www.e-itt.uz
II SON. 2024
56
JAMIYATNI IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTINI TA’MINLASHDA IJTIMOIY
SOHANING O‘RNINI KENGAYTIRISH MASALALARI
Dustmirzayev Farxod Bekmirzayevich
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
ORCID iD: 0009-0000-9576-3278
Annotatsiya.
Ijtimoiy rivojlanish keng koʻlamli masalalar, xususan, qashshoqlikka barham
berish, ish oʻrinlarini yaratish, kooperatsiya, insonning qarish jarayoni, yoshlar, oila, ijtimoiy
integratsiya, nogironlik v a shu kabi samarali fuqarolik jamiyatini barpo etish bilan bogʻliq
masalalarni oʻz ichiga qamrab oladi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada ijtimoiy
sohalarni rivojlantirishni moliyalashtirish orqali jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini
ta’minlash masalalari muhokama qilingan.
Kalit soʻzlar:
milliy iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, farovonlik, inson kapitali, ijtimoiy
soha, kambagʻallik, aholi turmush darajasi, xizmatlar sohasi, aholi daromadlari.
ВОПРОСЫ РАСШИРЕНИЯ РОЛИ СОЦИАЛЬНОЙ СФЕРЫ В ОБЕСПЕЧЕНИИ
СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА
Дустмирзаев Фарход Бекмирзаевич
Высшая школа бизнеса и предпринимательства
при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Аннотация.
Социальное развитие охватывает широкий спектр вопросов, особенно
связанных с искоренением бедности, созданием рабочих мест, кооперацией, процессом
старения человека, молодежью, семьей, социальной интеграцией, инвалидностью и т. д.,
а также построением эффективного гражданского общества.Исходя из этого, в данной
статье обсуждались вопросы обеспечения социально-экономического развития
общества путем финансирования развития социальных сфер.
Ключевые слова:
национальная экономика, устойчивое развитие, благосостояние,
человеческий капитал, социальная сфера, бедность, уровень жизни населения, сфера
услуг, доходы населения.
ISSUES OF EXPANDING THE ROLE OF SOCIAL SPHERE IN ENSURING THE SOCIO-
ECONOMIC DEVELOPMENT OF SOCIETY
Dustmirzaev Farkhod Bekmirzaevich
Graduate School of Business and Entrepreneurship under
the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan
Annotation.
Social development covers a wide range of issues, especially those related to
poverty eradication, job creation, cooperation, the aging process, youth, family, social integration,
disability, etc., as well as building an effective civil society. Based on this, the issues of ensuring the
socio-economic development of society by financing the development of social spheres were
discussed in this article.
Keywords:
national economy, sustainable development, welfare, human capital, social
sphere, poverty, the standard of living of the population, service sector, income of the population.
UOʻK: 330.59
56-64
www.e-itt.uz
II SON. 2024
57
Kirish.
Ijtimoiy rivojlanish jamiyatdagi har bir insonning oʻz salohiyatini toʻliq ishga solishi uchun
uning farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Jamiyat faoliyatining
samaradorligi koʻp jihatdan har bir fuqaroning farovonligi bilan bogʻliq.
Ijtimoiy davlat modeli yuqori sifatli ta’lim, tibbiy yordam koʻrsatish, oilalar, bolalar,
ayollar, keksa fuqarolar, nogironlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, muhtojlarni uy-joy
bilan ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va qashshoqlikni kamaytirishga
qaratilgan (Briggs, 1961).
Bugungi kunda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning muhim
vazifalaridan biri, shubhasiz fuqarolarning huquq va erkinliklarini toʻlaqonli ta’minlash,
fuqarolarning munosib hayot kechirishlari borasida qulay shart-sharoitlarni yaratib berish,
jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, daromadlarni oshirish, kafolatlangan asosiy
ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va ulardan barchaning birdek foydalanishini ta’minlashdan
iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada
“O‘zbekiston-ijtimoiy davlat” ekanligi alohida norma sifatida kiritildi. Shuningdek,
Konstitutsiyada “Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish,
shuningdek kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrishi, fuqarolarning kasbiy
tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda ragʻbatlantirishi” ga alohida urgʻu
berilgan.
“O‘zbekiston
-
2030” strategiyasida 59
-
maqsad sifatida “hududlarda xizmatlar sohasini
jadal rivojlantirish”, 60
-
maqsad sifatida “hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya
strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-
joy bilan ta’minlash darajasini oshirish”, 61
-
maqsad sifatida “infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish
manbalari bilan ta’minlash” kabilarning koʻzda tutilishi mamlakatda ijtimoiy sohani
rivojlantiri
shga katta e’tibor qaratilayotganligining dalil hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishda ijtimoiy sohalarning
oʻrnini
kengaytirish masalalari bugungi kunda
koʻplab
olim va tadqiqotchilarning diqqat markazida
boʻlib
kelmoqda. Bu
oʻz
navbatida
O’zbekistonda
ijtimoiy davlatchilik kontseptsiyasining ilgari
surilayotganligi va islohotlar markaziga inson omili
qoʻyilayotganligi
bilan izohlanadi. Xususan,
tadqiqotchilar Abduvoxidov va Kamilovalar (2023) jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
rivojlantirishda inson kapitali va uning raqamlashtirish sharoitidagi
oʻrniga
alohida
toʻxtalib
oʻtadilar.
Ularning fikricha, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiyoti
koʻp
jihatdan
inson kapitaliga
bogʻliq
boʻlgani
holda, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish ham
oʻz
navbatida inson
salohiyatini
roʻyobga
chiqarishga
yoʻnaltirilishi
lozim (Abduvoxidov, Kamilova, 2023).
Tadqiqotchi Yuldasheva va Ametovalar mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibini
barqarorlashtirish, toʻlov intizomiga rioya etish, soliqlarning byudjet tizimi boʻgʻinlari oʻrtasida
taqsimlanish mexanizmini takomillashtirish, soliqqa oid qonunbuzarliklarga barham berish va
ularning oldini olish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida hamda ijtimoiy sohani
rivojlantirishda mahalliy byudjet mablagʻlarini samarali boshqarishning asosiy yoʻnalishlarini
izlab topish kabilar dolzarb masalalardan biri ekanligini va aholi yashash sharoitini yaxshilash,
ijtimoiy farovonligini oshirish, turar joy va kommunal xizmatlar bilan bogʻliq xarajatlar hamda
ijtimoiy soha
ni rivojlantirish mahalliy byudjetlar xarajatlarining asosiy yoʻnalishini tashkil
etishi lozimligini ta’kidlaydi
(Yuldasheva, Ametova, 2019).
Rossiyalik tadqiqotchi Feklistova “...koʻp jihatdan, ijtimoiy soha rivojining orqada
qolishi
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida samarali davlat boshqaruvining mavjud emasligi,
obyektiv sifat va miqdoriy baholash usullarining nomukammalligi va alohida tarkibiy
qismlarning va umuman ijtimoiy sohaning koʻrsatkichlarini uzoq mudd
atli rejalashtirishning
yoʻqligi bilan bogʻliq”, deb ta’kidlaydi
(Feklistova, 2016).
www.e-itt.uz
II SON. 2024
58
Yana bir mahalliy tadqiqotchi Mirzaeva oʻz tadqiqotlarida ijtimoiy sohani rivojlantirish
toʻgʻridan
-
toʻgʻri davlat byudjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish bilan bogʻliq ekanligini
ta’kidlaydi, uning fikricha ijtimoiy sohani rivojlantirish ajratilayotgan byudjet mablagʻlarining
miqdori bilan emas, balki oʻz oʻrnida va samarali ishlatilishi bilan chamyuarchas bogʻliq
(Mirzayeva, 2023).
Jamiyatni ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda
ijtimoiy sohalarning
o‘
rnini
kengaytirish masalalariga ba
gʻ
ishlangan tadqiqotlar k
oʻ
p b
oʻ
lishiga qaramay iqtisodiy
taraqqiyot bu borada yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Jamiyatni ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda
ijtimoiy sohalarning
o‘
rnini
kengaytirish masalalariga ba
gʻ
ishlangan mazkur tadqiqot ishsining maqsadidan kelib chiqqan
holda, tadqiqotda analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, mantiqiylik, guruhlash va
umumlashtirish kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanilgan holda izlanishlar olib borildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Keyingi yillarda aholining hayot sifatini yaxshilash gʻoyasi tobora
jamoatchilik ongiga
chuqur oʻrnashish asnosida davlat va boshqaruv tuzilmalarining ham diqqat markazida boʻlib
kelmoqda, bunda aholi farovonligi masalalariga e’tibor qaratishning ikkita, ya’ni ichki va tashqi
sabablarini ajratib koʻrsatish mumkin boʻladi.
Ichki sabablar, birinchi navbatda, hayot har bir inson va umuman jamiyat uchun asosiy
qadriyat ekanligiga asoslanadi, shu bois insonlar doimo oʻz hayotlarini yaxshilashga intiladilar.
Demokratik jamiyatda ijtimoiy tafakkurning oʻziga xos jihati shundaki,
har qanday ilgʻorlikka
intiluvchi hukumat doimiy ravishda aholi hayotini yaxshilash uchun sharoit yaratishi va uzov
muddatli davrda bunday shart-sharotilarni takomillashtirish borishga intilishi lozim.
Tashqi sabablar hayot sifati muammosini jamiyatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy hayot
sharoitlari nuqtai nazaridan hal qilishning dolzarbligini belgilaydi.
Soʻnggi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi ba’zi yutuqlarga qaramay, aholi
ayrim qatlamlarining farovonligi pastligicha qolmoqda. Xusus
an, Jahon Banki ma’lumotlariga
koʻra, “O‘zbekistonda aholi daromadlari borasidagi tengsizlik jiddiyligicha qolmoqda, 2023
yilda mamlakatda daromadi yuqori boʻlgan 10 foiz aholining daromadlari kam ta’minlangan
aholi qatlami daromadlariga nisbatan 5 baravar
koʻproq oʻsgan”.
Xalqaro standartlarga koʻra, soʻnggi sakkiz yil ichida kambagʻallik darajasi (kuniga
$6,85dan kam) ikki barobarga, ya’ni 2015-yildagi 36%dan 2022-yilda 17%ga qisqardi.
Mamlakatda kambagʻallik Evropa va
Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda
tez sur’atlarda kamayib bormoqda – 13%dan 8%gacha. 2021-yilda tasdiqlangan milliy
standartlarga koʻra, kambagʻallik darajasi 17%dan 11%ga kamaydi. Qishloq joylarda pasayish
8 foiz punktga, shaharlarda esa 4 foiz punktga etdi. Xususan, 1,6 mlnga yaqin aholi
kambagʻallikdan chiqarildi.
Bundan tashqari, Jahon banki hukumatning 2026-yilga qadar kambagʻallikni ikki baravar
kamaytirish maqsadiga erishish mumkinligini qayd etadi.
Kambagʻallikni kamaytirishning asosiy omili daromadlarning oʻsishi (60%) va
ijtimoiy
transfertlar boʻlib, ular optimallashtirildi va
kengaytirildi.
Biroq, xalqaro moliya tashkiloti tengsizlik darajasining ortib borayotganini qayd etadi,
bu
esa kambagʻallikni qisqartirish sur’atini sekinlashtiradi. Daromadlarning oʻsishi asosan
aholining eng boy qatlamlari orasida shakllangan. 2023-yilda Jini koeffitsienti (Gini Coefficient)
0,31dan 0,35gacha koʻtarildi (1-rasm). Natijada kambagʻallik darajasi 5,5 foiz punktga emas,
balki 3,1 foiz punktga kamaydi. Masalan, 10% eng kambagʻal aholi daromadlari atigi 6%ga
oʻsgan boʻlsa, 10% eng boy aholiniki 30%dan koʻproqqa oʻsdi.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
59
1-rasm. Aholi daromadlarining notekis taqsimlanishi (Jini koeffitsienti)
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida
tuzilgan.
Xususan, badavlat fuqarolar boyligining yuqori oʻsish sur’atlari iqtisodiy tengsizlik
muammosini yanada kuchaytiradi.
Jahon banki hukumatga aholining kam ta’minlangan qatlamlari mehnat unumdorligini
oshirishni tavsiya qiladi. Xususan, kam ta’minlangan fuqarolarning ish imkoniyatlari kamroq,
ta’lim darajasi past va
qaramogʻidagilar koʻproq. Bu
jihatlardagi tafovutni tugatish
O‘zbekistonda kambagʻallikni kamaytirish va oʻsib borayotgan tengsizlikni cheklashga yordam
beradi.
Ijtimoiy soha aholining turmush sifati koʻrsatkichlarini shakllantirishga katta ta’sir
koʻrsatadi. U sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy yordam va
ijtimoiy ta’minot, uy
-
joy kommunal xoʻjaligi, ijtimoiy sugʻurta va pensiya ta’minoti kabi
sohalarni qamrab oladi. Ular quyidagi umumiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
–
mazkur tarmoqlar tomonidan asosan xizmatlar koʻrinishida taqdim qilinuvchi ne’matlar
insonlarning kundalik hayot kechirishini ta’minlashga yoʻnaltirilganligi b
ilan ajralib turadi;
–
taqdim etiluvchi ne’matlar yetarlicha tashqi samara koʻlamiga ega boʻladi;
–
ushbu tarmoqlarning faoliyati qiymat baholashlarni amalda tizimli qoʻllash obyekti
hisoblanadi.
Ijtimoiy soha tarmoqlari oʻzining aniq manzilga yoʻnaltirilganli
gi bilan ajralib turgani
holda, ular inson kapitalini boyitish, insonlarning moddiy, jismoniy va ma’naviy
imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Sogʻliqni saqlash kasalliklarning oldini olish va
davolash bilan shugʻullansa, jismoniy tarbiya va sport
insonlarning salomatligini
mustahkamlashga va sport musobaqalari va tadbirlari esa, ishtirokchi va tomoshabinlarning
ijobiy hissiyotlarini boyitishga hissa qoʻshadi. Ta’lim odamlarning bilim va koʻnikmalarga ega
boʻlishini ta’minlaydi; madaniyat va san’at
tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari faoliyati
odamlarga ijobiy estetik taassurotlar va bilimlarni beradi. Ijtimoiy xizmatlar yoshi, nogironligi,
kasalliklari va boshpanasini yoʻqotishi sababli tashqi yordamga muhtoj odamlarning kundalik
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Uy-
joy kommunal xoʻjaligi odamlarning kundalik
hayotining moddiy sharoitlari (suv ta’minoti, isitish, yoritish va boshqalar)ni takror ishlab
chiqarishni ta’minlaydigan uy
-
joylarga texnik xizmat koʻrsatishni ta’minlaydi. Ijtimoiy sugʻurta,
ijtimoiy nafaqalar va pensiya ta’minoti vaqtincha nogironlik, ishlab chiqarishda olingan
jarohati, qarilik va boshqalar tufayli daromadlarini yoʻqotgan odamlarning moddiy
imkoniyatlarini ma’lum darajada ushlab turishni oʻz oldiga maqsad qilib
qoʻyadi.
0,264
0,262
0,262
0,262
0,276
0,273
0,283
0,288
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
www.e-itt.uz
II SON. 2024
60
Ijtimoiy soha tarmoqlari ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni toʻgʻridan
-
toʻgʻri
murojaat qilganlar tomonidan iste’mol qilinishida yaqqol aks etuvchi tashqi ta’sirlarning
mavjudligi bilan tavsiflanadi. Kasalliklarning oldini olish va kasallarga tibbiy yordam nafaqat
ushbu xizmatlarni oladiganlarga, balki boshqalarga ham ijobiy ta’sir koʻrsatib, aholining
kasallanish ehtimoli va xavfini kamaytiradi. Yalpi savodxonlik butun jamiyat faoliyatiga va
iqtisodiyotning rivojlanishiga katta ta’sir koʻrsatadi.
Madaniy faoliyat odamlar tomonidan
ijtimoiy qadriyatlarni tarqatish va oʻzlashtirish, jamiyatni mustahkamlashga yordam beradi.
Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmat jamiyatning eng kambagʻal qatlamlariga yordam koʻrsatish
orqali ularning ushbu ja
miyatdagi yashash sharoitlaridan ma’lum darajada qoniqishini
ta’minlaydi va ularning anti
-ijtimoiy xatti-harakatlari xavfini kamaytiradi (jinoiy faoliyatda
ishtirok etish, ommaviy tartibsizliklarda qatnashish va shu kabilar).
Ijtimoiy soha tarmoqlari doimiy ravishda davlat va jamiyat tomonidan qadriyatlarni
baholash obyekti hisoblanadi. Masalan, aholining turli ijtimoiy guruhlari tomonidan tibbiy
yordam va ta’lim olish imkoniyatlari har qanday zamonaviy jamiyatda ijtimoiy adolat nuqtai
nazaridan jamiyatga b
aho berish dastgi hisoblanib kelgan. Xalqaro tashkilotlar va koʻplab
mamlakatlarning Konstitutsiyalari tibbiy yordam, ta’lim va madaniy ne’matlarni inson
huquqlarining ajralmas qismi sifatida e’tirof etadi. Jumladan, O‘zbekiston Konstitutsiyasida
ham “Har
kim uy-
joyli boʻlish” (47
-
modda), “Har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy
xizmatdan foydalanish” (48
-
modda), “Har kim qulay atrof
-
muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi
ishonchli axborotga ega boʻlish” (49
-
modda), “Har kim ta’lim olish huquqi” (50
-modda)ga ega
ekanligi mustahkamlab qoʻyilgan.
Iqtisodiyotda ijtimoiy tarmoqlarga xos jihatlarning u yoki bunisiga ega boʻlgan boshqa
tarmoqlar ham mavjud. Masalan, maishiy xizmatlarning ayrim turlari birinchi mezonga javob
bersada (xususan, sartaroshxona, hammom va boshqalar), lekin boshqa mezonlarga javob
bermaydi. Biroq, ushbu uchta xususiyatning kombinatsiyasi va ularning aniq ifodasi “ijtimoiy
soha” tushunchasi ostida birlashtirilgan tarmoqlar guruhiga xosdir. Faqatgina jamoat yoʻlovchi
transporti bu xus
usiyatlarning barchasini oʻzida mujassamlashtirsada, ikkinchi va uchinchi
mezonlar bir muncha sust namoyon boʻladi.
2-rasm. 2008-
2024 yillarda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab
-quvvatlash
xarajatlarining real oʻsish sur’atlari,%
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
33
26
21
11
15
12
13
2
3
6
27
36
41
24,3
27,2
10,2
17
0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024
www.e-itt.uz
II SON. 2024
61
Ijtimoiy sohaning oʻziga xos xususiyati moliyalashtirish va unda yaratilgan ne’matlarni
bevosita ta’minlashda davlat ishtirokining yuqori ulushida namoyon boʻladi. Shu
bilan bir
qatorda, iqtisodiy rivojlanish asnosida ijtimoiy sohaga yoʻnaltiriluvchi davlat xarajatlarining
YaIMdagi ulushi ham ortib boradi.
O‘zbekistonda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab
-quvvatlash xarajatlarining real
oʻsish sur’ati 2
-
rasmda koʻrsatilganidek, V shaklidagi koʻrinishga ega. Xarajatlarning maksimal
pasayishi va ularni tiklashning boshlanishi 2015 yilda kuzatildi, unda ular butun davr uchun
eng past koʻrsatkich, 2% ni tashkil qildi. Keyingi ikki yil ichida 2016
-yilda 3%, 2017-yilda 6%ga
etdi. 2018 yildan boshlab bu borada keskin oʻsish kuzatila boshladi. Bunday oʻsish mamlakat
hukumati tomonidan ijtimoiy sohani qoʻllab
-
quvvatlashga etarlicha e’tibor qaratilishining
natijasi hisoblanadi (2-rasm).
Agar 2018 yilda O‘zbekistonda ijtimoiy
siyosat boʻyicha chora
-tadbirlarni
moliyalashtirish uchun 35 trln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan boʻlsa, 2023 yilda bu koʻrsatkich 129
trln. soʻmdan, 2024 yilda esa 150 trln. soʻmdan oshdi, bu barcha rejalashtirilgan byudjet
xarajatlarining deyarli 50 foizini tashkil etadi. Keyingi yillarda ham ijtimoiy soha xarajatlarini
oshirib borish koʻzda tutilgan, xususan, 2027 yilgacha boʻlgan muddatda davlat byudjetidan
ajratilayotgan ijtimoiy xarajatlarni 225 trln.soʻmgacha oshirish koʻzda tutilgan (3
-rasm).
3-rasm. 2024-
2027 yillarda ijtimoiy soha harajatlarining oʻzgarishi, trln.soʻm
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlari
Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat mablagʻlarini ijtimoiy sohaga sarflash tajribasi
borasida koʻp
sonli tadqiqotlar mavjud. Masalan, Sh. Fan, P. Xezel va S. Toratning
“Hindistonning qishloq hududlarida davlat xarajatlari, iqtisodiy oʻsish va qashshoqlik
oʻrtasidagi bogʻliqlik” nomli maqolasida keltirilishicha, 1970 yildan 1993 yilgacha boʻlgan
oraliqda
ta’limga sarflangan har bir qoʻshimcha 1 million rupiy (1993 yil kursi boʻyicha 23,2
ming AQSh dollari) 32 ta kambagʻalni kamabagʻallik chegarasidan chiqarish imkonini bergan
(Fan, 2000). Sh. Fan, L. Chjan va D. Chjanlarning
“Xitoyning qishloq joylarida oʻsish, tengsizlik
va qashshoqlik: davlat investitsiyalarining oʻrni” nomli tadqiqotida keltirilishicha, 1970
-2000
yillarda ta’limga davlat xarajatlari qishloqlarda kambagʻallik va hududlar oʻrtasidagi
tengsizlikni kamaytirish
ga, shuningdek ishlab chiqarishning oʻsishiga katta ta’sir koʻrsatgan.
Xususan, qoʻshimcha 10000 yuan ( 2000 yil kursi boʻyicha 1,2 ming AQSh dollari) kambagʻallik
chegarasidan oʻrtacha 12 ta odamni olib chiqish imkonini bergan
(Fan, Zhang L, Zhang , 2002).
71
84
99
113
34
41
47
54
6
7
7
8
2
2
3
3
17
17
19
22
16
19
12
10
2
3
3
3
0
20
40
60
80
100
120
2024
2025
2026
2027
ta'lim
tibbiyot
madaniyat va sport
fan
ijtimoiy nafaqalar
pensiya jamgʻarmasiga transfertlar
ipoteka krediti asosida sotib
olingan uy-joylar uchun
subsidiyalar
www.e-itt.uz
II SON. 2024
62
Ushbu holatda, ijtimoiy soha, xususan, ta’limga yoʻnaltirilayotgan davlat byudjeti
mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini qay tarzda baholash lozimligi toʻgʻrisidagi
masalaga echim topish talab etiladi.
Samaradorlik masalasiga echim topish uchun sogʻliqni saqlash misolida urinib koʻramiz.
Iqtisodiy adabiyotlarda davlat xarajatlarining sogʻliqni saqlash, inson salomatligi holatiga ta’siri
borasida ikki yoqlama qarash mavjud. Birinchisi, odamlarning sogʻligʻi yaxshilanishi asnosida
tabiiy ravishda kutiladigan ijobiy ta’sir boʻlsa, ikkinchisi, oʻzaro bogʻliqlik tasdiqlanmagan
holatlar hisoblanadi. D. Filmer va L. Pritchetlarning “Davlat xarajatlarining salomatlikka ta’siri:
pul qanchalik muhim?” nomli tadqiqotlarida davlat xarajatlarining aholi salomatligi va bolalar
oʻlimiga ta’siri statistik jihatdan ahamiyatsiz ekanligini aniqladilar va buni uchta holat bilan
izohlashga harakat qildilar (Filmer, Pritchett , 1999).
Birinchidan, salomatlik holatidagi oʻzgarishlarga, birinchi navbatda, turli xil tibbiy
xizmatlarni iste’mol qilishdagi oʻzgarishlar ta’sir qiladi, ularning ba’zilari samaraliroq,
boshqalari esa salomatlikni yaxshilash uchun samarasiz. Ikkinchidan, qoʻshimcha maxsus
xizmat salomatlikni yaxshilash uchun samarali boʻlsa ham, bu “davlat” xarajatlari bir xil ta’sirga
ega boʻladi degani emas, chunki davlat sektoridagi qoʻshimcha iste’mol xususiy sektorda
iste’mol qilinadigan xizmatlarni siqib chiqarishi mumkin. Ya’ni, ba’zi mamlakatlarda sogʻliqni
saqlash uchun davlat sektoriga sarflangan 1 dollar sogʻliqni saqlashni yaxshilash uchun
samarali boʻlgan muassasalar va xizmatlarni yaratadi, boshqa mamlakatlarda esa hech qanday
xizmat yaratmaydi. Bu holat davlat mablagʻlari hisobiga yaratiluvchi xizmatlar samaradorligi
bilan bogʻliqdir.
Ta’kidlash joizki, davlat mablagʻlarini sarflash samaradorligi hukumatning iqtisodiy
faoliyatini maksimal darajada oshirish va xarajatlarini minimallashtirish qobiliyati sifatida
belgilanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar institutlarning etarli darajada rivojlan-maganligi
sababli rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslaganda samarasizlik muammolariga koʻproq
duch kelishadi. Shuning uchun ham davlat xarajatlarining yanada shaffof va samarali amaliyoti
aksariyat rivojla
nayotgan mamlakatlarning kun tartibida boʻlib, bu shubhasiz mamlakatning
iqtisodiy rivojlanishi va barqarorligida muhim rol oʻynaydi.
Davlat xarajatlarining bunday oʻsishining ijtimoiy sohaga ta’sirini baholash maqsadga
muvofiqdir. Kambagʻallar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning etishmasligi tufayli davlat
xarajatlarining qashshoqlikka ta’sirini bevosita baholash qiyin. Biroq, boshqa turli xil indikativ
ma’lumotlarning mavjudligi ushbu sohadagi davlat xarajatlarining samaradorligi va
natijadorligini bilvosita baholashga imkon beradi.
2016-
2023 yillar oraligʻida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining soni qariyb 7 marta oʻsdi,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlovchi pedagoglar soni tahlil qilinayotgan davrda 60
ming nafardan qariyb 168 ming nafarga
etdi. Bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim bilan
qamrov darajasi 72 foizgacha oʻsdi.
Keyingi yillarda umumta’lim muassasalarining soni ham oʻsish tendentsiyasiga ega
boʻlgani holda, O‘zbekistonda 10750 ta umum ta’lim muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda, s
hu
bilan bir qatorda, oliy ta’lim tashkilotlari soni 219 taga
yetib, qamroq darajasi 42 foizlik
koʻrsatkichdan oshdi.
Sogʻliqni saqlash sohasida ham keyingi yillarda ijobiy oʻzgarishlar koʻzga tashlanmoqda
.
Kasalxonalardagi oʻrinlar soni 174500 tani tas
hkil qilmoqda.
Bolalar oʻlimi k
oeffitsienti 2017
yilda har 1000 ta tugʻilishga 11,5 tani tashkil qilgan boʻlsa, 2023 yilga kelib 8,1 tagacha pasaydi,
shu bilan bir qatorda, bolalar oʻlimi
15,4 dan 12,4 gacha qisqargan.
Umr koʻrish davomiyligi
2017 yildagi 73,7 yoshdan 2023 yilda 74,7 yoshgacha uzaydi.
Xulosa va takliflar.
Ijtimoiy soha samaradorligini oshirish, O‘zbekistonda aholi farovonligini yaxshilash
borasida quyidagi yoʻnalishlarda ishlarni davom ettirish oʻrinli hisoblanadi:
www.e-itt.uz
II SON. 2024
63
Birinchisi
– xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantirish. Biznes yuritish sharoitlarining
yaxshilanishi tufayli 2017 yildan buyon faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2,1 baravarga
koʻpayib, qariyb 600 mingtaga etdi. 155 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 mln dollardan
oshdi. Kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi ilk bor 10 mlrd dollarga etdi. Bu 2017 yilga
nisbatan uch baravar koʻpdir. Hozirgi vaqtda olib borilayotgan siyosatda biznesni manzilli
qoʻllab-quvvatlashga oʻtish yuz berayotgan boʻlib, bunda uning xususiyatlari va hududiy
faoliyat sharoitlari inobatga olinmoqda.
Shu tufayli, uch yil ichida aholi umumiy daromadlari tarkibida ish haqi ulushining
kamayishi va kichik biznesdan olinadigan daromadlar ulushining oshishi kuzatildi. Xususan,
2021 yilda ish haqi boʻyicha daromadlar 70,2 foizni, kichik biznesdan esa 0,7 foizni tashkil etgan
boʻlsa, 2023 yil oxiriga kelib bu koʻrsatkich mos ravishda 62,7% va 2,9 foizga teng boʻldi.
Ikkinchi yoʻnalish
– yangi ish oʻrinlari yaratish. O‘zbekistonda mehnat bozoridagi
vaziyat etarlicha barqaror qolmoqda. O‘zbekiston Markaziy bankining sharhiga koʻra, 2022 yil
yakuni boʻyicha 13,7 mln kishi ish bilan ta’minlangan, bu 2016 yilga nisbatan 3 foizga yoki 400
ming kishiga koʻpdir. 2022 yilda mehnat organlariga ariza topshirgan ishsizlar soni 2021 yilga
nisbatan 2 baravar kam boʻldi. 2023 yilning yakunlariga koʻra, ishsizlik darajasi 8,1 foizgacha
pasaygan.
Farovonlikni oshirishning
uchinchi jihati
ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash
hisoblanadi. O’tgan yili Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. Shaffoflikning ortishi va
aholi ehtiyojlarini manzilli oʻrganish yordam oluvchilar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish, 2 ming
nafar yolgʻiz va parvarishga muhtoj kishilarni qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish imkonini berdi.
Koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar koʻlami 250 turga kengaytirildi.
O‘zbekistonda ijtimoiy yordam olayotgan kam ta’minlangan oilalar soni 2017 yildagi 500
mingdan 2023 yilda 2,3 mln nafarga oshdi. Ajratilayotgan mablagʻlar hajmi yiliga 7 baravar –
11 trln soʻmgacha oshdi.
Toʻrtinchi yoʻnalish
– farovonlikni oshirish va kambagʻallik darajasini kamaytirishning
muhim omili sifatida ta’lim sifati va undan foydalanish imkoniyatini oshirish. Sezilarli
yutuqlarga qaramay, ta’lim sifatiga ta’sir koʻrsatuvchi oʻqitish uslublari va standartlari hali ham
takomillashtirishga muhtoj.
Farovonlikni oshirishning
beshinchi yoʻnalishi
– sogʻliqni saqlash va tibbiy
xizmatlardan, shu jumladan, kam ta’minlanganlar uchun foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish. 6 yil davomida sogʻliqni saqlash sohasida xizmatlar hajmi 2,1 baravarga – 1,7 trln
soʻmdan (136 mln dollar) 6,4 trln soʻmga (513 mln dollar) oshdi. Onalar oʻlimi darajasi qariyb
34 foizga, 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi 26 foizga kamaydi. Bugungi kunda tibbiyot
muassasalarini 100% raqamlashtirishga erishish va moliyalashtirishni ikki baravar oshirish
sogʻliqni saqlash sektorini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.
Farovonlik darajasiga ta’sir qiluvchi oltinchi muhim omil – bu ekologiya. Ushbu
yoʻnalishda 2018-2022 yillar davrida O‘zbekiston Natural Resources & Resilience rankings
(GFSI) indeksida “Tabiiy resurslar va barqarorlik” toifasi boʻyicha eng katta yutuqqa erishdi va
17 pogʻonaga koʻtarilib, dunyoning 113 davlati orasida 38-oʻrinni egalladi. 2018-2022 yillarda
Atrof-muhitning holati toʻgʻrisidagi milliy ma’ruzaga koʻra, qishloq xoʻjaligi erlari maydoni
oshdi, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari irrigatsiya infratuzilmasining 23 foizini
qamrab oldi. 2017-2022 yillarda tabiatni muhofaza qilish, dam olish va sogʻlomlashtirish uchun
moʻljallangan er maydonlari qariyb 10 baravar koʻpaydi.
O‘zbekistonning ijtimoiy siyosati davlatning kelajakdagi taraqqiyotini ta’minlashga qodir
yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga qaratilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy siyosatning
maqsadi barcha ijtimoiy guruhlarning oʻzini oʻzi anglashi uchun sharoit yaratishdir.
O‘zbekistonda ijtimoiy adolatni mustahkamlash aholi turmush darajasi va sifatini oshirishni
kafolatlaydi.
Xususan, yuqorida aytilganlarning barchasiga asoslanib, farovonlikni oshirish va
qashshoqlikka qarshi kurashda davlatning oʻrni juda yuqori degan xulosaga kelish mumkin.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
64
Soʻnggi yillarda ijtimoiy ta’minotga davlat xarajatlari bir necha bor oshdi. Davlat xarajatlarining
samaradorligi va natijadorligini toʻliq baholash yuqoridagi ma’lumotlarning etarli va ishonchli
vaqt oraligʻini talab qiladi. Shunga qaramay, ijtimoiy soha koʻrsatkichlarini oʻrganish aholining
turmush sharoitini yaxshilash yoʻnalishida sezilarli oʻzgarishlarni koʻrsatmoqda.
Ta’kidlash joizki, yangi O‘zbekistonning ijtimoiy siyosati yoʻnalishi allaqachon belgilab
olingan va uni amalga oshirish uchun barcha resurslardan foydalanilmoqda. Shu bilan birga,
jamiyatning qoniqish darajasiga asoslanishi kerak boʻlgan ijtimoiy sohadagi xarajatlar
samaradorligini yanada oshirish muhim jihatlardan biri boʻlib qoladi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) Inson kapitali va iqtisodiyotning innovatsion
rivojlanishini tadqiq etishdagi yondashuvlar //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. –Т. 1. – №. 4. – С. 12-
21.
Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI
BAHOLASH //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – Т. 1. – №. 2. – С. 5-14.
Briggs A. (1961) The welfare state in historical perspective //European Journal of
Sociology/Archives europeennes de sociologie. – Т. 2. – №. 2. – С. 221-258.
Fan S., Hazell P., Thorat S. (2000) Government spending, growth and poverty in rural India
//American journal of agricultural economics.
–
Т
. 82.
–
№. 4. –
С
. 1038-1051.
Fan S., Zhang L., Zhang X. (2002) Growth, inequality, and poverty in rural China: The role of
public investments. – Intl Food Policy Res Inst, – Т. 125.
Filmer D., Pritchett L. (1999) The impact of public spending on health: does money matter?
//Social science & medicine. – Т. 49. – №. 10. – С. 1309-1323.
Kyryliuk V., Ryabokon I. (2021) Role of social sphere in ensuring quality of working life
//VUZF review. – Т. 6. – №. 3. – С. 66.
Lii D. T. (1998) Social spheres and public life: A structural origin //Theory, Culture & Society.
– Т. 15. – №. 2. – С. 115-135.
NODIROVNA M.S. (2023) THE IMPORTANCE OF INVESTING IN THE DEVELOPMENT OF THE
SOCIAL SPHERE IN OUR COUNTRY //Central Asian Journal of Innovations on Tourism
Management and Finance.
–
Т
. 4.
–
№.
6.
–
С. 153
-160.
Феклистова И.С.
(2016)
Совершенствование государственного управления
развитием социальной сферы //ББК 65.290
-
2я43+ 67.401 я43 С 56. –
С. 122.
Юлдашева Нодира Викторовна, Аметова Фотима Розматовна (2019) Ижтимоий
соҳа тараққиётида маҳаллий бюджетларнинг аҳамияти // Экономика и финансы
(Узбекистан). №3.
