ГОСУДАРСТВЕННЫЕ ФИНАНСОВЫЕ ПОДХОДЫ К УВЕЛИЧЕНИЮ ЭКСПОРТА ПЛОДООВОЩНОЙ ПРОДУКЦИИ: ОПЫТ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация

В статье анализируются направления финансовой поддержки, предоставляемой участникам внешнеэкономической деятельности в Республике Узбекистан – экспортным предприятиям. Эти направления включают внедрение международных стандартов и сертификацию, регистрацию национальной продукции и брендов (товарных знаков) в зарубежных уполномоченных органах, открытие и содержание торговых домов, компенсацию расходов, связанных с арендой офисных, торговых и складских помещений за рубежом, участие в выставочно-ярмарочных мероприятиях, а также цифровую рекламу местной продукции и брендов. На основе данного анализа разработаны предложения и рекомендации.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
101-109
25

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хожиев E. . (2025). ГОСУДАРСТВЕННЫЕ ФИНАНСОВЫЕ ПОДХОДЫ К УВЕЛИЧЕНИЮ ЭКСПОРТА ПЛОДООВОЩНОЙ ПРОДУКЦИИ: ОПЫТ УЗБЕКИСТАНА. Передовая экономика и педагогические технологии, 2(2), 101–109. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/80219
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье анализируются направления финансовой поддержки, предоставляемой участникам внешнеэкономической деятельности в Республике Узбекистан – экспортным предприятиям. Эти направления включают внедрение международных стандартов и сертификацию, регистрацию национальной продукции и брендов (товарных знаков) в зарубежных уполномоченных органах, открытие и содержание торговых домов, компенсацию расходов, связанных с арендой офисных, торговых и складских помещений за рубежом, участие в выставочно-ярмарочных мероприятиях, а также цифровую рекламу местной продукции и брендов. На основе данного анализа разработаны предложения и рекомендации.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

101



MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI EKSPORTINI OSHIRISHDA DAVLATNING

MOLIYAVIY YONDASHUVLARI: OʻZBEKISTON TAJRIBASI

PhD

Xojiy

ev Elshod Yoqub oʻgʻli

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0003-2428-4266

e.xojiyev@tsue.uz

А

nnotatsiya.

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud tashqi iqtisodiy faoliyat

ishtirokchilari

eksportchi korxonalarga moliyaviy yordam koʻrsatish yoʻnalishlaridan xalqaro

standartlarni joriy qilish va sertifikatlash, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va

brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish, savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo

va ombor binolarini ijaraga olish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qoplab berish, koʻrgazma

-

yarmarka tadbirlarida ishtirok etish va mahalliy ma

hsulotlar va brendlar boʻyicha raqamli

reklama boʻyicha ajratiladigan moliyaviy yordamlarning tahlilini amalga oshirish orqali taklif va

tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar

:

moliyaviy yordam, eksport, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, moliyaviy

yordam yoʻnalishlari, moliyaviy yordam koʻrsatish shartlari

.


ГОСУДАРСТВЕННЫЕ ФИНАНСОВЫЕ ПОДХОДЫ К УВЕЛИЧЕНИЮ ЭКСПОРТА

ПЛОДООВОЩНОЙ ПРОДУКЦИИ: ОПЫТ УЗБЕКИСТАНА

PhD

Хожиев Элшод Ёқуб ўғли

Ташкентский государственный

экономический университет

Аннотaция

.

В статье анализируются направления финансовой поддержки,

предоставляемой участникам внешнеэкономической деятельности в Республике

Узбекистан –

экспортным предприятиям. Эти направления включают внедрение

международных стандартов и сертификацию, регистрацию национальной продукции и
брендов (товарных знаков) в зарубежных уполномоченных органах, открытие и

содержание торговых домов, компенсацию расходов, связанных с арендой офисных,

торговых и складских помещений за рубежом, участие в выставочно

-

ярмарочных

мероприятиях, а также цифровую рекламу местной продукции и брендов. На основе
данного анализа разработаны предложения и рекомендации.

Ключевые

слова:

финансовая

поддержка,

экспорт,

участники

внешнеэкономической деятельности, направления финансовой поддержки, условия

предоставления финансовой помощи.

UOʻK:

339.564.2

101-109


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

102


STATE FINANCIAL APPROACHES TO INCREASING THE EXPORT OF FRUIT AND

VEGETABLE PRODUCTS: THE EXPERIENCE OF UZBEKISTAN

PhD

Khojiev Elshod Yoqub ugli

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This study examines the key directions of financial support mechanisms available

to exporting enterprises engaged in foreign economic activities in the Republic of Uzbekistan.

These mechanisms encompass the implementation of international standards and certification
processes, the registration of national products and brands (trademarks) with foreign regulatory

bodies, the establishment and maintenance of trade houses, financial assistance for leasing office,

retail, and warehouse spaces abroad, participation in international exhibitions and trade fairs,

and the promotion of local products and brands through digital marketing. Based on a
comprehensive analysis of these support measures, the study formulates evidence-based proposals
and recommendations to enhance the effectiveness of state interventions in facilitating export

activities.

Keywords:

financial support, export, participants in foreign economic activity, directions of

financial support, conditions for providing financial assistance.

Kirish.

Jahon bozorlaridagi raqobat tobora keskinlashib borayotgan sharoitda mahalliy

mahsulotlar eksporti hajmini oshirish orqali eksport geografiyasini kengaytirish, yangi

bozorlarga kirib borish va an’anaviy bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun eksport

qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. So‘nggi sakkiz

yil mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni

tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, xususan,
valyuta siyosati liberallashtirildi, ma’muriy

-

boshqaruv bo‘yicha to‘siqlar bartaraf etildi, eksport

qilinadigan meva-sabzavot

mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va to‘lovning bozor

mexanizmi joriy qilindi, davlat tomonidan eksportyor korxonalarga turli yo‘nalishlarda

moliyaviy yordam ko‘rsatish va tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini davlat
tomonidan qo‘llab

-

quvvatlash va rag‘batlantirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek,

eksport salohiyatini oshirish, mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar eksport

gergrafiyasini kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqon

xo‘jaliklari hamda eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash uchun

izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jahonda kuzatilayotgan nobarqaror siyosiy va iqtisodiy

vaziyatda tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini yanada rag‘batlantirish

mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosatining muhim ustuvorliklardan biri hisoblanadi.


Adabiyotlar sharhi.

Eksportni moliyalashtirish bo‘yicha ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu sohada

turli yondashuvlar va tajribalar mavjud. Xalqaro miqyosda eksportni moliyalashtirishning

nazariy asoslari Adam Smit, David Rikardo kabi klassik iqtisodchilar tomonidan ishlab

chiqilgan bo‘lib, ular xalqaro savdoning erkinligi va davlat aralashuvining cheklanishi
tarafdorlari bo‘lishgan.

Keyinchalik, iqti

sodiy o‘sish va rivojlanishga davlatning faol aralashuvi zarurligi

to‘g‘risidagi nazariyalar, xususan, John Maynard Keynes tomonidan ilgari surilgan. Zamonaviy

adabiyotlarda eksportni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar va mexanizmlarning
diversifikatsi

yasi muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.

Naryshkin (2021) “Mahalliy tovar va xizmatlarni tashqi bozorlarda ilgari surish

mamlakatning jahon iqtisodiyotidagi barqaror mavqeini va davlat ichida iqtisodiy

barqarorlikni ta’minlaydi” deb hisoblaydi. “Davlat tomonidan qo‘llab

-quvvatlanadigan firmalar


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

103


eksportni 4% dan 13% gacha ko‘paytirishni davom ettirish imkoniyatiga ega” ligi Sergio
Kannebley Júnior (2021) ning tadqiqot natijalarida keltirib o‘tilgan”. Vanja Ćosović, Vesela

Vlašković va Budimir Stakić (2019) tomonidan olib borilgan tadqiqotda “Moliyaviy yordam

bilan nisbatan qisqa vaqt ichida qishloq xo‘jaligi sektori, birinchi navbatda meva

-

sabzavotchilikda Bosnia va Herzegovinaning savdo balansini sezilarli darajada o‘zgartirishi
mumkin” ligi tadqiq qi

lingan.

Pasichnyk, Lomako va Strikhovsky (2022) tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotda

postmodern davrda meva-

sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sanoati faoliyatining o‘ziga

xos xususiyatlarini aniqlash va uni yanada rivojlantirish uchun moliyaviy qo‘llab

-

quvvatlashning uslubiy qoidalarini shakllantirishga qaratilgan. Belarus Respublikasida qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash orqali oshirishga qaratilgan

tadqiqot Mariya Pavlovna va Yelena Aleksandrovna (2018) tomonidan olib borilgan va unda

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini moliyaviy qo‘llab

-quvvatlashning eksportni

kreditlash, eksportdagi risklarni sug‘urtalash va davlat dasturi asosida lizing siyosati kabilar

ochib berilgan.

O‘zbekistonda eksport faoliyatini qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan

qonunchilik

hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va hukumat dasturlari ham ushbu
mavzu bo‘yicha muhim manbalar hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar (Jahon banki,

Xalqaro Valyuta Fondi) tomonidan tayyorlangan hisobotlar va tavsiyalar ham eksportni

moliyalashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar sifatida xizmat qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida ma’lumotlarni jadvallar va diagrammalar asosida

tahlil qilish, moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash y

o‘nalishlarini guruhlash, abstrakt

-mantiqiy fikrlash,

tizimli tahlil asosida statistik guruhlash, shuningdek ekspert baholash usullaridan keng

foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

So‘nggi yillarda respublikamizda mahsulotlar va xizmatlar eksportini keng ko‘lamda

rivojlantirish, eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlarini yanada

takomillashtirish va soddalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2024 yil

14 martdagi “Tashqi savdo va hududiy sanoatni

rivojlantirishda tadbirkorlar birlashimalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi PQ

-126-son qaroriga (2024) qabul qilindi. Ushbu qaror bilan Eksportni

ragʻbatlantirish agentligi hamda Eksportni qoʻllab

-

quvvatlash jamgʻarmasi negizida Davlat

aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil

etildi. Uning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida

Savdo-sanoat palatasiga berildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga koʻmaklashish uchun Davlat byudjetidan

ajratiladigan mablagʻlarni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida

yuridik shaхs tashkil etmasdan ochiladigan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga yoʻnaltiradi.

Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish huquqi Kompaniyaga berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat Komissiyasining 2024

-yil 11-

may kunidagi “Tashqi

iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga moliyaviy yordam ko‘rsatishning vaqtinchalik tartibi

to‘g‘risida”gi Nizomi

(2024) qabul qilinishi natijasida 2024-yilning 1-iyulidan boshlab

“Savdoni

rivojlantirish kompaniyasi” AJ

tomonidan eksport faoliyatini qoʻllab

-quvvatlash choralari

tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi asosida taqdim etiladi. Bunday choralar
tarkibida

moliyaviy yordam koʻrsatish tadbirlari ham mavjud.

Moliyaviy yordam quyidagi toifadagi korxonalarga ko‘rsatiladi.

birinchi toifali korxonalar

barqarorlik reytigida yuqori “AAA”, “AA”, “A” reytingda

bo‘lgan murojaat qilingan sanadan oldingi oxirgi 12 oyda:


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

104


- eksport qilingan mahsulotlar

tarkibida qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi 10

foizdan yuqori bo‘lgan;

- kamida 3 ta davlatga, shundan 2 tasi Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi va

chegaradosh davlatlardan tashqari davlatlarga eksportni amalga oshirgan korxonalar;

ikkinchi toifali korxonalar

barqarorlik reytingida “AAA”, “AA”, “A” reytingda bo‘lgan

murojaat qilingan sanadan oldingi oxirgi 12 oyda eksport faoliyati bilan shug‘ullangan

korxonalar;

uchinchi toifali korxonalar

barqarorlik reytingida “BBB”, “BB”, “B” reytingda bo‘lgan

murojaat qilingan sanadan oldingi oxirgi 12 oyda eksport faoliyati bilan shug‘ullangan

korxonalar;

to‘rtinchi toifali korxonalar

barqarorlik reytingida “ААА”, “АА”, “А” va “ВВВ”, “ВВ”,

“В” reytingda bo‘lgan eksport faoliyatini boshlash

istagi bo‘lgan korxonalar;

Kompaniya tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishning

quyidagi yo‘nalishlarida moliyaviy yordam qancha miqdorlarda taqdim etilishini ko‘rib

chiqamiz.

1) standartlashtirish va sertifikatlashni

ng xalqaro tizimlarini joriy etish yo‘nalishida, bir

kalendar yilida 5 ta xalqaro sertifikat uchun eksport qiluvchi tashkilotlarning ixtiyoriga ko‘ra

tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib

beruvchilar bilan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri shartnoma tuzilib

muvofiqlik sertifikatlari

olingan holatlarda bitta xalqaro sertifikatni olish bo‘yicha:

1-rasm. Xalqaro sertifikat xarajatlarini qoplash shartlari

1-

rasmda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki,

birinchi toifali korxonalarga

100 foiz miqdorda, biroq 15

000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

ikkinchi toifali korxonalarga

80 foiz miqdorda, biroq 13

000 AQSh dollaridan ko‘p

bo‘lmagan miqdorda;

uchinchi toifali korxonalarga

70 foiz miqdorda, biroq 11

000 AQSh dollaridan ko‘p

bo‘lmagan miqdorda eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy

xarajatlar qoplab beriladi.

2) xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini)

ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘nalishida, eksport qiluvchi tashkilotning ixtiyoriga ko‘ra tovarlar

(ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri shartnoma tuzilganda:


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

105


2-rasm. Xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va

brendlarni ro‘yxatdan

o‘tkazish bo‘yicha moliyaviy yordam ko‘rsatish shartlari

birinchi toifali korxonalarga

100 foiz miqdorda, biroq bir eksport qiluvchi tashkilot

uchun bir kalendar yilida 10

000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

ikkinchi toifali korxonalarga

80 foiz miqdorda, biroq bir eksport qiluvchi tashkilot

uchun bir kalendar yilida 8000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda

;

uchinchi toifali korxonalarga

70 foiz miqdorda, biroq bir eksport qiluvchi tashkilot

uchun bir kalendar yilida 7000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan

miqdorda eksport qiluvchi

tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi;

3) savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish bilan

bog‘liq chet eldagi xarajatlarni qoplab berish yo‘nalishida, eksport qiluvchi tashkilotlarning

ixtiyoriga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

shartnoma tuzilganda:

3-rasm. Savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish

bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarni qoplab berish

shartlari


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

106


birinchi toifali korxonalarga

haqiqatdan amalga oshirilgan xarajatlarning 100 foizi

miqdorida, lekin 1-jadvalga muvofiq savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga

olish xarajatlari bo‘yicha to‘lab beriladigan har bir kvadrat metr uchun bir oylik qat’iy

miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda. Bunda

bitta eksport qiluvchi tashkilot uchun bitta

xorijiy davlatda jami 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydon hisobiga;

ikkinchi toifali korxonalarga

haqiqatdan amalga oshirilgan xarajatlarning 80 foizi

miqdorida, lekin 1-jadvalga muvofiq savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga

olish xarajatlari bo‘yicha to‘lab beriladigan har bir kvadrat metr uchun bir oylik qat’iy

miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda. Bunda

bitta eksport qiluvchi tashkilot uchun bitta

xorijiy davlatda jami 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydon hisobiga;

uchinchi toifali korxonalarga

haqiqatdan amalga oshirilgan xarajatlarning 70 foizi

miqdorida, lekin 1-jadvalga muvofiq savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga

olish xarajatlari bo‘yicha to‘lab beriladigan har bir kvadrat metr uchun bir

oylik qat’iy

miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda. Bunda

bitta eksport qiluvchi tashkilot uchun bitta

xorijiy davlatda jami 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydon hisobiga;

1-jadval

Savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish

xarajatlari bo‘yicha

davlat tomonidan to‘lab beriladigan bir oylik qat’iy miqdorlar tahlili

1 m

2

uchun AQSh dollarida

Xarajat

nomi

Qo

shn

i davl

atla

r

Ros

siya

Fed

era

tsiyas

i

Kavk

az

da

vla

tl

ar

i

(Ozar

bayj

on,

A

rm

ani

ston

, G

ruz

iy

a)

, B

ela

rusiya,

Uk

rain

a,

Mol

dova

va

Tu

rk

iya

Osiyo qit’asi

Ye

vro

pa

q

it

as

i

Ame

rik

a

q

it

as

i

Afr

ik

a

q

it

as

i

Bos

hq

al

ar

(A

vs

trali

ya v

a orol

dav

latlar)

Y

aq

in

S

har

q

va

b

oshq

a

Osiyo

davl

atla

ri

Osiyo

-

Ti

n

ch

ok

еa

n

i

davl

atla

ri

Ofis, savdo va ombor

binolarini ijaraga

olish xarajatlari*

6

20

8

8

26

31

26

6

26

4)

ko‘rgazma

-

yarmarka tadbirlarida ishtirok etish yo‘nalishida:

a) Kompaniya tomonidan eksport faoliyatini amalga oshirayotgan va (yoki) uni boshlash

istagidagi barcha tadbirkorlik subyektlari, shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun

O‘zbekistonning yagona milliy stendi tashkil qilingan holatlarda (eksport qiluvchi tashkilotlar
alohida o‘zi ishtirok etgan

holatlardan tashqari)

100 foiz miqdorda Kompaniyaning haqiqiy

xarajatlari bo‘yicha cheklanmagan miqdorda. Bunda O‘zbekistonning yagona mil

liy stendi tashkil

qilinadigan ko‘rgazmalar Savdo

-sanoat palatasi bilan kelishilgan holda kamida 5 ta tadbirkorlik

subyekti ishtiroki ta’minlanadigan

ko‘rgazmalarda ishtirok etish uchun moliyaviy yordam

ko‘rsatil

adi;

b)

eksport qiluvchi tashkilotlar alohida o‘zi ijaraga olgan maydonda qatnashgan

holatlarda:

birinchi toifali korxonalarga

100 foiz miqdorda;

ikkinchi toifali korxonalarga

80 foiz miqdorda;


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

107


uchinchi toifali korxonalarga

70 foiz miqdorda, lekin 2-jadvalga muvofiq tarmoq

korxonalari uchun bitta ko‘rgazma bo‘yicha qat’iy belgilangan ko‘rgazma maydoni hisobidan

kelib chiqib, eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari

qoplab beriladi;

4-rasm.

Ko‘rgazmada

ishtirok etish

uchun ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam miqdori

2-jadval

Eksportchi korxonalrga ko‘rgazma maydonini ijaraga olish xarajatlari bo‘yicha

to‘lab beriladigan qat’iy miqdorlar tahlili

T/r

Tаrmoqlаr*

Ko‘rgаzmа mаydoni (m

2

)

(bittа ko‘rgаzmа doirаsidа)

1.

To‘qimachilik, tikuv

-trikotaj va gilamchilik sanoati

korxonalariga

9

2.

Qishloq xo‘jali

gi korxonalariga

3.

Oziq-ovqat sanoati korxonalariga

4.

Hunarmandchilik subyektlariga

5.

Mebel va yo

g‘ochsozlik sanoati korxonalari

ga

20

6.

Charm-

poyabzal va mo‘ynachilik

sanoati korxonalariga

9

7.

Elektrotexnika sanoati korxonalariga

16

8.

Yo

g‘

-moy sanoati korxonalariga

9

9.

Qurilish

matеriallari

sanoati korxonalariga

16

10.

Zargarlik sanoati korxonalariga

9

11.

Parrandachilik sanoati korxonalariga

12.

Baliqchilik sanoati korxonalariga

13.

Gulchilik sanoati korxonalariga

14.

Asalarichilik sanoati korxonalariga

15.

Ipakchilik sanoati korxonalariga


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

108


5)

mahalliy mahsulotlar (xizmatlar) va brendlar (tovar belgilari) bo‘yich

a raqamli reklamani

xorijiy internet jahon tarmog‘i axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, savdo

maydonchalari va mobil ilovalarda joylashtirish yo‘nalishida:

5-

rasm. Mahalliy mahsulotlar va brendlar bo‘yicha raqamli reklama bo‘yicha

ajratiladigan moliyaviy yordam miqdori

a) to‘lovlar Kompaniya tomonidan tuziladigan shartnomalarga asosan tovarlar (ishlar,

xizmatlar) yetkazib beruvchi tegishli tashkilotlarga to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri amalga oshiriladigan

holatlarda:

eksport faoliyatini amalga oshirayotgan va (yoki) uni boshlash istagidagi barcha

tadbirkorlik subyektlari, shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun

100 foiz

miqdorda, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot uchun bir kalendar yilida 20 000 AQSh dollaridan

ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

b) eksport qiluvchi tashkilotlarning ixtiyoriga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib

beruvchilar bilan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri shartnoma tuzilib, reklama joylashtirilgan holatlarda:

birinchi toifali korxonalarga

100 foiz miqdorda, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot

uchun bir kalendar yilida 15

000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

ikkinchi toifali korxonalarga

80 foiz miqdorda, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot

uchun bir kalendar yilida 10 000 AQSh

dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

uchinchi toifali korxonalarga

70 foiz miqdorda, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot

uchun bir kalendar yilida 8

000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda eksport qiluvchi

tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qoplab beriladi.

Xulosа vа tаkliflаr.

O‘zbekistonning meva

-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirishda davlat tomonidan

qo‘llanilayotgan moliyaviy yondashuvlar samarali ekani aniqlangan. Xususan, so‘nggi yillarda

eksport faoliyatini rag‘b

atlantirish maqsadida bir qator muhim islohotlar amalga oshirildi:

valyuta siyosati liberallashtirildi, eksport qiluvchi korxonalar uchun imtiyozli kreditlar

ajratildi, sertifikatlash va standartlashtirish xarajatlari davlat tomonidan qoplandi, eksport
bozorlari kengaytirildi.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy

yordamlar korxonalarning eksport hajmini oshirishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Biroq,

ushbu moliyaviy mexanizmlarning samaradorligini oshirish uchun ajratilayotgan


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

109


mablag‘larning maqsadli taqsimlanishi, ularning real natijalarga ta’siri va barqaror monitoring

tizimining joriy qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, davlat tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor

belgilangan tartibda

ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga

oshiradigan jismoniy shaxslar hamda hunarmandlarga ham moliyaviy yordam ko‘rsatilishining

huquqiy asoslarini yaratishmeva-sabzavot mahsulotlari eksport salohiyatini oshirishga xizmat

qiladi deb hisoblaymiz.

Adabiyotlar /Литература/Reference:

International Trade Centre (2016). Investing in Trade Promotion Generates Revenue - A

study of Trade Promotion Organizations. International Trade Centre, Geneva, Switzerland.

Naryshkin A.A. (2021) Financial and Non-Financial Support of Export. MGIMO Review of

International Relations 14(2):72-91.

Nizom (2024) O‘zbekiston Respublikasi Hukumat Komissiyasining 2024

-yil 11-maydagi

“Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga moliyaviy yordam ko‘rsatishning vaqtinchalik tartibi

to‘g‘risida”gi Nizomi.

Pasichnyk V., Lomako E.P. va Strikhovsky D.M. (2022) The Methodological Provisions of

Financial Regulation of the Development of the Processing Fruit and Vegetable Industry. Business

Inform 1(528):365-372.

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020

-yil 31-dekabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuri

dagi Eksportni

rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish
tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 826

-son qarori.

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024

-yil 14-martdagi

“Tashqi savdo

va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashimalarining rolini yanada oshirish

chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ

-126-son qarori.

Sergio Kannebley Júnior, Diogo de Prince, Rodrigo Baggi Prieto Alvarez (2021) State export

financial support of brazilian manufactured products: a microeconometric analysis. Pesquisa e

Planejamento Econômico. DOI: 10.38116/ppp59art2.

Yig‘ilish (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida

“2024

-yilda investitsiya, eksport

va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan

ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish. 2024

-yil 18-yanvar.

Самоховец Мария Павловна

,

Гречишкина Елена Александровна (2018) Financial

support for export of agricultural products in the Republic of Belarus.

Электронный

периодический научный журнал

No

54 (февраль) 2018. 89

-

93 стр.

Хожиев Э.Ё. (2023) “Ўрик маҳсулотлари экспортини оширишда маркетинг

тадқиқотларидан фойдаланишни такомиллаштириш” мавзусидаги иқтисодиёт

фанлари бўйича фалсафа доктори диссертaцияси. Тошкент. 70

-71

б.

Библиографические ссылки

International Trade Centre (2016). Investing in Trade Promotion Generates Revenue - A study of Trade Promotion Organizations. International Trade Centre, Geneva, Switzerland.

Naryshkin A.A. (2021) Financial and Non-Financial Support of Export. MGIMO Review of International Relations 14(2):72-91.

Nizom (2024) O‘zbekiston Respublikasi Hukumat Komissiyasining 2024-yil 11-maydagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga moliyaviy yordam ko‘rsatishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi.

Pasichnyk V., Lomako E.P. va Strikhovsky D.M. (2022) The Methodological Provisions of Financial Regulation of the Development of the Processing Fruit and Vegetable Industry. Business Inform 1(528):365-372.

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 826-son qarori.

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashimalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-126-son qarori.

Sergio Kannebley Júnior, Diogo de Prince, Rodrigo Baggi Prieto Alvarez (2021) State export financial support of brazilian manufactured products: a microeconometric analysis. Pesquisa e Planejamento Econômico. DOI: 10.38116/ppp59art2.

Yig‘ilish (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida

“2024-yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish. 2024-yil 18-yanvar.

Самоховец Мария Павловна, Гречишкина Елена Александровна (2018) Financial support for export of agricultural products in the Republic of Belarus. Электронный периодический научный журнал No54 (февраль) 2018. 89-93 стр.

Хожиев Э.Ё. (2023) “Ўрик маҳсулотлари экспортини оширишда маркетинг тадқиқотларидан фойдаланишни такомиллаштириш” мавзусидаги иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори диссертaцияси. Тошкент. 70-71 б.