www.e-itt.uz
II SON. 2025
31
TURISTIK KORXONALAR FAOLIYATIDA INNOVATSION MEXANIZMLARDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Yuldasheva Dilfuza Abdujabborovna
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg‘
ona filiali akademik litseyi
ORCID: 0009-0001-5508-7559
dilfuzayuldasheva1444@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada turizm korxonalari faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari
boʻyicha aniq innovatsion mexanizmlarning samaradorligi oʻrganilib, jahonda ushbu sohani
rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan eng soʻnggi innovatsion mexanizmlar, sunʼiy intellekt
asosidagi bronlash tizimlari, virtual reallik sayohatlari, barqaror turizm tashabbuslari kabi
yo
ʻnalishlar va ul
arning natijadorligi
oʻrganilgan.
Kalit soʻzlar
:
innovatsion faoliyat, klasterlar, turizm strategiya va taktikasi, tadqiqot va
eksperimental ishlanmalar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, rekreatsion resurs.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ МЕХАНИЗМОВ В
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ТУРИСТСКИХ ПРЕДПРИЯТИЙ
Юлдашева Дилфуза Абдужабборовна
Академический лицей Ферганского филиала
Ташкентского университета информационных технологий
Аннотация.
В данной статье рассматривается эффективность конкретных
инновационных механизмов с точки зрения ключевых показателей деятельности
туристического предприятия, а также рассматриваются новейшие инновационные
механизмы, внедряемые в мире для развития этой отрасли, такие как системы
бронирования на основе искусственного интеллекта, путешествия в виртуальной
реальности и инициативы в области устойчивого туризма, а также их эффективность.
Ключевые слова
:
инновационная деятельность, кластеры, стратегия и тактика
туризма, научные и экспериментальные разработки, организационно
-
экономический
механизм, рекреационный ресурс
.
THE EFFECTIVENESS OF USING INNOVATIVE MECHANISMS IN THE
ACTIVITIES OF TOURISM ENTERPRISES
Yuldasheva Dilfuza Abdujabbarovna
Academic Lyceum of the Fergana Branch of
Tashkent University of Information Technologies
Abstract
.
This article examines the effectiveness of specific innovation mechanisms in terms
of key indicators of tourism enterprise performance, and examines the latest innovation
mechanisms being implemented in the world to develop this industry, such as artificial
intelligence-based booking systems, virtual reality tours, and sustainable tourism initiatives, and
their effectiveness.
Keywords:
innovative activity, clusters, tourism strategy and tactics, scientific and
experimental developments, organizational and economic mechanism, recreational resource.
UOʻK:
338.482.22
31-36
www.e-itt.uz
II SON. 2025
32
Kirish.
Iqtisodiyot bugungi kunda o`zining har bir tarmog`i bo`yicha alohida zamonaviy
yondashuvlarni, o`sib borayotgan ehtiyojlar bo`yicha yangidan -yangi yechimlarni taqdim etish
zarurati bilan rivojlanishda davom etmoqda. Globallashuv va kuchayib borayotgan raqobat
sharoitida turizm korxonalari o‘z faoliyatiga innovatsion yondas
huvlarni joriy etish zarurati
bilan duch kelmoqda. Innovatsiyalar samaradorlikni oshirish, xizmatlar sifatini oshirish,
mahsulot turlarini kengaytirish va mijozlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga moslashish
imkonini beradi.
O`zbekiston sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning bir bo`lagi sifatida qaralayotgan
turizm faoliyatini strategik muhim va ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etayotgani ushbu sohada
innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Zero,
innovatsiyalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ham, turizmda ham raqobatbardoshlikni
oshirish demakdir.
O’zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishdan asosiy maqsad xalqaro turizm
raqobatbardoshlik indeksi bo‘yicha TOP elliktalikka chiqish hisoblanadi. Aholi
bandligi elastik
ko‘rsatkichi 0.65 dan 0.4 ga tushirilishi asosiy maqsadlardan biri bo‘lishi lozim. Harakatlar
rejasida, shuningdek, O’zbekistonning ulkan boyliklari, ya’ni tarixiy obidalar, diniy ahamiyatga
molik joylar va milliy diqqatga sazovor joylarning keng doiradagi sayyohlik salohiyatini
ro‘yobga chiqarishning “Asosiy strategiyasi” muhim yo‘nalishlar atrofida klasterlar ishlab
chiqilishidan iborat (Economics and Innovative Technologies, 2025).
Bu jarayonlarni amalga oshirishda O`zbekistonning turizm sohasidagi innovatsion
rivojlanish strategiyasi orqali amaliy natijalarga erishish, sohani doimiy zamonaviy yangiliklar
bilan har tomonlama to`ldirib borish ham davr talabi, ham iqtisodiyotdagi muammolar
yechimining bir qismidir.
Adabiyotlar sharhi.
Ushbu mavzu bugunga qadar bir nechta mutaxassislar tomonidan chuqur o`rganilib,
xususan
Durovich
o`z qarashlarida turizmda marketing faoliyati, kontseptual tuzilishi uning
vositalari eng keng qamrovli shakli ekanligi haqida so`z olib boradi
(Durovich, 2004).
Kvartalnov (2007) esa turizmning asosiy tushunchalari, turistik faoliyat turlari, vositalari,
usullari va shakllari ochib beriladi. Turizmning turli jihatlari, jumladan, turistik sayohatlar
motivatsiyasi, turizmni boshqarish va marketingi, uning qonunchilik asoslari, iqtisodiy jihatlari,
reklama va axborot ishlarining usullari, turizmdagi axborot texnologiyalari, xalqaro turizm
bozorining rivojlanish evolyutsiyasi tahlil qiladi.
“Zamonaviy iqtisodiyotda turizm muhim sohalardan biridir, chunki turizm, birinchi
navbatda, daromad, ish o'rinlari yaratish, shuningdek, mamlakatning barcha hududlarini
rivojlantirish uchun rag'batdir. Iqtisodiyotga multiplikativ ta'sir ko'rsatish darajasi bo'yicha
turizm sanoati boshqa tarmoqlar orasida yetakchi hisoblanadi”
- deydi Strinova o`z qarashlarini
ifodalar ekan (Tsirinova, 2016).
Kondratievning (1999) nazariy merosining qisqacha mazmuni iqtisodiyotning
turizmning rivojlanish bosqichlari,texnologik tuzilmalar bularning qandayligini ko'rish
imkonini beradi. Hodisalar har doim innovatsion jarayonlarga ta'sir qiladi. Ko'rsatilgan rol
innovatsion rivojlanish strategiyasini belgilashda mavjud jarayonlarini rag'batlantirish, shu
jumladan qonuniy yo'l bilan tartibga solish, turizm biznesi va uni boshqarish masalalaridagi roli
intellektual mulk innovatsiyalarining asosi sifatida qaraladi.
I.V.Sеrgееvning tadqiqоtlarida “kоrхоnaning raqоbatbardоshligi” tushunсhasini
mоliуaviу, ishlab сhiqarish, mеhnat salоhiуatidan samarali fоуdalanish qоbiliуati tufaуli
kоrхоnaning raqоbatbardоsh mahsulоt ishlab сhiqarish qоbiliуati tushuniladi, bu еsa
kоrхоnaning raqоbatbardоshligini umumiу iqtisоdiу salоhiуat еlеmеntlaridan fоуdalanish
samaradоrligi bilan bоg‘lash zarurligini anglatadi
(
Гриценко
, 2012).
www.e-itt.uz
II SON. 2025
33
N.K.Mоisеуеva еsa о‘z tadqiqоtlarida “ishlab сhiqaruvсhi (kоrхоna, sanоat)
raqоbatbardоshligini raqоbatсhi ishlab сhiqaruvсhidan ma’lum bir ijtimоiу еhtiуоjni о‘z
tоvarlari уоki хizmatlari bilan qоndirish darajasi va ishlab сhiqarish faоliуati samaradоrligi
nuqtaуi nazaridan ma’lum bir ishlab сhiqaruvсhining rivоjlanish jaraуоnidagi farqlarni aks
еttiruvсhi
nisbiу хususiуat sifatida” bеlgilaуdi
(
Ильина, 2015)
.
G.L.Azоуеv raqоbatbardоshlik raqоbat ustunliklarining mavjudligini aniqlaуdigan natija
va raqоbatdоshliksiz mumkin еmas, dеb hisоblaуdi . U nafaqat raqоbatbardоshlikni raqоbat
ustunliklari bilan bоg‘laуdi, balki ular qо‘llaniladigan оbуеktga qarab ularning turlarini ham
bеlgilaуdi
(
Бекетов
, 2016).
Turizm adabiyotida, ya’ni rus iqtisodchisi Chudnovskiyning
(2022)
fikricha, “turizm va
mehmondo'stlik sanoati» keng qo'llaniladi.
Bu mehmondo'stlikdan ko'ra kengroq va umumiy
tushuncha ekanligini tan oladi
Pardaev, Xoliqulov, Rahimovlar (2013)
turizm industriyasi va mehmondo‘stlik sanoatini
alohida alohida ko‘rib chiqish
mumkin emas. Chunki turistlar ham sayohat maqsadiga qarab
o’ziga xos ehtiyojlarga ega bo’lgan iste’molchilardir.
Bugungi kunda sayyohlar yoshga qarab guruhlangan. Turizm bozorining hozirgi guruhi
35 yoshgacha bo'lgan sayyohlardan iborat bo`lib, ular yuqori darajadagi ta'lim, muvaffaqiyatga
intilish, moliyaviy xususiyatlar kabi talablar bilan bilan ajralib turadi. Ularda xavfsizlik, o'zlarini
oila va uy tashvishlari bilan bog'lashni istamaslik kabi tuyg`ular ancha yuqori. Yevropaning
yirik sanoat shaharlarida bu guruh a'zolari umumiy aholining taxminan 50 foizini tashkil qiladi.
Filipp Kotlerning (2007) so'zlariga ko'ra, g'arbiy turizm bozorida faqat shu segmentda
ishlaydigan firmalar mavjud. Xususan, bu borada Germaniyada ushbu segmentdagi talab 6-8
million kishini tashkil qiladi. Talabning yana bir istiqbolli yosh guruhi bu Yoshi ulug`
shaxslardir. Ushbu guruh vakillari moliyaviy yaxshi ta'minlangan, hayotdan faol zavq olishga
intiladi va pul sarflashga tayyor.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada Turistik korxonalar faoliyatida innovatsion mexanizmlardan
foydalanish samaradorligi
moliyaviy hisobotlar, turizm statistikasi va onlayn sharhlar o`rganib
chiqilib, turizm korxonalari turlarini, innovatsion mexanizmlarni va kiritilgan geografik
hududlar miqdoriy, sifat, aralash usullar orqali ko`rib chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Biz turizm va uni innovatsion rivojlantirish yo`nalishlarini o`rganar ekanmiz, avvalo,
turizm tushunchasi haqidagi insoniyat qarashlarini ko`rib chiqaylik,demak turizm bu tabiat,
tajriba, sayohat qilish uchun motivatsiya, yaxshi kayfiyat, ta'til, parvoz, sarguzashtlar kabi
qarashlardir. Bu qarashlarga islohot kiritish va boyitish esa innovatsiyadir. Innovatsiya. Ushbu
so'zni eshitganimizda, nimani anglatadi? G'oyalar, texnologiyalarni amalga oshirish, sanoat
ixtirolari, infratuzilma, kashf etish, mehnat unumdorligi, modernizatsiya, dizayn kabi
tushunchalardir.
Keling, ushbu ikki tushunchalarni birlashtirishga harakat qilaylik. Tabiat va
modernizatsiya. Mehnat unumdorligi va maroqli ta'til. Bilamizki, iqtisodiyotda ya`ni bozorda
tovarlar va xizmatlar mijoz tomonidan boshqariladi. Biznesning har bir elementi faqat
iste`molchi uchun xizmat qiladi. Turizmda esa har doim mahsulot va uning imkoniyatlari har
tomonlama katta ahamiyat kasb etadi. Chunki turizm bu ishlab chiqarish emas. Turizmda
turistik yo'nalishlar har doim sayohat uchun mo`ljallangan hudud tabiati, geografik joylashuvi
va ob-havo sharoiti, bu hududning boy tarixi hamda madaniy merosi kabi jihatlarga e`tibor
qaratadilar. Ularning bu boradagi turli xil xizmatlarning kombinatsiyasi, yangi qo`shimcha
qulaylik yaratish va ularga sayohatchilarni jalb etish o'sish va rivojlanish uchun asosdir.
www.e-itt.uz
II SON. 2025
34
Turizm bu kichik biznesdir. Aynan bu biznes o`zini mehmonxonalar, ulardagi xizmatlar,
turlar va sayohat rejalari,qisqacha qilib aytganda sayohatchining miriqib dam olish uchun
yaratilgan sharoitlar orqali o`zini ifoda etadi.
O'zbekistonimiz iqlimi, tabiati bilan birgalikda Buyuk Ipak yo'lida joylashgan hudud
sifatida boy tarixga ega. Lekin bu sohaga biz zamonaviy texnologiyalarni joriy qilmasdan
turistik manzil sifatida baholab, aynan O'zbekistonning bu sohadagi raqobatbardoshligini
yaratib bo`ladimi? Masalan, dunyo sayohatlarining ayrim jihatlarini ko`rib chiqadigan bo`lsak
Misr piramidalar mavjud va ular millionlab sayyohlarni o'zlarida jalb qila oladi. Shuningdek,
Misrda dengiz ham mavjud, bu esa turistlar uchun ta'tilni ikki yarmga ajratish imkonini beradi.
Tarixiy sayohat va plyaj rohati. Xuddi shu tizim Gretsiya, Turkiya, Hindiston, Tailand, Ispaniya,
Vetnamda ham turli ko`rinishlarda mavjud. Turistik korxonalar faoliyatida innovatsion
mexanizmlardan foydalanish samaradorligiga erishish jarayonida tarixiy tajribalarni ko`rish
maqsadga muvofiq bo`ladi. Tarixdan ma`lumki, turizmning barqaror rivojlanishi kontseptsiyasi
1980-yillarning oxirida jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan belgilandi va quyidagi
turkumlarga ajratildi:
•
boshqa sohalar ehtiyojlarini hisobga olish;
•
iqtisodiyotning turli sohalarining o'zaro bog'liqligini ta'minlash;
•
mahalliy jamoalarni sayyohlar bilan ishlashda tabiiy resurslarning inobatga olish;
•
mahalliy aholining istaklari va ehtiyojlarini birlamchi o`rganib, sayohatchilarning
ehtiyojlari bilan jipslashtirish va boshqa omillarni hisobga olgan holda ularni sintez qilish.
Turizm sohasidagi yangiliklar
–
bu juda katta ahamiyatga ega, va albatta bu yangiliklar
sanoatdagi ijobiy siljishlarga olib keladi. Bunday yangiliklarning joriy etilishi natijasida
mamlakatga sayyohlik oqimining ko'payishi va foyda olish sur`ati yuksalib boradi.
O'zbekistonga sayohat qilish sayohatchilarning talab va istaklarini o`rganishga
qaratilganda tarixiy, me'moriy, diniy, etnik qarashlarni zamon texnologiyalari bilan uzviy holda
moslashtirish natijaviy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi deb o`ylaymiz. Chunki dengiz
bo'lmagan joyda, biz sayohatchilarning his-tuyg'ularini diqqat bilan rejalashtirishimiz, bu
rejada biror elementni befarq qoldirmasligiz, innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishimiz
kerak. Masalan,charchagan sayyohda yaxshi ta`asurotni qoldirish uchun Buxoro shahri
sayohati tanlansa, ekskursiya, mehmonxona, transport va boshqa turistik rejalar ob-havo
sharoitiga moslanib tayyorgarlik ko'rilgan bo`lishi lozim. Bunda innovatsion mexanizmlar ya`ni
texnologiyalar
nimani
o'zgartishi,
xizmatnini
yaxshilashda
natija
berishi
va
raqobatbardoshlikni oshirishda muhim rol o`ynashiga diqqattni qaratish lozim. Bu yerda tabiiy
savol to`g`iladi. Turizm sohasidagi yangiliklar bir-biridan qanday farq qilishi mumkin? Keling,
buni ko`rib chiqamiz.
1.qadam-shkala
.
Innovatsiyalar odatda butun sanoat, individual korxonalar, mamlakatlar,
shaharlar, mavjud sayyohlik mahsulotidagi yangi yoki o'zgarishni yaratishda, sayohat
ob'yektini yaratishda joriy etilishi mumkin.
2.qadam-Amalga oshirish doirasi.
Sayohatchilarga yordam berish borasida bugun dunyo mamlakatlar yengil
mikrokredit, texnik xizmat ko'rsatish zona, masalan, aeroportda onlayn ro'yxatdan o'tish
orqali mehmonxonalar band qilish kabi xizmat turlari kirishi mumkin.
3.qadam-Sodir bo'lish tezligi.
Strategik innovatsiyalar asta-sekin (transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish)
joriy etilmoqda. Reaktiv tezkor ravishda amalga oshiriladi (sayyohlik etkazib
beruvchilarga viza bekor qilinishi)
www.e-itt.uz
II SON. 2025
35
4.qadam-Rivojlanish salohiyati.
Elektron vizalar, masalan, turistik markazlardagi bankomatlar kabi elektron
vizalarda tub o'zgarishlardan
Xulosa va takliflar
O`zbekiston bugunda turizm sanoatining rivojiga katta ahamiyat qaratib kelmoqda,
xususan ushbu soha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan
Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida belgilanib sohani
rivojlantirish maqsadida qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi va buning natijasi
o`laroq qisqa vaqt ichida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan izchil siyosat tufayli
mamlakatimizga xorijlik sayyohlar oqimi keskin ko‘paydi, turistik infratuzilma obyektlari soni
ko‘paydi. Bu maqsadlarga erishishda innovatsion jarayon
larni chuqur tahlil qilish samarasi
muhim ahamiyatga ega.
Turizm korxonalari faoliyatiga innovatsion mexanizmlarning integratsiyalashuvi
ularning jadal rivojlanayotgan bozorda umumiy samaradorligi va raqobatbardoshligini sezilarli
darajada oshiradi. Ushbu xulosa raqamli texnologiyalar, barqaror amaliyotlar va mijozlarni jalb
qilish strategiyalari kabi turli innovatsiyalarni har tomonlama tahlil qilishga asoslangan.
1. Raqamli transformatsiya
. Onlayn bron qilish platformalari, virtual reallik tajribasi va
sun'iy intellekt asosidagi mijozlarga xizmat ko'rsatish kabi raqamli vositalarni qo'llash
soddalashtirilgan operatsiyalarni osonlashtiradi va mijozlar bilan o'zaro munosabatlarni
yaxshilaydi. Ma'lumotlar tahlili korxonalarga takliflarni sayohatchilarning afzalliklari va xatti-
harakatlariga moslashtirishga imkon beradi va shu bilan mijozlar ehtiyojini qondirish va
sodiqlikni oshiradi.
2. Barqaror rivojlanish tashabbuslari
. Barqaror amaliyotlarni amalga oshirish nafaqat
iste'molchilarning ekologik toza xizmatlarga bo'lgan talabini qondiradi, balki vaqt o'tishi bilan
operatsion xarajatlarni kamaytiradi. Chiqindilarni boshqarish, energiya samaradorligi va
barqaror manbalarni ta'minlash sohasidagi innovatsiyalar atrof-muhitga e'tiborni
kamaytirishga yordam beradi, brend imidjini oshiradi va atrof-muhitga ongli sayohatchilarni
jalb qiladi.
3. Mijozlarga yo'naltirilgan yondashuvlar
. Shaxsiylashtirilgan marketing va tajriba
takliflari kabi mijozlarni jalb qilishning innovatsion strategiyalari sayyohlar va yo'nalishlar
o'rtasida chuqurroq aloqani ta'minlaydi. Moslashtirilgan tajribalarni yaratish uchun
texnologiyadan foydalangan holda, sayyohlik korxonalari mijozlarni ushlab turish va
tavsiyalarni ko'paytirishi mumkin, bu esa barqaror rentabellikka olib keladi.
4. Bozor tendentsiyalariga moslashish
. Turizm sanoati ijtimoiy-iqtisodiy omillar,
sog'liqni saqlash inqirozlari va paydo bo'ladigan sayohat tendentsiyalari tufayli tez
o'zgarishlarga duchor bo'ladi. Innovatsion mexanizmlar turizm korxonalariga ushbu
o‘zgarishlarga tez moslashish uchun zarur bo‘lgan chaqqonlikni ta’minlaydi, buzilishlarga
chidamlilikni ta’minlaydi va ularga yangi imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
5.Operatsion samaradorlikni oshirish
. Avtomatlashtirish va aqlli texnologiyalardan
foydalanish kabi innovatsion boshqaruv amaliyotlarini joriy etish operatsion samaradorlikni
oshirishga olib keladi. Bu nafaqat resurslarni taqsimlashni optimallashtiradi, balki xarajatlarni
kamaytiradi va shu bilan turizm korxonalarining moliyaviy ko'rsatkichlarini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, turistik korxonalarda innovatsion mexanizmlarning samaradorligi
mijozlarning qoniqish darajasi, operatsion samaradorlik, barqaror amaliyot va bozor
o‘zgarishlariga moslashishning yaxshilanganidan dalolat beradi. Turi
zm sanoati rivojlanishda
davom etar ekan, ushbu innovatsion mexanizmlarning strategik integratsiyasi raqobatbardosh
landshaftda rivojlanishga intilayotgan korxonalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Kelajakdagi tadqiqotlar ushbu innovatsiyalarning sanoatdagi moliyaviy ko'rsatkichlarga va
mijozlarning sodiqligiga ta'sirini aniqlash uchun maxsus amaliy tadqiqotlarni o'rganishi
mumkin.
www.e-itt.uz
II SON. 2025
36
Turizm korxonalarida innovatsion mexanizmlarni qo'llash umumiy samaradorlikka
yaqqol ijobiy ta'sir ko'rsatadi, garchi bu ta'sir darajasi muayyan mexanizmga, uni amalga
oshirishga va korxona kontekstiga qarab o'zgaradi. Mavjud tadqiqotlar tahlili innovatsion
texnologiyalarni qabul qilish va yaxshilangan asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari (KPI)
o'rtasida kuchli bog'liqlikni ko'rsatadi. Ushbu yaxshilanishlar mijozlar ehtiyojini qondirish,
operatsion samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va natijada rentabellikni
oshirishda namoyon bo'ladi. Biroq, muvaffaqiyatli amalga oshirish nafaqat texnologik
o'zlashtirishni, balki tashkiliy madaniyatni o'zgartirishni, xodimlarni o'qitishni va mustahkam
ma'lumotlar infratuzilmasini o'z ichiga olgan strategik yondashuvni talab qiladi. Bundan
tashqari, samaradorlik maqsadli bozorni aniq tushunish va mijozlarning muayyan ehtiyojlari
va afzalliklarini qondirish uchun innovatsion mexanizmlarni moslashtirish qobiliyatiga bog'liq.
Potentsial manfaatlar katta bo'lsa-da, to'g'ri rejalashtirishning yetishmasligi, resurslarning
yetarli emasligi yoki o'zgarishlarga qarshilik ijobiy ta'sirga sezilarli darajada to'sqinlik qilishi
mumkin. Shu sababli, turizm korxonalari faoliyatidagi innovatsion mexanizmlarning
samaradorligini oshirishda bozorni puxta o‘rganish, strategik rejalashtirish, doimiy monitoring
va baholashni o‘z ichiga olgan yaxlit
yondashuv juda muhimdir. Kelgusi tadqiqotlar uzoq
muddatli ta'sirni baholash uchun bo'ylama tadqiqotlarga va eng yaxshi amaliyotlarni yanada
takomillashtirish uchun turli korxona turlari va geografik kontekstlarda qiyosiy tahlillarga
qaratilishi kerak.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Квартальнов В.А.
(2007)
Стратегический менеджмент в туризме: Современный
опыт управления. –М.: Финансы и статистика.
Чудновский
А.Д. и др.
(2022)
Гостиничный бизнес в современной экономике: учебное
пособие. «Русайнс», –
238
с
.
"Economics and Innovative Technologies" (2025):
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
No. 1 462 bet.
Дурович А.П.
(2004)
“Маркетинг в туризме” учебное пособие. –Минск: “Новое
знание”.
Tsirinova, N.S. (2016) Turizm sanoatidagi zamonaviy innovatsion texnologiyalar
Котлер, Филип.
(2007)
Маркетинг. Гостеприимство. Туризм : учебник для
студентов высших учебных заведений / Ф. Котлер, Дж. Боуэн, Дж. Мейкенз ; [пер. с англ.
В. Н. Егорова]. —
4-
е изд., перераб. и доп. —
Москва : ЮНИТИ.
Пардаев М.К., Холикулов А.Н., Рахимов Х.А.
(2013)
Мехмонхона
хужаликларида
самарадорликни ошириш муаммолари.
Монография. Иктисодиёт.
-
Тошкент. 210
-
бет
Гриценко Ю.
(2012)
Состояние и перспектива использования Интернета в
туристском бизнесе России. Вокруг света. –
№ 1.
- 38
–
43 с.
Ильина, А.
(2015)
С точки зрения руководителей турфирм/ Ильина А.// Турбизнес. –
-
№ 1.
-
С. 89
- 92.
Бекетов О.Н.
(2016)
Бизнес
-
план: теория и практика. / Бекетов О.Н., Найденков В.И.
–
М.: Юнити, –
342 с.
