www.e-itt.uz
III SON. 2024
24
OʻYINLAR ORQALI MOLIYAVIY BILIMLARNI OʻRGATISHGA OID FINLANDIYA TAJRIBASI
Ahmadjonov Abdulloh Ahadjon o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0001-8368-1435
PhD
Shamansurova Zilola Abduvahitovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0009-5152-3518
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Finlyandiyaning moliyaviy savodxonlik dasturlari tahlil
qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Moliyaviy savodxonlik
aholining iqtisodiy barqarorligi va farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan holda,
tadqiqotda davlat va xususiy sektor hamkorligi, ta’lim muassasalarida maxsus kurslar va malaka
oshirishlar tashkil etish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi qayd
etilgan. Finlyandiya tajribasi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston maktab
ta’limi tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy dasturlarni
shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Kalit soʻzlar:
Finlandiya ta’lim tizimi, moliyaviy savodxonlik, moliyaviy savodxonlik
markazi, maktab ta’limi, iqtisodiy fanlar, moliyaviy bilimlar.
ОПЫТ ФИНЛЯНДИИ В ОБУЧЕНИИ ФИНАНСОВОЙ ГРАМОТНОСТИ ЧЕРЕЗ ИГРЫ
Ахмаджонов Абдуллoх Ахаджонович
Ташкентский государственный экономический университет
PhD
Шамансурова Зилола Абдувахитовна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотaция.
В данной статье анализируются программы финансовой
грамотности Финляндии и рассматриваются пути их адаптации к условиям
Узбекистана. Подчеркивая, что финансовая грамотность положительно влияет на
экономическую стабильность и благосостояние населения, в исследовании отмечается
необходимость сотрудничества государственного и частного сектора, организации
специальных курсов и обучения в образовательных учреждениях, а также использования
современных технологии. Предложения и рекомендации, разработанные на основе опыта
Финляндии, имеют большое значение при формировании практических программ,
направленных на повышение финансовой грамотности в системе школьного образования
Узбекистана.
Ключевые слова:
cистема образования Финляндии, финансовая грамотность,
центр финансовой грамотности, школьное образование, экономические науки,
финансовые знания.
UOʻK: 336.012.23(070)
24-31
www.e-itt.uz
III SON. 2024
25
FINLAND'S EXPERIENCE IN TEACHING FINANCIAL LITERACY THROUGH GAMES
Akhmadjonov Abdullokh
Tashkent State University of Economics
PhD
Shamansurova Zilola Abduvahitovna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes financial literacy programs in Finland and examines ways to
adapt them to the conditions of Uzbekistan. Emphasizing that financial literacy has a positive
impact on economic stability and well-being of the population, the study notes the need for
cooperation between the public and private sectors, the organization of special courses and
training in educational institutions, as well as the use of modern technology. Suggestions and
recommendations developed on the basis of the Finnish experience are of great importance in the
formation of practical programs aimed at improving financial literacy in the school system of
Uzbekistan.
Keywords:
education system of Finland, financial literacy, financial literacy center, school
education, economic sciences, financial knowledge.
Kirish.
Moliyaviy savodxonlik taʼlimning muhim tarkibiy qismi sifatida koʻplab rivojlangan va
kuchli rivojlanayotgan davlatlarning maktab taʼlim dasturlariga kiritilgan. Koʻplab
mamlakatlarda kredit resurslarining past foizli boʻlishi uy xoʻjaliklarini koʻproq qarz olishga
ragʻbatlantirmoqda. Natijada uy xoʻjaliklarining qarz yuki global masshtabda yildan-yilga oshib
bormoqda. Shu sababli bugungi kunda yoshlarga maktab davrlaridan moliyaviy bilimlarni
berish orqali oʻzlarining shaxsiy budjetlarini boshqarishni oʻrgatish, investitsiya, sugʻurta va
boshqa moliyaviy instrumentlar haqida boshlangʻich tushunchalar berish kelajakda yoshlarni
moliyaviy barqarorlik va farovonlikka erishishning asosiy vositasi sifatida koʻrilmoqda. Bu
borada ulkan tarixiy tajribaga ega boʻlgan Finlandiya davlatlatining pedagogik tajribasi bilan
yaqindan tanishib chiqamiz. Finlandiya barchamizga maʼlumki, maktab taʼlimi boʻyicha soʻngi
bir necha oʻn yilliklar davomida dunyoda top 5 mamlakatlari qatoridan tushmay kelmoqda.
Finlandiya taʼlim tizimining asosiy maqsadi faqat yuqori natijalarga erishish emas, balki barcha
oʻquvchilarga teng imkoniyatlar berishdir. Boshlangʻich taʼlimda taʼlim jarayoni yuqori malakali
pedagoglar tajribaga, ijodiylik va ijtimoiy aloqaga asoslangan turli xil oʻyinlar asosida
tashkillashtiriladi. Undan tashqari, oʻquvchilarni olayotgan bilimlarini baholash uchun
muntazam ravishda davlat darajasida tadqiqotlar olib boriladi. Tadqiqot natijalari asosida
pedagogik jarayonlarni samarali tashkillashtirish uchun yangi yondashuvlar ishlab chiqiladi.
Aynan Finlandiya taʼlim tajribasini oʻrganish eng samarali deb hisoblangan taʼlim usullarni
oʻzlashtirishga imkon beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Moliyaviy savodxonlik hozirgi kunda global iqtisodiy barqarorlik va farovonlikka
erishishda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Bu bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va
adabiyotlar tahlili moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun samarali strategiyalarni ishlab
chiqish imkonini beradi.
Kalmi va Ruuskanenning “Moliyaviy savodxonlik va pensiya rejalashtirishning o‘zaro
bog‘liqligi, shaxsiy moliyaviy qarorlarning taʼsirini o‘rganish” tadqiqotlarida moliyaviy
savodxonlik pensiya jamg‘armalari rejalashtirishga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi va bu yoshlar
o‘rtasida bu ko‘nikmalar sust ekanligini hamda buni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish
kerakligi yoritilgan (Cambridge, 2015).
www.e-itt.uz
III SON. 2024
26
Vaahtoniemi va boshqalar “Big Three” savollaridan foydalanib moliyaviy savodxonlikni
aniqlash va uni yoshlar o‘rtasida baholash bo‘yicha o‘zlarining tadqiqotlarini olib
borishgan(Bankoffinland.fi, 2023).
Finlandiya banki tomonidan “Milliy strategiyani ishlab chiqish, moliyaviy savodxonlikni
aholi o‘rtasida targ‘ib qilish” loyihasida aholi o‘rtasida, ayniqsa quyi qatlamdagi aholiga keng
yoyish orqali moliyaviy opertasiyalarni va pu oqimlari harakatini yanada oshirish orqali
iqtisodiyotni yanada riovjlantirishga qaratilgandir (World Bank, 2014).
O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlikning hozirgi holati, mavjud muammolar va
imkoniyatlar tahlili davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar aholining
moliyaviy bilim darajasini oshirish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida
ma’lumot beradi. World Bank (2014) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar esa O‘zbekistonda
moliyaviy ko‘nikmalarni oshirish uchun taklif qilingan strategiyalarni batafsil bayon etgan
Moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun samarali strategiyalar va yondashuvlar tahlili
davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirishni, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishni va interaktiv usullarni tatbiq etishni o‘z ichiga oladi. Lusardi va boshqalar (2017)
tadqiqotlarida moliyaviy bilimlarning ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikka qarshi kurashdagi o‘rni
ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu bilimlarni oshirish orqali iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish
mumkinligi ta’kidlangan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotimiz maktab oʻquvchilarini turli oʻyinlar orqali moliyaviy bilimlarni oʻrgatish
orqali moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha ilgʻor xorij tajribalari
oʻrganamiz. Bu borada
ulkan tarixiy tajribaga ega boʻlgan Finlandiya davlatining pedagogik tajribalari bilan yaqindan
tanishib chiqamiz.
Maktab oʻquvchilari doirasida moliyaviy savodxonlik taʼlimini berishda Finlandiya ta’lim
tajribasini o‘rganish uchun bir qancha sabablar mavjud. Finlandiya ta’lim tizimining asosiy
vazifasi asosan keng jamoatchilik orasida moliyaviy savodxonlikni oshirish bilan birga,
moliyaviy savodxonlik boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqish va uni amaliyotga integratsiya
qilishdan iborat hisoblanadi.Bundan tashqari Finlandiya ta’lim tizimi dunyoda yetakchilaridan
biriligi ham ma’lum ma’noda bu mamlakatdagi ta’limga tizimida ham bevosita moliyaviy
savodxonlikni o‘qitish tajribasi yuqoriligini bilish mumkindir. Oʻquvchilarni yoshiga, bilim
darajasiga, maktabdagi moddiy texnik bazaga va mavzuga qarab oʻqituvchilar tomonidan
oʻyinlar tanlanishi mumkin. Albatta, bu Oʻzbekiston maktablarida boshlangʻich va oʻrta
sinflarda taʼlim olayotgan oʻquvchilarga moliyaviy taʼlim berish jarayonini osonlashtirish va
tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tadqiqot davomida erishilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston maktablarida
moliyaviy savodxonlik ta’limini berishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va mos
deb hisoblanganlarini maktab ta’limiga joriy qilish juda muhim. Shuningdek, bu jarayon ta’lim
usullarini aniqlash va vaqt hamda resurslarni tejashga yordam beradi. Maktablarda moliyaviy
savodxonlikni oshirish uchun maxsus kurslar va treninglar tashkil etish zarur. Bu kurslar turli
yoshdagi o‘quvchilar uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerak.Bundan tashqari, moliyaviy
savodxonlikni oshirish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish zarur. Bu
jarayon zamonaviy texnologiyalar va interaktiv usullarni tatbiq etishni o‘z ichiga olishi zarur.
Finlandiyada maktab bosqichida tahsil olayotgan oʻquvchilarni moliyaviy savodxonlik
boʻyicha bilimlarini oshirishda keng koʻlamli harakatlar amalga oshirib kelinmoqda. Buning
asosiy sababi aholi orasida moliyaviy savodxonlikni oshirish orqali mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishiga erishishdan iborat. Bu maqsad sari Finlandiya hukumati aynan mamlakatda
www.e-itt.uz
III SON. 2024
27
iqtisodiy komplekslarga masʼul tashkilotlar qoshida alohida moliyaviy savodxonlikni oshirish
markazlarini ochgan. Finlandiya Banki qoshida maxsus markaz ochilgan. Markazni asosiy
vazifasi asosan keng jamoatchilik orasida moliyaviy savodxonlikni oshirish bilan birga,
moliyaviy savodxonlik boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqish va uni amaliyotga integratsiya
qilishdan iborat hisoblanadi. Bu markazni oldiga qoʻyilgan asosiy vazifa 2030-yilga kelib
Finlandiya dunyodagi eng yaxshi moliyaviy savodxonlikka ega boʻlgan davlat boʻlishi uchun
taʼlim tizimida moliyaviy savodxonlikni oʻquvchilar orasida kengroq yoyishdan iborat
hisoblanadi. Buning uchun bugungi kunda har bir bosqichdagi oʻquvchilarini dars
mashgʻulotlariga muayyan moliyaviy oʻyinlarni joriy qilib kelinmoqda. Aynan shu markaz
Finlandiya taʼlimida moliyaviy bilimlarni egallash uchun metodik asos yaratish hamda
fuqarolar oʻrtasida ham keng yoyishga ham xizmat qilib kelmoqda. Finlandiyada taʼlim uchun
javobgar boʻlgan Finlandiya taʼlim va madaniyat vazirligi(Ministry of education and culture)
ham rasmiy web-saytida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish uchun maxsus loyihalar ishlab
chiqqan, bu ham bevosita Finlandiya maktablarida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishda
yordam bermoqda (Opetus- ja kulttuuriministerio , n.d.).
Finlandiya maktablaridagi taʼlim tizimini koʻplab mamlakatlar oʻzlari uchun na’muna
sifatida olayotganlari ham Finlandiyada maktab taʼlimi har taraflama yuksalyotganlidan dalolat
bermoqda. Aynan Finlandiya maktablaridagi taʼlimni oʻziga xos jihatlari shundaki,
maktablardagi har bir sinf oʻquvchilarning sinflari, yoshlari, oʻrgatilayotgan fanlardan kelib
chiqib, oʻquvchilarda moliyaviy savodxonlikni oshirishga doir “Moliyaviy savodxonlik markazi”
tomonidan mexanizm ishlab chiqilgan. Bu mexanizmlar aynan markaz tomonidan maktablarda
oʻquv dasturlarni aynan moliyaviy savodxonlikni oshirish boʻyicha xalqaro ekspertlar va
mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
Shunga alohida e’tibor berish kerakki, Finlandiyada moliyaviy savodxonlik alohida fan
sifatida o‘rgatilmaydi, balki ma’lum Finlandiya ta’lim tizimiga xos bo‘lgan “Iqtisodiy bilimlar”
modulining bir qismi sifatida o‘rgatiladi. Oʻquv dasturlarda aniq va ijtimoiy fanlar kesimida,
fanlardagi mavzulardan kelib chiqqan holda, mavzu doirasida moliyaviy savodxonlik
oʻquvchilarga oʻrgatiladi. Oʻquvchilarning yoshi hamda qaysi sinf bosqichida oʻqiyotganligidan
kelib chiqqan holda pul operatsiyalarini harakatini boshqarish, foiz stavkalar, investitsiya,
kreditlar, soliq tizimi, iqtisodiyot kabi tushunchalar va bu tushunchalar mazmunini amaliyot
bilan bogʻlagan holda moliyaviy matematik misollar orqali yanada chuqurroq oʻquvchilarga
oʻrgatilib kelinmoqda. Markaz tomonidan tavsiya qilingan metodologik mexanizmlarni eng
katta foydasi chunki, moliyaviy bilimlarni iqtisodiy, matematik fanlardagi mavzular bilan
integratsiya qilib oʻquvchilarga yetkazishda har turdagi moliyaviy oʻyinlardan keng foydalanib
kelishmoqda. Bu oʻyinlar orqali dars mashgʻulotlarini olib borish oʻquvchilarga oldindan toʻgʻri
qarorlar qabul qilish hamda bu pul mablagʻlarni toʻgʻri boshqarish boʻyicha amaliy koʻnikmalar
hosil qilishda juda samarali foyda keltiradi. Bunday moliyaviy oʻyinlarni dars mashgʻulotlaridan
tashqari vaqtlarda ham oʻynash uchun alohida maktablar qoshida maxsus kurslar tashkil
qilingan boʻlib, ular ham oʻquvchilarda moliyaviy savodxonlikni shakllantirishda juda samarali
yordam berib kelmoqda. Moliyaviy savodxonlik markazi tomonidan ishlab chiqilgan
mexanizmda faqat oʻquvchilar maktab tomonidan berilayotgan bilimlar va fan mavzulari bilan
cheklanib qolmasligi taʼminlangan.
Bu platforma Finlandiya Banki tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib 2018-yilda ishga
tushirilgan. Bundan asosiy maqsad esa oldingi bobda takidlaganimizdek Finlandiyani 2030-
yilga borib aholisini moliyaviy savodxonlik bo‘yicha birinchi o‘ringa olib chiqishdir. Paltforma
orqali istalgan Finlandiya ta’lim sohasi vakili ya’ni pedagok hodim ro‘yxatdan o‘tish orqali
yuqoridagi modul asosida o‘tilayotgan darsidagi mavzusidan kelib chiqgan holda mashg‘ulotlar
davomida foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Rasmga e’tibor bersak platformada 4 xil yana
alohida ikonka mavjud. 1)Moliyaviy savodxonlik, 2) O‘qituvchilar uchun, 3) Moliyaviy
savodxonlikga xos bo‘lgan o‘yinlar, 4) Glossariy.
www.e-itt.uz
III SON. 2024
28
1-rasm. Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha alohida Finlandiya banki tomonidan tuzilgan
palatforma
Ko‘rinib turibdiki bu kabi loyihalar nafaqat ta’lim oluvchi maktab o‘quvchilarini moliyaviy
savodxonlik bo‘yicha bilimlarini oshirishga balki, istalgan inson uchun ham ma’lum bir
darajada moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilimlarini yanada oshirishga katta turtki bo‘lib
xizmat qiladi (Pankki, n.d.).
Oʻquvchilarda yanada koʻproq va keng koʻlamda moliyaviy savodxonlik boʻyicha amaliy
koʻnikmalarni shakllantirishda ishlab chiqarishni jalb qilish va oilaviy muhitni ham hisobga
olish muhim omil sifatida qayd etib qoʻyilgan. Yaʼni jarayon boʻyicha kichik biznes loyihalar
ishlab chiqish va ularni moliyalashtirish boʻyicha eng optimal variantlarni oʻylash, oʻquvchilar
oʻzlarini kundalik xarajatlari toʻgʻri boshqarish, moliya muassasalari bilan oʻquvchilarni
qiziqishlarini hisobga olgan holda seminar-treninglar tashkil etish kabi tushunchalar berib
boriladi (Pankki, n.d.).
Finlandiya maktab taʼlim tizimi bugungi kunda dunyoda eng ilgʻorlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda koʻpgina taʼlim sohasini rivojlantirishga harakat qilayotgan davlatlar borki,
aksariyati Finlandiya tajribasidan foydalangan holda oʻzlariga integratsi
ya qilish jarayonini
amalga oshirib kelishmoqda. Bunga asosiy sabab Finlandiya maktab taʼlimi boʻyicha dunyo
reytinglarida yuqori pogʻonala
rni egallab kelayotganligidir. Xalqaro reytinglarda yuqori
oʻrinlarni egallashi bir qancha omillarga bogʻliqdir
(OECD, 2018).
1.
Bepul taʼlim. Finlandiyada taʼlim mutlaqo bepul. Bu faqatgina maktab taʼlimini emas,
balki universitetlarni ham oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari barcha oʻquv materiallar, tushlik va
transport xarajatlari ham davlat tomonida toʻliq qoplab beriladi.
2.
Oʻqituvchilarni yuqori malakasi. Finlandiyada oʻqituvchi boʻlish juda obroʻli kasb
hisoblanadi. Oʻqituvchilar kamida magistr darajasiga ega boʻlishlari kerak va ularning ishga
kirish jarayoni juda qattiq tanlov asosida oʻtadi.
3.
Individual yondashuv. Maktab taʼlim tizimida har bir bola individual shaxs sifatida
qabul qilinadi va ularga individual eʼtibor beriladi. Sinflar kichik boʻladi, bu esa oʻqituvchilarga
har bir oʻquvchiga alohida eʼtibor qaratish
imkonini beradi.
4.
Amaliy taʼlim va kam uyga vazifa. Finlandiya taʼlim tizimida nazariy bilimlardan koʻra,
amaliy koʻnikmalar va hayotiy tajribalar muhimroq deb hisoblanadi. Uy vazifalari minimal
darajada boʻlib, bolalarning boʻsh vaqtlarini oʻz qiziqishlari bilan oʻtkazishl
ariga ruxsat beriladi.
Finlandiya taʼlim tizimining bu jihatlari uning xalqaro maydondagi yuqori reytinglariga
sabab boʻladi. Bu tizimning muvaffaqiyati koʻplab boshqa mamlakatlar uchun namuna boʻlib
kelayapdi (Kalmi, 2022).
Findlandiya maktablarida moliyaviy savodxonlikni oʻquvchilarga oʻrgatilishi taʼlim
tizimining muhim jihatlaridan biridir. Maktablarda moliyaviy savodxonlik oʻquvchilarning
kelajakdagi moliyaviy farovonligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va bi
limlarni
www.e-itt.uz
III SON. 2024
29
rivojlantirishga qaratilgan. Bu mavzular turli fanlar va darslarda integratsiya qilinadi. Bu
jarayon uchun alohida Finlandiya Banki tomonidan maxsus strategiya ishlab chiqilgan boʻlib,
bu strategiya boʻyicha alohida bank qoshida “Moliyaviy savodxonlik markazi” ochilgan boʻlib,
bu markaz maktablarda moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun zamin yaratib kelayapdi.
Moliyaviy savodxonlik markazi Finlandiya Banki huzurida 2022-yil yanvar oyidan faoliyat
koʻrsatishni boshladi. Markazni asosiy vazifasi asosan keng jamoatchilik orasida moliyaviy
savodxonlikni oshirish bilan birga, moliyaviy savodxonlik boʻyicha milliy str
ategiyani ishlab
chiqish va uni amaliyotga integratsiya qilishdan iborat hisoblanadi. Bu markazni oldiga
qoʻyilgan asosiy vazifa 2030
-yilga kelib Finlandiya dunyodagi eng yaxshi moliyaviy
savodxonlikka ega boʻlgan davlat boʻlishi uchun taʼlim tizimida moli
yaviy savodxonlikni
oʻquvchilar orasida kengroq yoyishdan iborat hisoblanadi. Buning uchun bugungi kunda har
bir bosqichdagi oʻquvchilarini dars mashgʻulotlariga muayyan moliyaviy oʻyinla
rni joriy qilib
kelinmoqda.
Finlandiya maktab tizimi uchta asosiy bosqichga ajratilgan.
1.
Boshlangʻich taʼlim. Bu bosqichida sinf darajalari 1
-
6 sinflar orasida boʻladi, yosh
oraligʻi esa 7
-13 yoshni qamrab oladi.
Boshlangʻich taʼlim majburiy boʻlib, umumiy bilimlar
asosiga ega boʻlishga qaratilgan hisoblanadi. Ushbu bosqichda oʻquvchilar yozish, matematika,
tabiiy fanlar kabi bir nechta fanlar oʻrgatiladi.
2.
Oʻrta taʼlim. Bu bosqichida sinf darajalari 7
-
9 sinflar orasida boʻladi, yosh oraligʻi esa
14-
16 yoshni qamrab oladi. Bu bosqichda oʻquvchilarga koʻproq ixtisoslashgan fanlar
oʻrgatiladi.
3.
Oʻrta maxsus taʼlim. Yosh oraligʻi 16
-19 yoshni tashkil etadi. Bu bosqich 2 ta qismga
boʻlinadi.
3.1.
Akademik yoʻnalishdagi oʻrta taʼlim. Universitetga kirishni maqsad qilgan oʻquvchilar
uchun moʻljallangan. Bu yerda oʻquvchilar umumiy fanlar boʻyicha chuqurroq bilim oladi va
yakuniy imtihonlar topshiradilar.
3.2.
Kasbiy taʼlim. Ish bozoriga toʻgʻridan
-
toʻgʻri kirishni xohlagan oʻquvchilar uchun
moʻljallangan. Bu yerda oʻquvchilar kasbiy koʻnikmalarni va amaliy tajribani egallaydilar.
Har bir bosqichda oʻquvchilarning sinflari, yoshlari, oʻrgatilayotgan fanlardan kelib chiqib,
oʻquvchilarda moliyaviy savodxonlikni oshirishga doir “Moliyaviy savodxonlik markazi”
tomonidan mexanizm ishlab chiqilgan. Bu mexanizmlar aynan markaz tomonidan maktablarda
o‘quv dasturlarni aynan moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar va
mutahassislar tomonidan berilgan tavsiyalardan kelib chiqan holda ishlab chiqilgan. O‘quv
dasturlarda aniq va ijtimoiy fanlar kesmida, fanlardagi mavzulardan kelib chiqgan holda, mavzu
doirasida moliyaviy savodxonlik o‘quvchilarga o‘rgatiladi. O‘quvchilarning yoshi hamda qaysi
sinf bosqichida o‘qiyotganligidan kelib chiqan holda pul operatsiyalarini harakatini boshqarish,
foiz stavkalar, investitsiya, kreditlar, soliq tizimi, iqtisodiyot kabi tushunchalar va bu
tushunchalar mazmunini amaliyot bilan bog‘lagan holda moliyaviy matematik misollar orqali
yanada chuqurroq o‘quvchilarga o‘rgatilib kelinmoqda. Markaz tomonidan tavsiya qilingan
metodologik mexanizmlarni eng katta foydasi shunki, moliyaviy bilimlarni iqtisodiy, matematik
fanlardagi mavzular bilan integratsiya qilib o‘quvchilarga yetkazishda har turdagi moliyaviy
o‘yinlardan keng foydalanib kelishmoqda. Bu o‘yinlar orqali dars mashg‘ulotlarini olib borish
o‘quvchilarga oldindan to‘g‘ri qarorlar qabul qilish hamda bu pul mablag‘larni to‘g‘ri
boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilishda juda samarali foyda keltiradi. Bunday
moliyaviy o‘yinlarni dars mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarda ham o‘ynash uchun alohida
maktablar qoshida maxsus kurslar tashkil qilingan bo‘lib, ular ham o‘quvchilarda moliyaviy
savodxonlikni shakillantirishda juda samarali yordam berib kelmoqda. Moliyaviy savodxonlik
markazi tomonidan ishlab chiqilgan mexanizmda faqat o‘quvchilar maktab tomonidan
berilayotgan bilimlar va fan mavzulari bilan cheklanib qolmasligi ta’minlangan. O‘quvchilarda
yanada ko‘proq va keng ko‘lamda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni
shakillantirishda ishlab chiqarishni jalb qilish va oilaviy muhitni ham hisobga olish muhim omil
www.e-itt.uz
III SON. 2024
30
sifatida qayd etib qo‘yilgan. Ya’ni jarayon bo‘yicha kichik biznes loyihalar ishlab chiqish va
ularni moliyalashtirish bo‘yicha eng optimal variantlarni o‘ylash, o‘quvchilar o‘zlarini kundalik
xarajatlari to‘g‘ri boshqarish, moliya muassalari bilan o‘quvchilarni qiziqishlarini hisobga olgan
holda seminar-treninglar tashkil etish kabi tushunchalar berib boriladi
(Pankki, n.d.).
Finlandiya maktablarida moliyaviy savodxonlikni oʻrgatishning ushbu usullari
oʻquvchilarga moliyaviy jihatdan masʼuliyatli va ongli qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini
rivojlantirishda yordam beradi.
Ushbu ilmiy ishni yozish davomida O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlik ta’limini berish
jaroyoni bo‘yicha quyidagi asosiy savollar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston sharoitida maklab
yoshidanoq moliyaviy savodxonlik ta’limini berishni qanday tashkillantirilsa yuqori
samaradorlikka erishish mumkin? Yoshlarni moliyaviy savodxonlik darajasini maktab
yoshidan oshirish uchun darslardan bo‘sh vaqtlari ularni qanday jalb qilish mumkin? Bu borada
xorijiy tajribalardan nimalarni o‘rganishimiz zarur? Mazkur tadqiqotni amalga oshirish
davomida ushbu savollarga ilmiy asoslangan javoblar shakllantirildi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston maktablarida moliyaviy savodxonlik taʼlimini berishda
Finlandiya
tajribasini oʻrganish va Oʻzbekiston uchun mos deb hisoblanganlarini maktab
taʼlimiga joriy erish juda muhim.
Finlandiya
tajribasini oʻrganish moliyaviy taʼlimni berishning
samarali usullarini aniqlashga qaratilgan pedagogik tadqiqotlar uchun sarflanadigan moliyaviy
resurslarni va vaqtni tejashga imkon beradi. Allaqachon jahon amaliyotida mavjud boʻlgan
amaldagi taʼlim usullar va texnikalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimiga joriy etish kelajak avlodni
moliyaviy savodxonlik darajasini oshishiga, pirovardida moliyaviy barqaror va farovon avlodni
yetishtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot davomida quydagi takliflar ishlab chiqildi.
-
O‘quvchilarga moliyaviy bilimlarni o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalar va interaktiv
usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu
raqamli moliya ko‘nikmalarini o‘rgatishni o‘z ichiga
oladi.
-
Moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha davlat va xususiy sektorlar hamkorligini
kuchaytirish lozim. Moliyaviy institutlar va ta’lim muassasalari hamkorlikda turli tadbirlar va
musobaqalar tashkil etishi mumkin.
-
Moliyaviy ta’lim resurslarini yaratish zarur. Bu kitoblar, darsliklar, onlayn kurslar va
turli o‘yinlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Mazkur tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’lim tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga
qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Finlandiya
tajribalari asosida ishlab chiqilgan dasturlar va yondashuvlar yosh avlodning moliyaviy bilim
va ko‘nikmalarini oshirishda samarali bo‘ladi. Bu tavsiyalar asosida ta’lim tizimini isloh qilish,
o‘quv dasturlarini takomillashtirish va moliyaviy savodxonlikn
i oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shadi.
Adabiyotlar/ Литература/ References:
Bankoffinland.fi. (2023). Home – Bank of Finland’s Annual Report 2023. [online] Available
at: https://annualreport.bankoffinland.fi/.
Cambridge (2015). Home. [online] Cambridge University Press. Available at:
Kalmi P. (2022) The effects of game-based financial education: New survey evidence from
lower-secondary school students in Finland. The Journal of Economic Education Volume 53, Issue2.
Lusardi, A., Michaud, P. C., & Mitchell, O. S. (2017). Optimal Financial Knowledge and Wealth
Inequality. Journal of Political Economy.
OECD (2018) OECDning moliyaviy savodxonlik boʻyicha Xalqaro talabalarni baholash
dasturida Finlandiya ishtirokchi davlatlar orasida 2-oʻrinni egalladi.
www.e-itt.uz
III SON. 2024
31
Opetus- ja kulttuuriministeriö. (n.d.). The Ministry of Education and Culture, Finland - OKM
- Ministry of Education and Culture, Finland. [online] Available at:
Pankki,
S.
(n.d.).
Etusivu.
[online]
Suomen
Pankki.
Available
at:
Pankki, S. (n.d.). Games in financial education. [online] Suomen Pankki. Available at:
https://www.suomenpankki.fi/en/learn-economy/learn-economy/games-in-financial-
Pankki, S. (n.d.). Games in financial education. [online] Suomen Pankki. Available at:
https://www.suomenpankki.fi/en/learn-economy/learn-economy/games-in-financial-
education/.
World Bank (2014). Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan. World
Bank Report.
