www.e-itt.uz
II SON. 2024
188
Toxirov Akbarxon Toirxon oʻgʻli
Toshkent kimyo-texnologiya insituti
ORCID:
0000-0003-0577-0277
phdakbar90@.gmail.com
KORXONALARNING RAQOBATBARDOSHLIGI VA IQTISODIY XAVFSIZLIGINI
BOZOR SHAROITIDA TA'MINLASH YO'LLARI
Annotatsiya.
Ushbu maqolada korxonalarning raqobatbardoshligi va iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlash strategiyalari bozor sharoitlarida ko‘rib chiqiladi. Bozor raqobatining kuchayishi
sharoitida korxonalar faoliyatining barqarorligi va samaradorligini oshirish masalalari muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda moliyaviy barqarorlik,
tashqi tahdidlarga qarshi chidamlilik hamda bozor talablariga moslashuvchanlikka asoslangan
yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida raqobatbardoshlik omillarini aniqlash va
korxonalar iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, maqolada raqobatbardoshlikni oshirish uchun innovatsion texnologiyalar va
strategik rejalashtirishning ahamiyati yoritiladi.
Kalit soʻzlar:
iqtisodiy xavfsizlik, raqobatbardoshlik, iqtisodiy xavfsizlik, bozor sharoitlari,
moliyaviy barqarorlik, innovatsion texnologiyalar, tashqi tahdidlar, strategik rejalashtirish,
korxona samaradorligi, bozor talablariga moslashuvchanlik.
ПУТИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ И ЭКОНОМИЧЕСКОЙ
БЕЗОПАСНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ В РЫНОЧНЫХ УСЛОВИЯХ
Тохиров Акбархон Тойрхан углы
Ташкентский химико-технологический институт
Аннотация.
В данной статье рассматривается значение финансовых показателей
и их анализа в обеспечении экономической безопасности предприятий. Финансовые
показатели объясняют, как финансовая устойчивость, ликвидность, рентабельность и
долговое состояние компании влияют на экономическую безопасность. Также
рассмотрены возможности оценки уровня финансовой безопасности предприятий
посредством углубленного анализа финансовых показателей и методов их расчета. В
статье освещены современные подходы и методы анализа обеспечения экономической
безопасности.
Ключевые
слова:
экономическая
безопасность,
конкурентоспособность,
экономическая безопасность, рыночные условия, финансовая стабильность,
инновационные технологии, внешние угрозы, стратегическое планирование,
эффективность предприятия, гибкость к требованиям рынка.
UOʻK: 339.1-051
188-194
www.e-itt.uz
II SON. 2024
189
WAYS TO ENSURE COMPETITIVENESS AND ECONOMIC SECURITY
OF ENTERPRISES IN MARKET CONDITIONS
Tokhirov Akbarkhan Toirkhan ogli
Tashkent chemical and Technology Institute
Abstract.
This article examines the importance of financial indicators and their analysis in
ensuring the economic security of enterprises. Financial indicators explain how the company's
financial stability, liquidity, profitability, and debt status affect economic security. Also, the
possibility of assessing the level of financial security of enterprises is considered through an in-
depth analysis of financial indicators and their calculation methods. The article highlights modern
approaches and methods of analysis to ensure economic security.
Keywords:
economic security, competitiveness, economic security, market conditions,
financial stability, innovative technologies, external threats, strategic planning, enterprise
efficiency, flexibility to market requirements.
Kirish
.
Hozirgi global bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatining samaradorligi va
barqarorligini ta'minlash eng muhim vazifalardan biriga aylandi. Bozor raqobatining keskin
kuchayishi, tashqi iqtisodiy muhitning o‘zgaruvchanligi va turli inqirozlar korxonalar oldiga
yangi talablarga moslashishni va o‘z iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashni talab qilmoqda.
Iqtisodiy xavfsizlik korxonaning moliyaviy, operatsion va strategik jihatdan barqarorligini
saqlab qolish qobiliyatini ifodalaydi. Shu bilan birga, tashqi tahdidlarga qarshi chidamlilikni
oshirish, bozor talablariga tez moslashish va ichki resurslardan samarali foydalanish orqali
korxona raqobatbardoshligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy xavfsizlik nafaqat korxonaning qisqa muddatli moliyaviy ko'rsatkichlari, balki
uning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlashga qaratilgan kompleks tushuncha sifatida
qaraladi. Korxonalar iqtisodiy xavfsizligini saqlash uchun moliyaviy barqarorlik, tashqi va ichki
tahdidlarga qarshi kurashish, innovatsiyalarni tatbiq etish hamda bozor dinamikasini kuzatib
borish kabi bir qator omillarni e’tiborga olishlari kerak. Shuningdek, strategik rejalashtirish va
raqobatbardoshlikni oshirish uchun ishlab chiqilgan aniq yo‘nalishlar orqali korxonalarning
bozor sharoitida barqaror rivojlanishi ta’minlanishi mumkin.
Tadqiqot ishida korxonalar faoliyatining iqtisodiy xavfsizligi va raqobatbardoshligini
bozor sharoitida ta'minlashga qaratilgan strategiyalar tahlil qilinadi. Moliyaviy barqarorlik,
bozor o'zgarishlariga moslashuvchanlik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali
korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo‘llari hamda bu maqsadlarga erishishda duch
kelinadigan muammolar ko‘rib chiqiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlarning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati
bo‘yicha ilmiy manbalar o‘rganildi. O‘zbekiston va xalqaro ilmiy-adabiyotlar, ilmiy maqolalar
va monografiyalardan foydalanib, moliyaviy ko‘rsatkichlarning iqtisodiy xavfsizlikka bo‘lgan
ta’siri haqida nazariy asoslar shakllantirildi. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha turli
yondashuvlar va konsepsiyalar ko‘rib chiqildi.
Abdulhamid A.ning Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlik ko'rsatkichlari va ularni
baholash usullarining tahlili nomli ilmiy maqolasida moliyaviy ko'rsatkichlarning iqtisodiy
xavfsizlikni ta'minlashdagi ahamiyati va ularni tadbirkorlik faoliyatida baholash usullarini
tahlil qiladi (Akbarov, & Ermatov, 2024).
Karimovning (2023) Korxonalar moliyaviy tahlilining ahamiyati nomli maqolasida
korxonalarning moliyaviy barqarorligi va rentabelligini baholashda moliyaviy tahlilning
ahamiyati haqida so‘z yuritadi, lekin iqtisodiy xavfsizlikni bevosita ko‘rib chiqmaydi.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
190
Bannikovaning (2022) Qishloq xo'jaligi korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini
ta'minlashda moliyaviy tahlilning o'rni nomli ishida qishloq xo'jaligi korxonalarining iqtisodiy
xavfsizligini ta'minlashda to'lov qobiliyati, likvidlik va moliyaviy barqarorlik ko'rsatkichlarini
moliyaviy tahlil qilishning asosiy ko’rsatkichlari deb aytadi.
Vera Shumilina (2018) o’zining Tadbirkorlik subyektining iqtisodiy xavfsizligi tahlili
mavzusidagi tadqiqoti ishida moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish va diagnostika qilish
tadbirkorlik subyektining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning ajralmas qismi deb hisoblaydi.
Zaxarovning (2021) “Murakkab iqtisodiy tizimlarning xavfsizligi: ularning raqamli
transformatsiyasidagi xatarlarni boshqarish” nomli ilmiy maqolasida raqamli transformatsiya
xatarlarini boshqarish va murakkab iqtisodiy tizimlarning raqamli xavfsizligini taʼminlash
uchun iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni birlashtirgan yangi xavfsizlik paradigmasi zarurligi
muhokama qilinadi.
Toxirov va Muxammadiyevlarning (2022) “Korporativ korxonalarni boshqarishda
boshqaruv samaradorlik indikatori (mezon) koʻrsatkichlari iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash
omili sifatida” ilmiy maqolasida Korporativ korxonalarni boshqarishda boshqaruv
samaradorlik indikatori (mezon) koʻrsatkichlari iqtisodiy xavfsizlikni taminlashda samarali
koʻrsatkich sifatida qabul qilingan.
Toxirov, va Muxammadiyevlarning (2024) “Korxonalarni boshqarishda jarayonlarini
samaradorligini oshirish orqaliy iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash” ilmiy maqolasida
korxonalarni boshqarishda jarayonlarini samaradorligini oshirish orqaliy iqtisodiy xavfsizlikni
taʼminlashning metodikasi taklif qilingan. samarali koʻrsatkich sifatida qabul qilingan.
Toxirovning (2024)
Econometric modeling of economic security in industrial enterprises
mavzusidagi tadqiqot ishida Sanoat korxonalarining iqtisodiy xavfsizligi barqaror iqtisodiy
rivojlanishning muhim jihati hisoblanadi. Maqolada korxonalarning iqtisodiy xavfsizligini
ta'minlashda ekonometrik modellashtirishning ahamiyati va dolzarbligini ta'kidlab, ilmiy,
nazariy va amaliy asoslari, farazlari, qonuniyatlari va rivojlanish tendentsiyalari, shuningdek,
sanoat korxonasining iqtisodiy xavfsizligining ekonometrik modeli ko'rib chiqiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi korxonalar raqobatbardoshligi va iqtisodiy xavfsizligini
bozor sharoitida ta’minlash yo‘llarini aniqlashdir. Tadqiqotda quyidagi metodologik
yondashuvlar va usullar qo‘llanildi:
Korxonalar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha
mavjud nazariyalar va tushunchalar o‘rganildi. Iqtisodiy xavfsizlikning asosiy komponentlari,
raqobatbardoshlik omillari va ularni ta'minlashning strategiyalari haqida nazariy bilimlar tahlil
qilindi. Empirik tadqiqot usuli orqali bozor sharoitida faoliyat yuritayotgan korxonalarning
iqtisodiy xavfsizligi va raqobatbardoshligini baholash uchun empirik ma’lumotlar to‘planadi.
Taqqoslash usuli: Iqtisodiy xavfsizlik va raqobatbardoshlikni ta’minlashda korxonalarning
tajribalarini taqqoslash orqali samarali metodlar va strategiyalar aniqlandi. Ushbu
metodologiya yordamida korxonalar raqobatbardoshligi va iqtisodiy xavfsizligini bozor
sharoitida ta’minlash yo‘llarini aniqlash, shuningdek, tavsiya etilgan strategiyalarni
takomillashtirish imkoniyati yaratildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar uchun raqobatbardoshlik va
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasi o‘z dolzarbligini yanada kuchaytirmoqda.
Raqobatning kuchayishi va global muammolar, masalan, iqtisodiy inqirozlar, energiya
narxlarining oshishi va pandemiyalar kabi tahdidlarga qarshi kurashish, korxonalarni iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlashga va raqobatbardoshligini oshirishga undamoqda. Shu nuqtai nazardan,
korxonalarning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash jarayoni ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib,
www.e-itt.uz
II SON. 2024
191
ulardan ba’zilari moliyaviy barqarorlik, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va strategik
rejalashtirishdir.
1-jadval
Korxonalar raqobatbardoshligi va iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlovchi strategiyalar
Strategiya
Tavsifi
Misol
1. Diversifikatsiya
Strategiyasi
Mahsulot va xizmatlarni
kengaytirish orqali yangi bozor
segmentlariga kirish.
Texnologik kompaniya, masalan, dasturiy
ta’minot ishlab chiqaruvchisi yangi
apparat (kompyuter yoki smartfon) ishlab
chiqarishni boshlaydi.
2. Innovatsion
Strategiya
Mahsulotlar, xizmatlar va
jarayonlarni doimiy ravishda
yangilashga qaratilgan
yondashuv.
Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya
yangi energiya manbalarini (masalan,
elektr avtomobillar) joriy etish orqali
raqobatda o‘z
o‘rnini mustahkamlaydi.
3. Strategik
Hamkorlik va
Tarmoq Yaratish
Korxonalar o'rtasida samarali
hamkorlik o'rnatish va
resurslarni birlashtirishga
qaratilgan.
Farmatsevtika kompaniyalari birgalikda
tadqiqot o'tkazib, yangi dorilarni ishlab
chiqish uchun hamkorlik qiladi.
1-jadvalda korxonalar raqobatbardoshligi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun
uchta asosiy strategiya tanlab olindi: Diversifikatsiya strategiyasi, Innovatsion strategiya,
Strategik hamkorlik va tarmoq yaratish strategiyasi.
2-jadval
Korxonalarning raqobatbardoshlik va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga
qaratilgan uchta strategiya bo‘yicha SWOT tahlili
Strategiya
Kuchli tomonlar
Zaif tomonlar
Imkoniyatlar
Tahdidlar
1.Diversifikatsiya
Strategiyasi
- Bozor
raqobatidan
himoya.
- Moliyaviy
barqarorlikni
oshirish.
- O'z resurslarini
tarqatish.
- Yangi
mahsulotlarni
muvaffaqiyatli
chiqarish qiyinligi.
- Yangi bozor
segmentlariga
kirish imkoniyati.
- Diversifikatsiya
orqali yangi
daromad
manbalarini
yaratish.
- Raqobatchilar
tomonidan
tezkor javoblar.
- Bozor
talabining
o'zgarishi.
2. Innovatsion
Strategiya
- Raqobatbar-
doshlikni
oshirish.
- Mijozlarga o'ziga
xos yechimlar
taklif qilish.
- Innovatsiya
jarayoni uchun
katta xarajatlar.
- O'zgaruvchan
bozor
sharoitlariga
moslashuvchanlik.
- Texnologik
rivojlanish va
yangi mahsulotlar
yaratish
imkoniyati.
- Mijozlar
ehtiyojlariga
moslashish.
- Yangi
texnologiyalar
bilan raqobat.
-
Innovatsiyalarni
o'z vaqtida
amalga
oshirmaslik.
3. Strategik
Hamkorlik va
Tarmoq Yaratish
- Resurslarni
birlashtirish va
xarajatlarni
kamaytirish.
- O'zaro tajriba
almashish.
- Hamkorlikdagi
qarorlar qiyinligi.
- O'z manfaatlarini
himoya qilishda
to'siqlar.
- Yangi bozor
imkoniyatlarini
o'rganish.
- Iqtisodiy
xavfsizlikni
mustahkamlash
uchun qo'shma
tadqiqotlar.
- Hamkorlikda
muammolar
paydo bo'lishi.
- Tashqi
iqtisodiy
tahdidlar,
masalan, yangi
qonunchilik.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
192
1.
Diversifikatsiya strategiyasi
– Korxonalar o‘z mahsulot va xizmatlarini kengaytirish
orqali yangi bozor segmentlariga kirib, bozor raqobatidan himoyalanadi va risklarni tarqatadi.
Bu turli daromad manbalarini yaratish orqali moliyaviy barqarorlikni oshiradi.
2.
Innovatsion strategiya
– Korxonalar o‘z mahsulot, xizmat va jarayonlarini doimiy
ravishda yangilab, bozor talablariga tez moslashadi va mijozlar ehtiyojlarini qondiradi. Yangi
texnologiyalar joriy etilishi, mahsulotlarni takomillashtirish va ichki jarayonlarni
avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
3.
Strategik hamkorlik va tarmoq yaratish
– Korxonalar samarali hamkorlik o‘rnatish
va resurslarni birlashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshiradi. Birgalikda R&D faoliyatini olib
borish, texnologiyalarni almashish va marketing strategiyalarini muvofiqlashtirish orqali
iqtisodiy xavfsizlik ta'minlanadi.
Ushbu strategiyalar korxonalar raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy xavfsizligini
ta'minlashda muhimdir; ularni korxonaning vaziyati va maqsadlariga qarab tanlash lozim.
2-jadvalda korxonalarning raqobatbardoshlik va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga
qaratilgan uchta strategiya bo‘yicha SWOT tahlili keltiramiz. SWOT tahlili kuchli tomonlar
(Strengths), zaif tomonlar (Weaknesses), imkoniyatlar (Opportunities) va tahdidlar (Threats)
asosida amalga oshiriladi.
3-jadval
Korxonalarning raqobatbardoshlik va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun tanlab
olingan uchta strategiyani samaradorlik kontekstida tahlil
Strategiya
Samaradorlik
ko‘rsatkichlari
Tahlil
Misol
1
. Dive
rsifik
atsiya
Stra
teg
iyas
i
- Sotuv daromadi
- Foyda marjasi
- Bozor ulushi
Diversifikatsiya natijasida yangi
mahsulotlar va xizmatlar taklif
etilishi natijasida sotuv daromadi
oshadi.
O'zaro bog'liq bo'lgan
mahsulotlar foyda marjasini
oshirishga yordam beradi,
chunki ular bir-birini to'ldirishi
mumkin.
Masalan, Nike brendi sport
kiyimlari va aksessuarlarini
ishlab chiqarishdan tashqari,
yangi sport texnologiyalari
(masalan, aqlli soatlar) taklif
qilib, sotuv daromadini
oshirishga muvaffaq bo'ldi.
2
. I
n
n
ovat
sio
n
Stra
teg
iya
- Foyda marjasi
- Sarmoya
qaytimi (ROI)
- Xarajatlar
samaradorligi
Innovatsiyalar orqali mahsulot
va xizmatlarning sifatini oshirish
foyda marjasini oshiradi.
Yangi texnologiyalarni joriy etish
xarajatlarni kamaytiradi va
sarmoya qaytimini (ROI)
oshiradi.
Misol sifatida, Tesla
kompaniyasi innovatsion
elektr avtomobillarini ishlab
chiqish orqali yuqori foyda
marjasiga erishdi va ularning
aksiyalari qiymati tez o'sdi.
3
. S
tr
ate
gik
H
amk
or
lik
va
Tar
moq
Yar
ati
sh
- Xarajatlar
samaradorligi
- Bozor ulushi
- Sarmoya
qaytimi (ROI)
Hamkorlik orqali resurslar
birlashtirilganda xarajatlar
samaradorligi oshadi.
Qo‘shma tadqiqotlar orqali yangi
mahsulotlar ishlab chiqish, bozor
ulushini oshiradi va sarmoya
qaytimi (ROI) yaxshilanadi.
Misol sifatida, Coca-Cola va
McDonald's o'rtasidagi
strategik hamkorlik,
ichimliklar va ovqatlar uchun
keng tarqalgan takliflar orqali
har ikkala kompaniyaning
bozor ulushini oshirishga
yordam berdi.
3-jadvlada korxonalarning raqobatbardoshlik va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun
ishlab chiqilgan uchta strategiyani samaradorlik kontekstida tahlil qilamiz. Tahlil samaradorlik
ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
Samaradorlik Ko‘rsatkichlari
1.
Sotuv daromadi (Revenue): Mahsulotlar va xizmatlardan olingan daromad.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
193
2.
Foyda marjasi (Profit Margin): Daromadga nisbatan foydaning foiz ko‘rsatkichlari.
3.
Sarmoya qaytimi (Return on Investment, ROI): Sarmoyaning foydaga nisbati.
4.
Xarajatlar samaradorligi (Cost Efficiency): Har bir ishlab chiqarilgan birlik uchun
xarajatlar.
5.
Bozor ulushi (Market Share): Korxonaning bozor ichidagi o‘rni.
4-jadval
Samaradorlik Ko‘rsatkichlari Bo‘yicha Tahlil
Samaradorlik
Ko‘rsatkichlari
Diversifikatsiya
Strategiyasi
Innovatsion
Strategiya
Strategik Hamkorlik
Sotuv daromadi
+ Yangi mahsulotlar
orqali o'sish
+ Innovatsion
mahsulotlar
+ Hamkorlik orqali
kengayish
Foyda marjasi
+ O'zaro bog'liq
mahsulotlar
+ Yuqori sifat va
innovatsiyalar
-
Ba’zi xarajatlar
oshishi mumkin
Sarmoya qaytimi
(ROI)
+ Yangi bozor
segmentlaridan foyda
+ Tezkor ROI
+
Qo‘shma
investitsiyalar
Xarajatlar
samaradorligi
- Resurslarni tarqatish
+ Innovatsion
jarayonlar
+ Resurslar
birlashtirilishi
Bozor ulushi
+ Yangi segmentlarga
kirish
+ Yuqori innovatsion
takliflar
+ Hamkorlik orqali
o'sish
Xulosa va takliflar.
Ushbu tahlil natijalari ko'rsatadiki, har bir strategiya o'ziga xos samaradorlik
ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Diversifikatsiya strategiyasi sotuv daromadi va foyda
marjasini oshirishda muhim rol o'ynaydi, lekin resurslarni ko’p talab etishi mumkin.
Innovatsion strategiya foyda marjasini oshirish va sarmoya qaytimi (ROI) uchun zarur bo'lib,
xarajatlar samaradorligini yaxshilaydi. Strategik hamkorlik va tarmoq yaratish xarajatlarni
kamaytirish va bozor ulushini oshirishda juda samarali bo'lib, qo‘shma tadqiqotlar orqali yangi
imkoniyatlar yaratadi.
1.
Moliyaviy rejalashtirishni yaxshilash
– Zavodning moliyaviy ko‘rsatkichlarini
yaxshilash uchun uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish amalga oshirilishi zarur. Bu sof
foydani oshirish va xarajatlarni samarali boshqarishni ta'minlaydi.
2.
Kapital samaradorligini oshirish
–
Kapital rentabelligini oshirish uchun zavod
texnologiyalarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va yangi bozorlarni
o‘rganish lozim.
3.
Qarz yukini kamaytirish
–
Zavod qarz yukini kamaytirish bo‘yicha strategiya ishlab
chiqishi kerak, shu bilan birga tashqi moliyaviy manbalardan samarali foydalanish
mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.
4.
Aktivlar rentabelligini oshirish
–
Aktivlardan samarali foydalanish uchun
resurslarni taqsimlash va nazorat qilish tizimini optimallashtirish zarur.
5.
Xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish
–
Isrofgarchiliklarni
kamaytirish va xarajatlarni nazorat qilish orqali sof foyda ko‘rsatkichini yaxshilashga
qaratilgan chora-
tadbirlar ko‘rilishi lozim.
6.
Moliyaviy barqarorlik uchun risklarni boshqarish
–
Korxonaning moliyaviy
xavfsizligini ta'minlash uchun tashqi va ichki tahdidlarni minimallashtirishga qaratilgan
risklarni boshqarish strategiyasi ishlab chiqish kerak.
7.
Diversifikatsiya strategiyasini joriy etish
–
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini
ta
’minlash uchun mahsulot va xizmatlarning diversifikatsiyasiga e’tibor qaratish zarur. Yangi
mahsulotlar va bozorlar daromad manbalarini kengaytirishga yordam beradi.
8.
Moliyaviy zaxiralarni yaratish
–
Kutilmagan iqtisodiy qiyinchiliklarda korxonaning
xarajatlarini qoplash va barqarorligini saqlash uchun moliyaviy zaxiralar yaratilishi lozim.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
194
Adabiyotlar/Literatura/References:
Akbarov, A., & Ermatov, M. (2024). Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlik
ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullarining tahlili.
Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil,
2(5), 19–25.
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss5-pp19-25.
Karimov, E. G. (2023). Korxonalar moliyaviy tahlilining ahamiyati. yashil iqtisodiyot va
taraqqiyot, 1(10), 714–715. https://doi.org/10.55439/GED/vol1_iss10/a136.
Tokhirov, A. (2024). ECONOMETRIC MODELING OF ECONOMIC SECURITY IN INDUSTRIAL
ENTERPRISES. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные
проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social
Sciences.,
4(3). https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I3Y2024N08.
Toxirov, A., & Muxammadiyev, N. (2022). Korporativ korxonalarni boshqarishda boshqaruv
samaradorlik indikatori (mezon) koʻrsatkichlari iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash omili sifatida.
Yevraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy,
2(7), 94–96. izvlecheno ot https://www.in-
academy.uz/index.php/ejar/article/view/1983.
Toxirov, A., & Muxammadiyev, N. (2022). Korxonalarni boshqarishda jarayonlarini
samaradorligini oshirish orqaliy iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash.
Journal of Integrated Education
and
Research,
1(1),
489–496.
Retrieved
from
https://ojs.rmasav.com/index.php/ojs/article/view/82.
Zakharov, Vladimir & LUDUSHKINA, Elena & KORNILOVA, Elena & KISLINSKAYA, Marina.
(2021). Security of complex economic systems: Risk management of their digital transformation.
Economic Analysis: Theory and Practice. 20. 592-623. 10.24891/ea.20.4.592.
Банникова Е.В., Провалова В.Е. (2022) Провалов “Роль финансового анализа в
обеспечении экономической безопасности предприятий агропромышленного комплекса”.
Омский научный вестник. серия «общество. история. современность» ТОМ 7 № 1. DOI:
10.25206/2542-0488-2022-7-1-104-111.
Шумилина Вера Евгеньевна, Полуян В.И. (2018) Анализ экономической безопасности
хозяйствующего
субъекта.
AUS
PUBLISHERS.
doi.org/10.26526/chapter_60258635899182.47583459.
