (2020) yaratgan darsligida kasbiy kompetensiyalar,
pedagogning kasbiy kompetensiyalari, fanlar bo‘yicha umumiy fanlar bo‘yicha maxsus
kompetensiyalar, ularning tasnif va ta’riflari, ularni ta’lim ishtirokchilarida shakllantirish
bosqichlari va pedagog kasbiy kom
petentligi yo‘nalishlarini asoslab bergan. Darslikda jahon
ta’lim amaliyotida keltirib o‘tilgan quyidagi muhim kompetensiyalar belgilab berilgan:
-
turli axborot manbalari, shu jumladan, ta’lim muassasasidan tashqaridagi axborot
manbalaridan bilimlarni mus
taqil o‘zlashtirishga asoslangan
bilish faoliyati sohasidagi
kompetensiyalar
;
-
ijtimoiy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar
(fuqaro, saylovchi, ijtimoiy guruh, jamoa
a’zosi rolini bajarish);
-
mehnat faoliyati sohasidagi kompetensiyalar
(mehnat bozoridagi holatni tahlil etish va
undan foydalanish, o‘zining kasbiy imkoniyatlarini, o‘zini o‘zi uyushtirish ko‘nikmalarini
baholash va takomillashtirish);
-
maishiy sohadagi kompetensiyalar
(oilaviy hayot aspektlarini, salomatlikni saqlash va
mustahkamlashni ham qamrab oladi);
-
madaniy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar
(shaxsning ma’naviy va madaniy jihatdan
boyishi uchun vaqtdan unumli foydalanish).
«Muhim kompeten
s
iyalar» tushunchasi chet el olimlari tomonidan taqdim etilgan ko‘plab
zamonaviy modellar aso
sida yotadi. «Muhim kompeten
s
iyalar» insonning egallagan ko‘nikma
va malakalarini kasbiy faoliyat jarayonida qo‘llash, shuningdek, amalla
rni bajarishning
umumlashgan usullaridan foydalanish qobiliyati sifatida talqin etiladi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib, oliy ta’limda kredit
-
modul tizimiga o‘tish va ushbu tizim o‘qish jarayonida
mustaqil ta’limga keng o‘rin berish talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning
asosiy omilidir. Talabalarni mustaqil ishlashi ularning har tomonlama
yetuk mutaxassis bo‘lib
shakllanishida samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda quyidagi xulosa va takliflarni keltiramiz:
Birinchidan, kompetensiya
–
bu shaxsning biror soha bo‘yicha sifatli va samarali faoliyat
olib borish
i uchun zaruriy bilim va ko‘nikmalar majmuasini belgilasa, kompetentlik shaxsning
ushbu ko‘nikmalarni egallaganlik darajasini, ya’ni foydalanish qobiliyatini belgilaydi.
Ikkinchidan, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kompetensiya va kompetentlik
tush
unchalariga umumiy holda aniqliklar kiritilgan bo‘lsa ham tadqiqotchilar tomonidan bir hil
tahlil etilmagan. Bu esa zamonaviy shaxs ko‘nikmalariga qo‘yilayotgan talablar asosida
kompetensiyalarni chuqurroq o‘rganishni, ularni klassifikatsiyalash (tasniflas
h) ni va
rivojlantirish usullarini yaratishni taqazo etadi.
Uchinchidan, mamlakatimiznig ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib
chiqqan holda yangi jamiyatni yaratuvchi talabalarda ijodkorlik va izlanuvchanlik, nostandart
vaziyatlarda mustaqil ravishda qaror qabul qila olish, turli jarayonlarni tahlil qilish va baholash,
www.sci-p.uz
II SON. 2025
68
ta’lim olish va tadqiqotchilik qilish, xorijiy tillarni egallash va kompyuter
texnologiyalaridan
foydalanish kabi aqliy va amaliy faoliyatda o‘zining individual uslublariga ega bo‘lish imkonini
beradigan mustaqil ishlashni tashkillashtirish va muhim kompetensiyalarini rivojlantirish
metodikasini yaratish lozim.
To‘rtinchidan, kreat
iv kompetensiyalarni sifatlari va ularni rivojlantirishga oid fikrlarni
tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalarda kreativlikni rivojlantirish zaruriyati, zaruriy
komponentlar va ular orasidagi aloqadorlik, kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish usullari
hamda vositalari kabi masalalar to‘liq yoritilmagan.
Beshinchidan, tahlil va izlanishlar natijasida talabalardagi kreativ kompetensiyalarning
bir-
biriga bog‘liq komponentlari aniqlab berildi hamda ta’limning kredit–
modul tizimida
talabalarning mustaqil
ishlashi va kreativ fikrlashini samarali tashkil etish lozimligi ko‘rsatildi.
Adabiyotlar /
Литература
/ Reference:
Akbarova S. (2022) SOME ASPECTS OF DEVELOPING CREATIVE COMPETENCES IN THE
PROCESS OF INDEPENDENT STUDENTS //
Архив
научных
исследований
.
–
Т
. 3.
–
№. 1.
Akbarova S. (2022) Taʻlimni raqamlashtirish davrida talabalarni mustaqil taʻlimini tashkil
qilish //Архив научных исследований. –Т. 2. –
№. 1.
Bryakova I.Ye. (2019) Kreativnaya kompetentnost pedagoga
–
novыy vektor razvitiya
obrazovaniya //Pedagogicheskiy imidj.
–
№.
3 (44).
Hakimova M. (2020) Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: nazariya va amaliyot //Arxiv
nauchnыx issledovaniy.
-
№. 32.
Kashapova M.M., Kiselevoy T.G., Ogorodovoy T.V. (2013) Kreativnost kak klyuchevaya
kompetentnost pedagoga. Monografiya / Pod red. prof. M.M. Kashapova, dos. T.G. Kiselevoy, dos.
T.V. Ogorodovoy. Yaroslavl: IPK «Indigo», –
392 s.
Loyko A.I. (2015) Formirova
nie navыkov kreativnogo mыshleniya u studentov pri izuchenii
filosofii, logiki : konspekt leksiy dlya studentov vsex spesialnostey / A. I. Loyko [i dr.] ; pod obщ. red.
A. I. Loyko.
–
Minsk: BNTU,
–
80 s.
Muslimov N.A va boshqalar (2015) Pedagogik kompeten
tlik va kreativlik asoslari. O‘quv
-
metodik qo‘llanma. –
T.: “Sano
-
standart”, –
120 b.
Muslimov N.A., Ishmuxamedov R.J., To‘raev A.B. (2021) “Pedagogning kasbiy
professionalligini oshirish” moduli bo‘yicha o‘quv
-uslubiy majmua.
–
T.,
–
108.
Musurmonova O. [va boshq.] (2020). Umumiy pedagogika. Qism I: darslik / - Toshkent:
Yoshlar nashriyot uyi, - 376 b.
Raximov Z.T. (2019) Ta’lim jaraeni samaradorligini ta’minlashda pedagogik kreativlik va
uning zaruriyati //Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan).
–
№. 8 (81). –
S. 3-
Мусаханова Г.М. (2022) “Кейс
-
стади” технологияси талабаларнинг мустақил
таълим жараёнида ташкилотчилик қобилиятини ривожлантирувчи инновatsiон метод
сифатида //Архив научных исследований. –
Т. 2. –
№.
1.
Мусаханова Г.М. (2022) Направления развития навыков самостоятельного обучения
студентов в условиях цифровизatsiи экономики. Международный журнал исследований и
обзоров социальных наук, 5(1), 64
- 67.
https://doi.org/10.47814/ijssrr.v5i1.160/
