ASSESSMENT OF SYNERGIC FACTOR METHODS IN ECONOMIC MODELING OF HOTEL AND RESTAURANT BUSINESS ENTERPRISES

Abstract

The article describes important aspects related to modern methodological synergistic factor approaches of econometric research for the development of hotel and public catering services. In particular, a grouped system of indicators for a comprehensive economic analysis of the activities of residential and catering enterprises, a scenario for classifying the activities of enterprises according to criteria, and a scheme for the formation of a set of synergistic development factors are proposed.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Rahimov, A. (2024). ASSESSMENT OF SYNERGIC FACTOR METHODS IN ECONOMIC MODELING OF HOTEL AND RESTAURANT BUSINESS ENTERPRISES. Advanced Economics and Pedagogical Technologies, 1(2), 146–151. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/60004
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article describes important aspects related to modern methodological synergistic factor approaches of econometric research for the development of hotel and public catering services. In particular, a grouped system of indicators for a comprehensive economic analysis of the activities of residential and catering enterprises, a scenario for classifying the activities of enterprises according to criteria, and a scheme for the formation of a set of synergistic development factors are proposed.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

146



MEHMONXONA VA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALAR FAOLIYATINI EKONOMETRIK

MODELLASHTIRISHDA SINERGETIK OMILLI YONDASHUVLARNI BAXOLASH

PhD

Rahimov Abdihakim Muhammadiyevich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

ORCID: 0009-0003-5110-4547

ab.raximov@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini

rivojlantirishning ekonometrik tadqiq etishning zamonaviy uslubiy sinergetik omilli

yondashuvlari bilan bog‘liq muhim jihatlar bayon etilgan. Xususan, yashash joy va umumiy

ovqatlanish korxonalar faoliyatining kompleks iqtisodiy tahlili uchun ko‘rsatkichlarning

guruhlangan tizimi, korxonalar faoliyatini tahlil qilish tasnifining mezonlar bo‘yicha ssenariysi,
rivojlantirishning sinergetik omillar to‘plamini shakllantirish sxemasi taklif etilgan.

Kalit so’zlar:

ekonometrik model, mehmonxona va umumiy ovqatlanish, kompleks iqtisodiy

tahlil, ko‘rsatkichlar tizimi, sinergetik omillar, tahlillash tasnifining mezonlari.

ОЦЕНКА СИНЕРГЕТИЧЕСКИХ ФАКТОРНЫХ МЕТОДОВ В ЭКОНОМИЧЕСКОМ

МОДЕЛИРОВАНИИ ПРЕДПРИЯТИЙ ГОСТИНИЧНОГО И РЕСТОРАННОГО БИЗНЕСА

PhD

Рахимов Абдихаким Мухаммадиевич

Университет экономики и педагогики

Аннотация.

В статье рассмотрены важные аспекты, связанные с современными

методологическими синергетическими факторными подходами эконометрических

исследований развития гостиничного бизнеса и общественного питания. В частности,

предложена сгруппированная система показателей комплексного экономического

анализа деятельности предприятий проживания и общественного питания, сценарий
классификации деятельности предприятий по критериям, схема формирования

совокупности синергетических факторов развития.

Ключевые слова:

эконометрическая модель, отель и питание, комплексный

экономический анализ, система показателей, синергетические факторы, критерии
классификации анализа

ASSESSMENT OF SYNERGIC FACTOR METHODS IN ECONOMIC MODELING OF

HOTEL AND RESTAURANT BUSINESS ENTERPRISES

PhD

Rahimov Abdihakim Muhammadiyevich

University of Economics and Pedagogy

Abstract.

The article describes important aspects related to modern methodological

synergistic factor approaches of econometric research for the development of hotel and public

catering services. In particular, a grouped system of indicators for a comprehensive economic

analysis of the activities of residential and catering enterprises, a scenario for classifying the
activities of enterprises according to criteria, and a scheme for the formation of a set of synergistic

development factors are proposed.

Key words:

econometric model, hotel and catering, complex economic analysis, system of

indicators, synergetic factors, analysis classification criteria.

UOʻK: 519.866

146-151


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

147


Kirish.

Dunyo tajribasida xizmatlar tarmog‘ini rivojlantirish va boshqaruv mexanizmlarini

takomillashtirishning o‘ziga xos jihatlarini ekonometrik modellashtirish jarayonida qator

masalalar tizimli o‘rganilgan (Xiabei, 2022). Kishilik jamiyatining bugungi rivojlanish holati bir

qancha o‘ziga xos rivojlanish bosqichlarining natijasidir. Bu bosqichlarning o‘ziga xosligi
iqtisodiyot sektorlaridagi qaysidir tarmoqning yoki ma’lum turdagi tarmoqlarning

rivojlanishidagi tub burilishlarga asoslanadi. Dunyo aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-

ma’naviy hayotida xizmatlar tarmog‘ining roli ortib bormoqda. Bu esa jamiyatning bugungi va

kelajakdagi rivojlanish darajasi bevosita xizmatlar sohasining rivoji bilan chambarchas
bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda so‘ngi yillarda xizmatlar, xususan, mehmonxona va umumiy ovqatlanish

xizmatlari sohasining rivojiga alohida e’tibor kuchaymoqda. Bunga sabab, aholi turmush tarzini
yaxshilash, yurtimiz turizm salohiyatini oshirish, zamonaviy qishloq va shahar infratuzilmasini
shakllantirish, bandlik darajasini oshirish kabi, umumiy holda iqtisodiy barqarorlikni

ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohatlar samaradorligini oshirishdagi mazkur

tarmoqning katta ahamiyatga egaligidir. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida xizmatlar sohasini rivojlantirishga ham alohida
urg‘u berilgan, jumladan, 34-maqsad (Farmon, 2022) tarkibida shahar va tumanlar

markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yuqori bo‘lgan maishiy, keytering kabi xizmatlarni

ko‘rsatish punktlarini, yo‘lbo‘yi xizmatlarini rivojlantirish ham ifodalangan. Shuningdek, aholi

turmush tarzini yaxshilashning maxsus dasturlarini joriy qilishni, Respublika xududlarining

turizm salohiyatini oshirishni mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish hamda umumiy
ovqatlanish xizmatini rivojlantirish mexanizmlarining takomillashtirilishiga, sohada xizmat

ko‘rsatish subyektlarining faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ularga qo‘shimcha

imtiyozlar berishga bog‘liq holda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Adabiyotlar sharhi

.

Ilmiy nuqtaiy nazardan faoliyat sifatida, jarayon sifatida, omil sifatida va boshqa

xususiyatiga ko‘ra ta’riflash mumkin. O‘zbekistonlik olimlarning (Aliyeva, 2007, Mirzayev,

2017) savdo xizmatlariga bergan ta’riflari keng manbalarda keltirilgan bo‘lib, tadqiqotchilar
ilmiy ishlarida ulardan foydalanishadi.

Iqtisodchi olim professor Muxitdinov (2021), Рахимов, (2021), Ochilov, Juraev,

Maxmatqulovning (2020) ilmiy qarashlarida har qanday ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, texnik-

texnologik, axborot, intellektual, dasturiy resurslar yangilanish qonunlari ta’sirida innovasion
xarakterdagi resurslarga aylanishi mumkinlik g‘oyasi ilgari suriladi.

Mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatini rivojlantirishni modellashtirish va

prognozlash, ishlab chiqarishni ko‘p mezonli optimallashtirish, mehmonxona va umumiy

ovqatlanishni hududiy rivojlanishi va uning ko‘p omilli empirik modellarini tasniflash

masalalari Muxitdinov (2021), Рахимов, (2021), Ochilov, Juraev, Maxmatqulovlarning (2020)
ilmiy izlanishlaridan keng joy egallagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida statistik ma’lumotlarni o‘rganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va

tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiyalash, tanlanma kuzatish, analiz va sintez, eng

kichik kvadratlar usuli, korrelyatsion va regression tahlil usullardan qo‘llanilgan.

Manbalarda ovqatlanish xizmatining turli ta’riflari keltiriladi. Xususan, “Ovqatlanish

xizmatlari aholining ovqatlanishga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojidan kelib chiqadigan
mijozlarga ko‘rsatiladigan ovqatlanishni tashkil etish uchun xizmatlar sifati darajasi va o‘ziga

xos belgilarni mujassamlashtirgan holda ularning qoniqishini ifodalovchi servis faoliyat turi

hisoblanadi” (Mirzayev, 2017) yoki, “Umumiy ovqatlanish – xalq xo‘jaligining ilmiy gigiyenik

talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadigan sohasi.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

148


Umumiy ovqatlanish sohasiga yarim fabrikat oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan
fabrikalar, oshxonalar, restoranlar, choyxonalar, qahvaxonalar, bufetlar, yemakxonalar,

gazakxonalar va boshqalar kiradi” (Qomusinfo) kabilar shular jumlasidandir. Nazariy

o‘rganishlarimiz asosida mazkur xizmatlar tarmog‘ining quyidagi ta’rifini taklif etamiz: -

yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmati – bu bir-birini qisman to‘ldiruvchi, turlicha
vazifalangan mustaqil tarmoqlarning birlashmasi bo‘lib, madaniy hordiq yoki majburiyat

yuzasidan vaqtinchalik yashash joyga yoki ovqatlanish ehtiyoji mavjud iste’molchilarga

xizmatlar va ishlab chiqarish faoliyatidir. Mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari

korxonalarining tipologiyasi bo‘yicha manbalarda joylashtirish obyektlarining asosan 12 turi
(Raximov, 2021) ovqatlantirish obyektlarining 9 turi keltiriladi (Ochilov, 2020)

Mehmonxonalar faoliyatiga oid statistikasini yurituvchi xalqaro tashkilotlari (Hoteltechreport

va boshqalar), asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida xalqaro standart darajasida ADR
(Average Daily Rate) va RevPAR (Revenue Per Available Room) kabi ko‘rsatkichlarini
keltirishadi (Muxitdinov, 2022, Maxmatkulov, 2022, Rahimov, 2023) Xuddi shu kabi, umumiy

ovqatlanish korxonalari faoliyatining ham o‘ziga xos ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lib, korxonalar

faoliyatining kompleks iqtisodiy tahlili uchun ko‘rsatkichlar tizimi sakkizta asosiy guruhga

ajratiladi (1-rasm).

Xizmat ko‘rsatish korxonalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, faoliyat

maqsad-vazifalarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ma’lum bir mezonlar asosida olib

boriladi. Jumladan, yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmatlarining o‘ziga xos

xususiyatlarini inobatga olgan holda tarmoq bo‘yicha tahlil, iqtisodiy faoliyatni amalga

oshirishgacha bo‘lgan boshqaruv qarorlarini, faoliyatni rejalashtirish funksiyalarini asoslashga
yo‘naltirilgan, istiqbolli ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun qo‘llaniladigan perspektiv tahlil,

yuritilayotgan faoliyat davomida rejalashtirilgan vazifalar ijrosining ta’minlanish holatini

nazorat qilishda, foydalanilmagan, mavjud zaxira manbalarini aniqlashda, joriy faoliyat

natijalarini baholashda qo‘llaniladigan retrospektiv tahlil, bir xo‘jalik darajasida va
xo‘jaliklararo tahlil, moliyaviy jihatlar va natijalarga yo‘naltirilgan moliyaviy-iqtisodiy, iqtisodiy

va texnik jarayonlarning o‘zaro va ularning korxona faoliyatiga ta’sirini o‘rganishda

foydalaniladigan texnik-iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bog‘liqligini, ularning

korxona faoliyatiga ta’sirini ko‘rsatib beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, shuningdek, iqtisodiy-
ekologik, iqtisodiy-statistik tahlillarga farqlanuvchi boshqaruv obyektlari bo‘yicha tahlil,

o‘rganish uslubiga ko‘ra farqlanuvchi omilli, tashhisli, sabab-oqibatli, iqtisodiy-matematik,

stoxostik tahlillar, tadqiq etilayotgan obyektlar qamroviga ko‘ra farqlanuvchi uzluksiz va

tanlanma tahlillar iqtisodiy tahlilning mezonlar bo‘yicha ssenariysini hosil qiladi (Rahimov,
2023).

Maqolamizda turli mezonlarga ko‘ra tahlil usullaridan foydalanildi, jumladan, tarmoq

belgisiga ko‘ra, moliyaviy-iqtisodiy, iqtisodiy-statistik, perspektiv va retrospektiv, omilli,

iqtisodiy-matematik, stoxostik, umumiy va tanlanma tahlillar o‘tkazildi.Yashash joy va umumiy

ovqatlanish xizmatalarini rivojlantirish makon va zamon xususiyatlariga ko‘ra turli rivojlanish
omillariga ega. Bu rivojlantirish yo‘nalishlari bilan bog‘liq. Bizningcha, har qanday iqtisodiyot

tarmog‘i to‘rt turdagi rivojlanishga tayanadi, ya’ni rivojlanish mamlakatning o‘ziga xosligi, ichki

imkoniyati bilan bog‘langan potensial, ilm-fan yutuqlariga, sohaga tadbiq etilgan vositalariga,

texnik-texnolgik tajribalariga asoslangan texnologik, insoniyatning keng tafakkuriga, yangilik
yaratish qobiliyatiga, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish faoliyatiga bog‘langan

innovatsion, hamda, ularning ma’lum bir algoritmlar, tamoyillari asosida umumlashgan

sinergetik rivojlantirish yo‘nalishlari asosida amalga oshadi.

Bu rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash bir qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning

kompleks qo‘yilishini talab etib, yechimlarning optimal variantini tanlash chuqur ilmiy

tahlillarga, tadqiqotning turli usullariga va ilmiy natijalariga asoslanadi (Rahimov, 2019, 2021,

2023). Obyekti yaxlit bir jihatdan iborat bo‘lmasligi uning murakkablik xarakterini belgilab

beradi. Aholiga yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirishning iqtisodiy,


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

149


ijtimoiy, siyosiy jihatlarining mavjudligi obyektning murakkab tizimini hosil qiladi. Shu bilan
birgalikda, bu tizimni to‘liq, ya’ni tuzilmaviy, parametrik aniqlangan deb bo‘lmaydi. Bunday

holda soha rivojini tadqiq etishda modellashtirish nazariyasining, agar uning iqtisodiy obyekt

ekanligi inobatga olinsa, u holda ekonometrik modellashtirish nazariyasining, usullarining,

yondashuvlarining ahamiyati ortib ketadi (Maxmatqulov, 2022)

Bu kabi klassik modellar bugungi kunda yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari

tarmog‘ini rivojlantirishning zamonaviy nazariyasini shakllantirishda asosiy rolga ega

bo‘lmoqda.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bajarilgan omilli yondashuv ma’lum bir tanlangan rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha

xarakterlangan omillar to‘plamiga e’tibor qaratish bilan cheklaniladi. Bunga sabab
rivojlantirish turiga xos ustuvor yo‘nalishlarni mazkur to‘plamga tegishli omillar ustuvorligi
ta’minlangan ilmiy asoslar bilan belgilashning qulayligidir. Shunday bo‘lsada, sohaning rivoji

sinergetik xulqga ega bo‘lib, bu yerda tadqiqot jarayoni oldingi, joriy davrlardagi

muvaffaqiyatga erishilgan epizodlarning barchasini inkor etmagan holda, faqat

takomillashtiruv yo‘nalishini tanlashi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Shu ma’noda,
jarayonida omillar tanlovining eng maqbul yechimi turli rivojlantirish yo‘nalishlarida

ustuvorlik maqomiga ega bo‘lgan omillar ta’sirining sinergeyasini shakllantirishdir.

1-rasm. Sinergetik omillar to‘plamini shakllantirish sxemasi


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

150


Provardida sinergetik omillar to‘plamini hosil qilish mumkin. Shuningdek, sohani

rivojlantirishning real vaqt rejimda yoki ijtimoiy reallikda kechayotgan iqtisodiy

jarayonlarning noaniq, yetarlicha murakkablik xususiyatini qamragan, nochiziqlilikga moyil,

muvozanatlashmagan barcha o‘zgaruvchilari kiritiladi. Bizningcha, dinamik jarayonda ta’sir

etish xususiyati saqlangan holda darajasi, miqdoriy o‘lchovi o‘zgaradigan barcha bir tizimga
aloqador bo‘lgan ichki va tashqi omillar to‘plami ekonometrik tadqiqotlarning sinergetik

omillar to‘plami hisoblanadi.Mexmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini

rivojlantirishning nazariy asoslanishi bilan bog‘liq o‘rganishlarimiz natijasida sinergetik

omillar to‘plamini shakllantirishning quyidagi sxemasini taklif etamiz (1-rasm).

Ustuvor omillarni aniqlash sifatida ko‘rilayotgan sinergetik omillar to‘plamini tizimli

tadqiq etishda eng samarali sifatida, tarmoq belgisiga ko‘ra tarmoqli tahlil, hamda vaqt

belgisiga ko‘ra farqlanuvchi perspektiv va retrospektiv tahlillari qo‘llaniladi.Yuqorida
ta’kidlanganidek, tarmoqli tahlil iqtisodiyotning ma’lum bir tarmog‘ining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olib o‘tkaziladi. Retrospektiv va prognozlashtirish tahlillari vaqt

belgisiga ko‘ra tahlil turi bo‘lib, retrospektiv tahlil hududda sohaning rivojlanish

imkoniyatlarini tanlangan yo‘nalishni rag‘batlantiruvchi mavjud iqtisodiy salohiyatini

baholashdan kelib chiqib, kengaytiruvchi xususiyatlarini aniqlashda, prognozlashtirish
tahlillari esa rivojlantirish maqsadlarini asoslash uchun operatsiyalarni amalga oshirishdan

oldin o‘tkaziladi.

Xulosa va takliflar.

Umumiy holda, ekonometrik tadqiqotlarda soha (obyekt) ni miqdoriy tizimli o‘rganish,

ya’ni tizim elementlari orasidagi guruhli bog‘liqliklarni qurish, ularning asosiy yoki qism

natijaviylikga ta’sirini baholash, hosilaviy ko‘rsatkichlarning ahamiyatini yoritish, ta’sir etuvchi

manbalarni aniqlash bo‘yicha ekonometrik (Maxmatqulov, 2019, 2023), rivojlanish

tendensiyasini o‘rganish bo‘yicha iqtisodiy-statistik tahlil usullari keng qo‘llaniladi.

So‘nggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellar yordamida tadqiq etish ancha

salmoqli bo‘lmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda eng ko‘p qo‘llanilayotgan

modellarni qurilish maqsadiga, tadbiq etilish ko‘lami va natijaviyligiga ko‘ra uch turga ajratish

maqsadga muvofiqdir. Bularga: 1) rivojlantirishning keng maydonlarida tadbiq etiluvchi, soha
rivojining yangi yo‘nalishlariga reaksiyasini aniqlash modellarini ishlab chiqishda birlashtirish

xususiyatiga ega bo‘lgan, ijtimoiy elementlarning bog‘langan, tarmoqlangan xossalarini

strukturaviy ifodolovchi klassik modellar; 2) rivojlantirishning muayyan obyektga

yo‘naltirilgan, yaxlit tizimning yangi ko‘rinishini, yoki uning mustaqil tizimini strukturaviy-
parametrik ifoda etuvchi rivojlanuvchi modellar; 3) rivojlantirishning asosiy maqsadini amalga

oshirish mexanizmi yoki uning bir qismi sifatida ishtirok etuvchi, tizimning kirish kattaliklariga

reaksiyasini aniqlab, voqeylikning ilmiy asoslanishini ta’minlab beruvchi, miqdoriy ifodalangan

modellar. Yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasini rivojlantirishning nazariy

asoslanishida ushbu tur modellari rivojlantirish xususiyatini kasb etadi. Sohani rivojlantirish
nazariyasida 1-tur modellaridan foydalanish ko‘p o‘chraydi. Buning asosiy sababi yashash joy

va umumiy ovqatlanish xizmatlari tarmog‘ining ijtimoiy voqeylikda sodir bo‘lishi, inson ichki

ruhiyati bilan bevosita bog‘likligidir.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Aliyeva M.T. (2007) Mehmonxona menedjmenti. Darslik. –T.: -335 b.

Farmon (2022). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-
son Farmoni 1-ilovasi. // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-

son //

https://lex.uz/docs/5841063.

Maxmatkulov, G‘. (2022). Aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirish salohiyatini

baholashda trend modellarini tanlash mezonlari (Qashqadaryo viloyati misolida). Iqtisodiyot va


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

151


ta’lim, 23(4), 381–386.

Maxmatqulov, G. K., & Malikova, N. T. (2019). Stochastic model activity system of rail transport.

European Science Review, 1(1-2), 152-156.

Maxmatqulov, G. O. (2022). A complex systemic issue of the development of the network of trade

services. Development and innovations in science, 1(16), 10-13.

Maxmatqulov, G. O. X. (2023). Savdo xizmatlari tarmog ‘ini rivojlantirish masalalariga tizimli

yondoshuv. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 175-182.

Maxmatqulov, G. X. (2023). Savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishning zamonaviy uslubiy

yondoshuvlari. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 378–386. Retrieved from
https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1312.

Mirzayev Q.D. va boshq. (2017) Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etishning muhim

xususiyatlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, 6 b.

Muxitdinov X. S, Rahimov A. М. (2021) Providing Accommodation and Food Services to the

Population of the Region.// International Journal of Trend in Scientific Research and Development

(IJTSRD) (e-ISSN: 2456 – 6470), Volume 1, Issue 1, mart.26, Pages:42-48, ISO 90012015 1121105553,
IMPACT FACTOR-2021: 7.251.

Ochilov, M. A., Juraev, F. D., Maxmatqulov, G. X., & Rahimov, A. M. (2020). Analysis of important

factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system. Journal of Critical
Review, 7(15), 1679-1684.

Qaror (2019). “O‘zbekiston Respublikasi hududida mehmonxona xizmati ko‘rsatish tartibi

to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish

davlat qo‘mitasining 26 martdagi 03-mh-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

10/19/3160/3153-son.

QOMUSINFO: O‘zbekiston onlayn ensiklopediyasi.

Rahimov Abdihakim Muhammadiyevich (2023) "Xizmat ko ‘rsatish sohasining yashash joy va

umumiy ovqatlanish sifat va darajasini oshirish masalalari." Научный Фокус 1.7. 589-592.

Rahimov Abdihakim Muhammadiyevich (2023). Yashash joy (mehmonxona) va umumiy

ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirishda ekonometrik modellashtirishning ahamiyati.

barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 3(11), 167-171.

Rahimov, Abdihakim (2023). "Mehmonxona va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini

ekonometrik modellashtirishda zamonaviy uslubiy yondashuvlar."

Iqtisodiyot va taʼlim

24.6 245-250.

Rahimov, Abdihakim. (2023) "Mehmonxona va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini

ekonometrik modellashtirishda zamonaviy uslubiy yondashuvlar."

Iqtisodiyot va taʼlim

24.6: 245-250.

Rakhimov, A. M. (2019). Important of bank deposit policy in expanding of the deposit base of

commercial banks. Экономика и бизнес: теория и практика, (5-2), 198-200.

Raximov, A. (2022) Aholiga yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari rivojida ichki va

yondosh tarmoqlarning ta’sirini baholash (Qashqadaryo viloyati misolida). Iqtisodiyot va ta’lim,
23(4), 397–402.

Xiaobei Wang et al. (2022). Examining a client network development framework for a logistics

service provider: A longitudinal case study // Industrial Marketing Management. 102 (2022) 514–526.

Махматкулов, Ғ. (2022). Аҳолига савдо хизматларини инновацион ривожлантириш

салоҳиятини баҳолашда тренд моделларини танлаш мезонлари (қашқадарё вилояти

мисолида). Iqtisodiyot va taʼlim, 23(4), 381-386.

Махматқулов, Ғ. (2023). Савдо корхоналарининг инновацион фаолиятини эконометрик

моделлаштириш. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(6), 33-38.

Рахимов Абдихаким Мухаммадиевич. (2021). Услуги по проживанию и обслуживанию

населения значение эконометрического моделирования в нормативной оценке требований

потребителей

для

улучшения

качества

отображения.

Международный

междисциплинарный исследовательский журнал Galaxy

,

9

(12), 1043–1048.

Рахимов, А. Н., Махматкулов, Г. К., и Рахимов, А. М. (2021). Построение эконометрических

моделей развития сферы услуг для населения региона и их прогнозирование. Американский

журнал прикладных наук, 3 (02), 21–48. https://doi.org/10.37547/tajas/Volume03Issue02-03.

References

Aliyeva M.T. (2007) Mehmonxona menedjmenti. Darslik. –T.: -335 b.

Farmon (2022). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-son Farmoni 1-ilovasi. // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son // https://lex.uz/docs/5841063.

Maxmatkulov, G‘. (2022). Aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirish salohiyatini baholashda trend modellarini tanlash mezonlari (Qashqadaryo viloyati misolida). Iqtisodiyot va ta’lim, 23(4), 381–386.

Maxmatqulov, G. K., & Malikova, N. T. (2019). Stochastic model activity system of rail transport. European Science Review, 1(1-2), 152-156.

Maxmatqulov, G. O. (2022). A complex systemic issue of the development of the network of trade services. Development and innovations in science, 1(16), 10-13.

Maxmatqulov, G. O. X. (2023). Savdo xizmatlari tarmog ‘ini rivojlantirish masalalariga tizimli yondoshuv. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 175-182.

Maxmatqulov, G. X. (2023). Savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishning zamonaviy uslubiy yondoshuvlari. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 378–386. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1312.

Mirzayev Q.D. va boshq. (2017) Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etishning muhim xususiyatlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, 6 b.

Muxitdinov X. S, Rahimov A. М. (2021) Providing Accommodation and Food Services to the Population of the Region.// International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) (e-ISSN: 2456 – 6470), Volume 1, Issue 1, mart.26, Pages:42-48, ISO 90012015 1121105553, IMPACT FACTOR-2021: 7.251.

Ochilov, M. A., Juraev, F. D., Maxmatqulov, G. X., & Rahimov, A. M. (2020). Analysis of important factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system. Journal of Critical Review, 7(15), 1679-1684.

Qaror (2019). “O‘zbekiston Respublikasi hududida mehmonxona xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 26 martdagi 03-mh-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10/19/3160/3153-son.

QOMUSINFO: O‘zbekiston onlayn ensiklopediyasi.

Rahimov Abdihakim Muhammadiyevich (2023) "Xizmat ko ‘rsatish sohasining yashash joy va umumiy ovqatlanish sifat va darajasini oshirish masalalari." Научный Фокус 1.7. 589-592.

Rahimov Abdihakim Muhammadiyevich (2023). Yashash joy (mehmonxona) va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirishda ekonometrik modellashtirishning ahamiyati. barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 3(11), 167-171.

Rahimov, Abdihakim (2023). "Mehmonxona va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini ekonometrik modellashtirishda zamonaviy uslubiy yondashuvlar." Iqtisodiyot va taʼlim 24.6 245-250.

Rahimov, Abdihakim. (2023) "Mehmonxona va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini ekonometrik modellashtirishda zamonaviy uslubiy yondashuvlar." Iqtisodiyot va taʼlim 24.6: 245-250.

Rakhimov, A. M. (2019). Important of bank deposit policy in expanding of the deposit base of commercial banks. Экономика и бизнес: теория и практика, (5-2), 198-200.

Raximov, A. (2022) Aholiga yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari rivojida ichki va yondosh tarmoqlarning ta’sirini baholash (Qashqadaryo viloyati misolida). Iqtisodiyot va ta’lim, 23(4), 397–402.

Xiaobei Wang et al. (2022). Examining a client network development framework for a logistics service provider: A longitudinal case study // Industrial Marketing Management. 102 (2022) 514–526.

Махматкулов, Ғ. (2022). Аҳолига савдо хизматларини инновацион ривожлантириш салоҳиятини баҳолашда тренд моделларини танлаш мезонлари (қашқадарё вилояти мисолида). Iqtisodiyot va taʼlim, 23(4), 381-386.

Махматқулов, Ғ. (2023). Савдо корхоналарининг инновацион фаолиятини эконометрик моделлаштириш. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(6), 33-38.

Рахимов Абдихаким Мухаммадиевич. (2021). Услуги по проживанию и обслуживанию населения значение эконометрического моделирования в нормативной оценке требований потребителей для улучшения качества отображения. Международный междисциплинарный исследовательский журнал Galaxy , 9 (12), 1043–1048.

Рахимов, А. Н., Махматкулов, Г. К., и Рахимов, А. М. (2021). Построение эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их прогнозирование. Американский журнал прикладных наук, 3 (02), 21–48. https://doi.org/10.37547/tajas/Volume03Issue02-03.