www.e-itt.uz
II SON. 2024
80
O`ZBEKISTONDA HUNARMANDCHILIK FAOLIYATINING IQTISODIY KO`RSATKICHLARI
VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING JORIY ETILISHI
Israilova Feruza Nazrillayevna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0004-0131-7242
Annotatsiya.
Ushbu maqola O'zbekistonda hunarmandchilik faoliyatining iqtisodiy
ko'rsatkichlari hamda sohaga raqamli texnologiyalarning joriy etilishiga bag'ishlangan bo`lib,
hunarmandchilikning mamlakat iqtisodiyotidagi o'rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli
texnologiyalar orqali hunarmandlarning mahsulot ishlab chiqarish va savdoda samaradorligini
oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Sohada innovatsiyalar va IT yechimlarning joriy etilishi
orqali hunarmandchilik rivojlanishining istiqbollari o'rganiladi. Shuningdek, Xulosa sifatida,
raqamli texnologiyalarning hunarmandchilik sohasidagi rolini kuchaytirish bo'yicha tavsiyalar
beriladi.
Kalit soʻzlar:
hunarmandchilik, iqtisodiy ko'rsatkichlar, raqamli texnologiyalar,
innovatsiyalar, mahsulot ishlab chiqarish, samaradorlik, IT yechimlar, O'zbekiston iqtisodiyoti
ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ РЕМЕСЛЕННИЧЕСТВА В
УЗБЕКИСТАНЕ И ВНЕДРЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
Исраилова Феруза Назриллаевна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Данная статья посвящена экономическим показателям ремесленной
деятельности в Узбекистане и внедрению цифровых технологий в эту сферу, а также
анализируется роль и значение ремесленничества в экономике страны.
Рассматриваются возможности повышения эффективности производства и сбыта
ремесленных изделий с использованием цифровых технологий. Изучаются перспективы
развития ремесленничества через внедрение инноваций и IT-решений в отрасль. В
заключение предлагаются рекомендации по усилению роли цифровых технологий в сфере
ремесленничества.
Ключевые слова:
ремесленничество, экономические показатели, цифровые
технологии, инновации, производство продукции, эффективность, IT-решения,
экономика Узбекистана
UOʻK: 64.069.8
80-85
www.e-itt.uz
II SON. 2024
81
ECONOMIC INDICATORS OF HANDICRAFT ACTIVITIES IN UZBEKISTAN AND
THE INTRODUCTION OF DIGITAL TECHNOLOGIES
Israilova Feruza Nazrillayevna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article is dedicated to the economic indicators of handicraft activities in
Uzbekistan and the introduction of digital technologies into the sector, analyzing the role and
significance of handicrafts in the national economy. The opportunities to enhance the efficiency of
product manufacturing and sales through digital technologies are explored. The prospects for the
development of handicrafts through the implementation of innovations and IT solutions in the
sector are also examined. In conclusion, recommendations are provided to strengthen the role of
digital technologies in the handicraft industry.
Keywords:
handicrafts, economic indicators, digital technologies, innovations, product
manufacturing, efficiency, IT solutions, Uzbekistan's economy.
Kirish.
Hozirda butun dunyoda sun’iy intelektga va texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish
mahsulotlari bozorlarni toʻldirgan. Biroq insoniyat inson qoʻli bilan yaratilgan mahsulotlarni,
tovarlarni, suvenirlarni hanuzgacha katta qiziqish va hayajon bilan qabul qilmoqda. Bizda,
vatanimizda bugungi kunda hunarmandchilik sohasida qanday ishlar olib borilmoqda?,
qonuniy jihatdan ularning huquq va majburiyatlari borasida keyingi yillarda qanday
oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda? Ushu savollarga quyidagicha javob berishimiz mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilda 30 dekabrdagi PQ-77-sonli
3
“hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab
-
quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu sohaga e’tiborni yanada kuchaytirdi va sohadagi yoʻlni
belgilab berdi. Ushbu qarorda sohadagi kelgusi ishlar uchun yoʻl haridasi, o'quv dasturlari va
bozorga kirish tashabbuslari ko'zda tutilgan. Maqsad esa an'anaviy hunarmandchilikni saqlab
qolish va shu bilan birga, ushbu sohada innovatsiyalarni rag'batlantirishdir (Qonun, 2021).
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 sentyabrdagi “Elektron tijorat
to‘g‘risida”gi O‘RQ-792-son qonunida hunarmandchilik qolaversa, boshqa tovarlarni elektron
tarzda sotish bo`yicha yo`l- yo`riqlar keltirilgan.
“Oʻzbekiston-2030” strategiyasida ham hunarmandchilik sohasida quyidagilarni
koʻrishimiz mumkin:
Hunarmandchilikni rivojlantirish:
O‘zbekistonning milliy madaniy merosini saqlash va
rivojlantirish maqsadida hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari qo‘llab-quvvatlanadi. Bu
hunarmandlarning zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy uslublarni birlashtirish orqali
mahsulotlar yaratishini rag'batlantiradi.
Iqtisodiy yuksalish:
Hunarmandchilik O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi
uchun muhim sohalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu soha orqali milliy mahsulotlarni eksport
qilish va mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Yangi ish o‘rinlari yaratish:
Hunarmandchilikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari
yaratish, aholi bandligini ta'minlash va kasb-hunar ta’limini kuchaytirish nazarda tutilgan. Bu
esa yoshlarga kasbiy mahorat va amaliy ko‘nikmalar berishga yordam beradi (Kodeks, 2022).
Davlat ko‘magini kengaytirish:
Hunarmandlarga davlat tomonidan ko‘mak berish, ular
uchun soliq imtiyozlari, kreditlar va subsidiyalar taqdim etish orqali sohani rivojlantirish
choralari ko‘riladi.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
82
Turizmni rivojlantirish:
Hunarmandchilik mahsulotlari orqali turizm salohiyatini
oshirish, sayyohlarni milliy madaniyat va an’analar bilan tanishtirish strategiyaning muhim
yo‘nalishlaridan biridir
4
.
Ushbu strategiyalar hunarmandchilik sohasini yuksaltirishga, milliy madaniyatni saqlash
va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, hunarmandchilikni rivojlantirish uchun byudjet ajratmalari haqida toʻxtalsak:
2024-yil davlat byudjetida hunarmandchilikni rivojlantirish uchun maxsus mablagʻlar
ajratilgan. Ushbu mablag'lar o'quv dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish va O'zbek
hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro miqyosda targ'ib qilish uchun mo'ljallangan. Bu keng
koʻlamli strategiyaning bir qismi boʻlib, iqtisodiy o'sishni va madaniy merosni qoʻllab-
quvvatlashga qaratilgan.
Ushbu yuqoridagi ma’lumotlar bejizga emas, chunki biz tarixan hunarmandchilik
markazlaridan hisoblanamiz. Markaziy Osiyo tarixan hunarmandchilik va savdo markazlaridan
biri boʻlib, mintaqaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol oʻynagan.
Hunarmandchilikning tashkil topishi va mehnat munosabatlarining yuzaga kelishi, bu hududda
yuz bergan ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarning muhim qismi hisoblanadi. Ushbu maqolada
Markaziy Osiyoda hunarmandchilikning rivojlanishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi
tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
Adabiyotlar sharhi.
Hozirgi kunda texnoligiyalar judayam rivojlangan va siz istalgan ma`lumotni onlayn
topishingiz mumkin, lekin baribir kitoblar har qanday sohada bizga eng yaxshi yo`lni ko`rsatib
kelgan. Shu boisdan hunarmandchilik sohasida bugungi kunda ko`zga ko`ringan ilimlarning
ba’zi qarashlariga to`xtalib o`tsak. Britaniyalik Manchester Metropolitan Universiteti professori
Kristina Niedderer (2017) hunarmandchilikka oid tadqiqotlarda tanilgan bo'lib, u asosan
materiallar, hunarmandchilik jarayonlari va uning madaniy ahamiyati o'rtasidagi bog'liqlikni
o`rganib kelmoqda. Kristina Niedderer hunarmandchilikni nafaqat estetik, balki ijtimoiy va
ekologik o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlovchi vosita deb biladi. U o`zining “Design for Behaviour
Change
”
kitobida hunarmandchilikning ahamiyatini insonlarning kundalik hayotdagi
qarorlarini ongli ravishda boshqarishga yordam beradigan usul sifatida talqin qiladi. Uning
fikricha, hunarmandchilik orqali yaratilgan mahsulotlar, odamlarni atrof-muhitga zarar
yetkazmaslikka va sog'lom turmush tarziga undash uchun kuchli vosita bo‘lishi mumkin.
Garvard Tibbiyot hamda Garvard Sog‘liqni saqlash maktabi professori Atul Gawande
(2010) garchi jarroh va sog'liqni saqlash sohasidagi tadqiqotchi bo`lsa-da, Gawande o`zining
“The Checklist Manifesto” kitobida murakkab jarayonlarni boshqarishda "hunarmandchilik"
yondashuvini o`rganadi. U kitobda nazorat ro`yxatlari orqali tibbiyot, aviatsiya va qurilish kabi
sohalarda aniqlik va samaradorlikni oshirish mumkinligini ko`rsatib o`tadi. Bu kitob ilm-fan va
tibbiyot sohasidagi aniqlikni va deyarli san`at darajasidagi sinchkovlikni namoyish etadi.
Markaziy Osiyo qomusiy olimlarining hunarmandchilik haqidagi asarlari va fikrlari
tarixiy va madaniy jihatdan juda boydir. Ularning asarlari orqali hunarmandchilikning nafaqat
iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy ahamiyati ham ochib berilgan.
Bundab tashqari bir qancha xorijiy olimlar o`z maqolalarida hunarmandchilik sohasidagi
raqamlashtirishning avfzalliklarini sanab o`tishgan.
Ibn Xaldun (1332-1406) arab tarixchisi, faylasufi va sotsiologi boʻlib, uning mashhur asari
"Muqaddima"da hunarmandchilik va mehnat munosabatlari haqida muhim fikrlar keltirilgan.
U hunarmandchilikni iqtisodiy faoliyatning asosiy turlari qatorida koʻrib, uning jamiyatning
iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi rolini ta’kidlaydi. U hunarmandchilikni moddiy boylik
yaratishda muhim omil deb biladi
5
. Ibn Xaldun hunarmandchilikni dehqonchilik va savdo bilan
taqqoslaydi va uning murakkabligini, ijodkorlik talab etishini ta’kidlaydi. U hunarmandlarning
4
“O'zbekiston-2030” strategiyasi
5
Ibn Xaldun -"Muqaddima".
www.e-itt.uz
II SON. 2024
83
mehnati yuqori mahorat va tajribani talab qilishini qayd etadi. Shuningdek, Ibn Xaldun
shaharlar rivojlanishi bilan hunarmandchilikning rivojlanishini bogʻlaydi. Uning fikricha,
shahar madaniyati va iqtisodiy taraqqiyoti hunarmandchilikning rivojlanishi bilan
chambarchas bogʻliqdir.
Markaziy Osiyoda koʻplab qomusiy olimlar hunarmandchilik haqida oʻz fikr-
mulohazalarini bildirgan va asarlar yozgan. Ular orasida eng mashhurlari Al-Beruniy va Al-
Farobiydir.
Al-Beruniy (973-1048) oʻzining koʻp qirrali asarlarida hunarmandchilik va texnologiya
haqida ham fikrlar bildirgan. Al-Beruniyning "Kitab al-jamahir fi ma’rifat al-jawahir" (Javohirlar
haqida kitob) asarida minerallar va ularning ishlatilishi, shu jumladan zargarlik va
hunarmandchilikda
qoʻllanishi
haqida
batafsil
ma’lumot
berilgan.
Al-Beruniy
hunarmandchilikda metall va kimyoviy jarayonlar haqida yozib, bu sohalarning rivojlanishiga
katta hissa qoʻshgan (Karimov, 2012).
Al-Farobiy (872-950) hunarmandchilik va uning jamiyatdagi oʻrni haqida falsafiy fikrlar
bildirgan. U hunarmandchilikni jamiyatning muhim bir qismi deb biladi va uning ijtimoiy
tuzilma va iqtisodiy tizimdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Al-Farobiy hunarmandchilikni
rivojlantirish uchun ta’lim va kasbiy tayyorlov muhimligini qayd etadi. Uning fikricha,
hunarmandlar yaxshi tayyorlangan boʻlishi kerak va bu jamiyatning umumiy rivojlanishiga
yordam beradi (Niedderer, 2017).
Ushbu olimlarning asarlari hunarmandchilikning nafaqat texnik jihatlari, balki uning
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ham ochib berishga yordam beradi. Ular
hunarmandchilikning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan sharoitlar va omillar haqida muhim
fikrlar bildirgan.
Garcia, Thompsonlar (2007) o`z maqolalarida raqamli vositalarning hunarmandchilik
sohasini qanday tubdan o'zgartirayotganini tahlil qiladi. Maqolada 3D printerlar, dizayn
dasturlari, onlayn savdo platformalari va boshqa raqamli vositalar orqali hunarmandchilikni
rivojlantirish yo'llari ko'rsatiladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Markaziy Osiyoda hunarmandchilikning tashkil topishi va mehnat munosabatlarining
shakllanishi uzoq tarixiy jarayonlarning natijasidir. Ushbu tadqiqotda koʻrsatilganidek,
Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy hunarmandchilik markazlari hunarmandchilik
rivojlanishining asosiy bosqichlarini boshdan kechirdi.
Asosiy natijalar quyidagilardan iboratdir:
-
Hunarmandchilik va Shahar Madaniyati: Hunarmandchilikning rivojlanishi bevosita
shahar madaniyati va iqtisodiy taraqqiyot bilan bogʻliqdir. Shaharlar iqtisodiy markaz boʻlib,
hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosining asosiy manzili hisoblangan.
-
Ibn Xaldunning Fikrlari: Ibn Xaldunning "Muqaddima" asarida hunarmandchilikning
iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi roli batafsil yoritilgan. Uning fikricha, hunarmandchilik
murakkab va ijodkorlikni talab qiluvchi faoliyat boʻlib, shaharlarning rivojlanishi bilan
chambarchas bogʻl
iqdir.
-
Qomusiy Olimlarning Hissasi: Al-Beruniy va Al-Farobiy kabi qomusiy olimlar
hunarmandchilikning texnik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari haqida qimmatli asarlar yozgan. Ular
hunarmandchilikning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan sharoitlar va omillarni
tahlil qilib,
hunarmandchilikni jamiyatning ajralmas qismi sifatida ko'rsatgan.
-
Mehnat Munosabatlari: Hunarmandchilikda mehnat taqsimoti, ustoz-shogird
munosabatlari va ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlar
hunarmandchilikni
ng barqaror rivojlanishini ta’minlagan va jamiyatdagi mehnat
munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
84
-
Hozirgi Vaziyat: Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida hunarmandchilikni
rivojlantirish uchun keng koʻlamli choralar koʻrilmoqda. Prezident qarorlari va "Oʻzbekiston
-
2030" strategiyasida hunarmandchilikni qoʻllab
-
quvvatlash, yangi ish oʻrinlari yaratish,
turizmni rivojlantirish va davlat koʻmagini kengaytirish kabi
yoʻnalishlar belgilangan. Bu esa
milliy madaniyatni saqlash va iqtisodiy barqarorli
kni ta’minlashga qaratilgan.
Hunarmandchilikning rivojlanishi bilan birga mehnat munosabatlari ham shakllangan.
Hunarmandchilik ustaxonalari va
gilam toʻqish
markazlarida mehnat taqsimoti va tashkiloti
muhim ahamiyat kasb etgan.
Ustoz-shogird
munosabatlari asosida hunarmandchilik kasblari
avloddan-avlodga oʻtib borgan. Har bir hunarmand oʻz ishini yaxshi bilishi va uni mukammal
darajada bajarishi uchun katta ma’uliyatga ega bo'lgan.
Hunarmandlar orasida ijtimoiy tabaqalanish ham kuzatilgan. Misol uchun, yetakchi
ustalar oʻzining malakasi va mahsulotlarining sifati tufayli jamiyatda yuqori mavqega ega
boʻlgan. Shogirdlar esa ustozdan hunar oʻrganish jarayonida mehnat intizomi va kasb sirlarini
egallaganlar.
Markaziy Osiyoda hunarmandchilikning tashkil topishi va mehnat munosabatlarining
shakllanishi bir nechta omillarga bogʻliq boʻlgan. Birinchidan, mintaqaning geografik joylashuvi
va tabiiy resurslari hunarmandchilikning rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatgan. Ikkinchidan,
savdo yoʻllarining mavjudligi va xalqaro savdo munosabatlari hunarmandchilik
mahsulotlarining eksport qilinishiga imkon yaratgan.
Shuningdek, madaniy va ijtimoiy omillar ham muhim rol oʻynagan. Hunarmandchilik
an’analari asrlar davomida shakllanib, avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Bu jarayonda diniy va
etnik omillar ham ahamiyatli boʻlgan, chunki hunarmandchilik koʻpincha muayyan etnik
guruhlar yoki diniy jamoalar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
Raqamlashgan va ananaviy hunarmandchilikning farqlarini ko`rib chiqsak:
1-jadval
Raqamlashgan va ananaviy hunarmandchilikning ayrim farqlari
Raqamlashgan
An’anaviy
Mahsulotlar onlayn platformalar orqali sotiladi
Mahsulotlar asosan bozorda yoki do'konlarda
sotiladi
Raqamli marketing va ijtimoiy tarmoqlar orqali
mijoz topish
Odatda og'zaki reklama yoki do'konlar orqali
mijoz topiladi
Elektron tijorat (to'lovlar raqamli shaklda
qabul qilinadi)
Naqd pul yoki an'anaviy usulda to'lovlar qabul
qilinadi
3D texnologiyalar va raqamli dizayn dasturlari
yordamida ishlab chiqarish
Mahsulotlar qo'lda va an'anaviy usullarda
ishlab chiqariladi
Global bozorlarga chiqish imkoniyati
Asosan mahalliy bozorda faoliyat yuritadi
Mahsulot sifati va jarayonlar raqamli vositalar
bilan kuzatiladi
Mahsulot sifati qo'l bilan nazorat qilinadi
Samaradorlikni oshirish uchun
avtomatlashtirilgan jarayonlar qo'llaniladi
Ishlab chiqarish ko'proq qo'lda va ko'p vaqt
talab etadi
Ma'lumotlar tahlili orqali mijozlar talabini
o'rganish
Mijozlar talabi tajriba asosida tushuniladi
Raqamli hujjatlar va hisob-kitob tizimlaridan
foydalanadi
Qog'oz hujjatlar va oddiy hisob-kitob usullari
qo'llaniladi
Innovatsion va zamonaviy texnologiyalarga tez
moslashish
An'anaviy texnologiyalar va usullardan
foydalanish davom etadi
Manba:
muallif ishlanmasi.
Ushbu jadval raqamlashgan va ananaviy hunarmandchilik faoliyatlarini yoritib beradi va
Mamlakatimizdagi Uyushma hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni rivojlantirish,
mahsulotlarini targʻib qilish, moliyaviy yordam koʻrsatish, malaka oshirish va kasbiy tayyorlov
www.e-itt.uz
II SON. 2024
85
dasturlarini tashkil etish, milliy hunarmandchilik merosini saqlash, hamkorlik va tajriba
almashishni rivojlantirish, koʻrgazmalar va yarmarkalarni oʻtkazish hamda hunarmandlar
huquqlarini himoya qilish kabi koʻplab faoliyatlarni amalga oshiradi hamda sohaga raqamli
texnolohiyalarni jalb qilishda davom etmoqda.
Xulosa va takliflar.
Hunarmandchilik Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol
oʻynaydi. Ibn Xaldun va Markaziy Osiyo qomusiy olimlarining asarlari va fikrlari
hunarmandchilikning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ham ochib
beradi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun qabul qilingan
qonun va qarorlar, strategiyalar va davlat koʻmagi ushbu sohani yanada yuksaltirishga
qaratilgan.
Raqamli texnologiyalarni hunarmandchilik korxonalari va faoliyatiga joriy etish, sektorda
ko'plab ijobiy o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Raqamlashtirilgan hunarmandchilik
jarayonlari avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish, onlayn savdo va marketing, elektron to'lov
tizimlari kabi innovatsiyalar orqali samaradorlikni oshiradi va global bozorda
raqobatbardoshlikni yaxshilaydi. Boshqa tomondan, raqamlashtirilmagan hunarmandchilik
odatda qo'lda ishlab chiqarish, mahalliy bozorlarda savdo va an'anaviy marketing usullarini
qo'llaydi, bu esa samaradorlikni cheklashi mumkin.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference.
Atul Gawande (2010) “The Checklist Manifesto”. Metropolitan Books of Henry Holt and
Company LLC.
Boboyev. S. (2015) "Hunarmandchilik va uning rivojlanish tarixi." Samarqand Davlat
Universiteti Nashriyoti – Samarqand.
Karimov. A. (2012) "Markaziy Osiyo savdo yoʻllari va hunarmandchilik". Buxoro Davlat
Universiteti Nashriyoti- Buxoro.
Kodeks (2022) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi- Toshkent.
Kristina Niedderer (2017) “Design for Behaviour Change” - Manchester Metropolitan
University, 45-60 b.
Qonun (2021) O‘zbekiston Respublikasining "Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi
to‘g‘risida"gi Qonuni. Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
Rahmonov. U. (2018) "Hunarmandchilikning iqtisodiy asoslari." Xorazm Davlat Universiteti
Nashriyoti. Xiva.
Thompson L., Garcia E., Malloy D. (2007) Reliance on visible speech cues during multimodal
language processing: Individual and age differences Experimental aging research 33 (4), 373-397.
