MINTAQA AGROSANOATIDA KLASTERLASHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ALGORITMLARI

Annotasiya

Maqolada mintaqaning iqtisodiy salohiyatini oshiriuvchi manba sifatida hududning iqtisodiyot tarmoqlarida faol mexanizmning optimallik mezonlariga mos ravishda joriy qilinganligi, klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, kompleks rivojlantirishning o‘ziga xos iqtisodiy tahlili, ularning ko‘rsatkichlarning guruhlangan tizimi keltirilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdullayev, O. (2024). MINTAQA AGROSANOATIDA KLASTERLASHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ALGORITMLARI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 1(2), 9–13. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/59990
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada mintaqaning iqtisodiy salohiyatini oshiriuvchi manba sifatida hududning iqtisodiyot tarmoqlarida faol mexanizmning optimallik mezonlariga mos ravishda joriy qilinganligi, klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, kompleks rivojlantirishning o‘ziga xos iqtisodiy tahlili, ularning ko‘rsatkichlarning guruhlangan tizimi keltirilgan.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

9


MINTAQA AGROSANOATIDA KLASTERLASHNING TASHKILIY-IQTISODIY

MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ALGORITMLARI

Abdullayev Olimjon G‘ayratovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

ORCID: 0009-0004-8580-5859

agolider1987@icloud.com

Annotatsiya.

Maqolada mintaqaning iqtisodiy salohiyatini oshiriuvchi manba sifatida

hududning iqtisodiyot tarmoqlarida faol mexanizmning optimallik mezonlariga mos ravishda
joriy qilinganligi, klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol

o

'ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, kompleks rivojlantirishning o‘ziga xos

iqtisodiy tahlili, ularning ko‘rsatkichlarning guruhlangan tizimi keltirilgan.

Kalit so‘zlar

:

x

izmatlar tarmog‘i,

agrosanoatni subklasterlashtirish, qishloq xo'jaligini

modernizatsiya qilish, innovatsion rivojlanish, xarajatlarni minimallashtirish

klasterlar,

salohitini baholash, optimallashtirish, klasterlashtirish.

АЛГОРИТМЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ

МЕХАНИЗМОВ КЛАСТЕРОВ В АГРОПРОМЫШЛЕННОМ КОМПЛЕКСЕ РЕГИОНА

Абдуллаев Олимжон Гайратович

Экономикий-педагогический университет

Аннотация.

В статье рассматривается внедрение эффективного механизма в

отраслях экономики региона как источника повышения экономического потенциала

региона по оптимальным нормативам. Агломерация играет важную роль в социально-

экономическом развитии регионов, поскольку этот процесс сочетает в себе ряд

факторов, представлен уникальный экономический анализ комплексного развития, а
также комбинированная система показателей.

Ключевые слова

:

сервисная сеть, субкластеризация агропромышленного

комплекса, модернизация сельского хозяйства, инновационное развитие, снижение

подсборка, оценка их эффективности, оптимизация, кластеризация.

ALGORITHMS FOR IMPROVING THE ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS

OF CLUSTERS IN THE REGIONAL AGRICULTURAL INDUSTRY

Abdullayev Olimjon Gayratovich

University of Economics and Education

Abstract.

The article deals with the introduction of an effective mechanism in the economic

sectors of the region as a source of increasing the economic potential of the region according to
optimal standards. The agglomeration plays an important role in the social and economic

development of the regions, because this process combines a number of factors, a unique economic

analysis of complex development, and a combined system of indicators is presented.

Key words

:

service network, sub-clustering of the agricultural industry, modernization of

agriculture, innovative development, cost reduction - clusters, evaluation of their efficiency,
optimization, clustering.

UOʻK: 339.466.54

9-13


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

10


Kirish.

Mintaqaning iqtisodiy salohiyatini oshiruvchi manba sifatida hududning iqtisodiyot

tarmoqlarida faol mexanizmning optimallik mezonlariga mos ravishda joriy qilinganligidir.

O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etilgan mexanizmlarning

mohiyatan umumlashgan qismi sifatida klasterlashtirish amaliyoti bilan chambarchas

bog’langanligidir

. Bizningcha klasterlashtirish amaliyoti iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarning

ma’lum bir tarmoq yoki tarmoqosti xo’jalik subyektlari faoliyatida hududlararo hamda

tarmoqlararo integratsiyalashuvini kuchli rag’batlantiruvchi omil sifatida asosiylik kasb e

tadi.

Iqtisodiy resurslarni taqsimlash, ishlab chiqarish va iste'mol qilishni boshqarishning qoidalari,

institutlari va jarayonlarini o'z ichiga oladi. Bunda asoiy klaster strategik manba sifatida ko’p

funksional harakatni amalga oshiradi. Jumladan, bir chiziqli subklasterlararo resusrs

almashinuvini ta’minlaydi, axborotlashuv diapazonini kengaytiradi, subklaster a’zolarining
faoliyatini rivojlantiradi, yangi ish o’rinlarini yaratadi, innovatsiyalarni joriy qiladi va shu orqali

iqtisodiy salohiyatini oshirib, ijtimoiy-iqtisodiy nufuzini yaxshilab boradi.

Hududning agrosanoatini klasterlashtirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol

o'ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, sinergetik ta'sir yaratadi. Hozirgi

zamonaviy ilmiy yondoshuvlarga tayanilsa, nazarda tutilayotgan omillarni hududning xususiy
va umumiy iqtisodiy-

ijtimoiy imdjidan kelib chiqib tizimlashtirish mumkin bo’ladi. Hususan,

Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyasida har ikki holat mavjud

b

o’lib, o’ziga xosligida asosiy jihat hudud YaHM tarkibida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish

hajmining salmoqli hissasi borligi, ya’ni Respublika va uning tarkibiy hududlariga nisbatan eng

katta ulushga egaligidir. Bu esa mintaqa agrosanoatning, agrosanoat tizimida olib borilayotgan
islohotlarning ahamiyatlilik darajasini oshishiga olib kelgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mamlakatimizda klasterlashtirish amaliyoti, agrosanoatni klaster usuli yordamida

rivojlantirish jahon tajribasidan kelib chiqib, mintaqalarning iqtisodiy-ijtimoiy potensialini,

iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish tendensiyasini, amalga oshirish mexanizmlarining xususiyatlarini

inobatga olgan holda yondashilgan keng ko’lamli jarayonlarini bajarishga erishish.


Adabiyotlar sharhi.

Agrosanoat klasterlarini subklasterlar asosida rivojlantirishda iiiqtisodiy potensialini

baholashdan ilmiy nuqtaiy nazardan faoliyat sifatida, jarayon sifatida, omil sifatida va boshqa

xususiyatiga ko‘ra ta’riflash mumkin. O‘zbekistonlik olimlarning (Рахимов, Махматкулов,
Рахимов, 2021), Jo’rayev, Ochilov, Rakhimov, & Doliyev, (2023) Agrosanoat klasterlashtirishga

bergan ta’riflari keng manbalarda keltirilgan bo‘lib, tadqiqotchilar ilmiy ishlarida ulardan

foydalanishadi.

Xorijiy iqtisodchi olimlari agrosanoatni klasterlashtirishning tashkiliy marketing

tamoyillari asosida samaradorlikni oshirish modellarini (Sаnnikоvа, 2019), zamonaviy

rivojlanish talablari asosida ulgurji va chakana savdo korxonalarini tashkil etish va yangi

texnologiyalar asosida rivojla

ntirishning turli modellarini (Smаgin, 2002) taklif etishgan

bo‘lsada, bu modellar iqtisodiy

-boshqaruv, marketing, tashkiliy xarakterdagi iqtisodiy

qonuniyatlarni umumiy holda tushuntirish, ko‘rsatkichlarning alohida holatida, bog‘liqsiz

baholash va tadqiq etish bilan cheklangan.

Mintaqada agrosanoatni klasterlashtirish rivojlantirishni modellashtirish va prognozlash,

ishlab chiqarishni ko‘p mezonli optimallashtirish, sanoatning hududiy rivojlanishi va uning

ko‘p omilli empirik modellarini tasniflash masala

larinini, takomillashtirish ekonometrik

modellari tuzishni olimlarning ilmiy izlanishlaridan keng joy egallagan (Jo‘rayev, 2021).


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

11


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Qashqadaryo viloyatida

umuman olganda barcha agrosanoatida klasterlashning

tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish algoritmlari 4 bosqichli mexanizmlarga

ajralishi hisobga olgan 4 ta algortimga ajratish mumkin. To’rt bosqichli mexanizmilarini esa

quyidagicha taqsimlashni maqul deb topildi (1-rasm).

1-rasm. Agrosanoatni klasterlashtirishning tashkiliy mexanizmini

takomillashtirish algoritmi (dastlabki bosqich)

Bunda tizimli rivojlanuvchi agrosanoat klasterini tashkil etishning bosqichlari sifatida

klasterni shakllantirish (1-bosqich), klasterning faoliyatini rivojlantirish (2-bosqich),

klasterning samaradorligini baholash (3-bosqich) sifatida ko’rib chiqildi.

1-bosqich. Klasterni shakllantirish bosqichini amalga oshirish algoritmik jihatdan 4 ta

qadamni tashkil etadi (1-4-qadamlar). Jumladan,

1-qadam. Potensial a'zolarni aniqlash. Potensial a'zolarni aniqlashda qishloq xo'jaligi

korxonalarini, qayta ishlash korxonalarini, logistika korxonalarini, marketing va boshqa klaster

faoliyatiga daxldor korxonalarini o'rganiladi va potensial a'zolar shakllantiriladi;

2-qadam. Umumiy manfaatlarni aniqlash. Umumiy manfaatlarni aniqlashda umumiy

maqsadlar, qiziqishlar, muammolar, resurslar va boshqa umumiy jihatlarga e’tibor qaratiladi

va kuzatiladi.

2-bosqich. Klasterning faoliyatini rivojlantirish bosqichini amalga oshirish algoritmik

jihatdan keyingi qadamni tashkil etadi

3-qadam. Hamkorlikni mustahkamlash. Hamkorlikni mustahkamlash jarayoni birgalikda

loyihalarni amalga oshirish, resurslarni birlashtirish, bilimlarni almashish, marketing zanjirini

hosil qilish bilan olib boriladi.

4-qadam. Innovatsiyalarni joriy etish. Innovatsiyalarni joriy etish – bu yangi

texnologoyalarni joriy qilish, yangi mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishni kengaytirish,
yangi boshqaruv ususllarini kiritish faoliyatini olib borish bilan amalga oshiriladi.

3-bosqich. Xalqaro moliyalashtirishni amalga oshirish algoritmik jihatdan 4 ta qadamni

tashkil etadi. Jumladan,

5-qadam. Xalqaro moliya tashkilotlarining investetsiyalari. Bunda klasterlar faoliyatini,

qishloq xo’jaligi tarmog’ini rivojlantirish, oziq-ovqat xafsizligini ta’minlash, is’temol tovarlari

bozorini to’ldirish maqsadida Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo

taraqqiyot bankining maxsus investetsiyalarini qabul qilish mumkin bo’ladi.

6-qadam. Xalqaro grandlarni yutib olish. Bu xalqaro klasterlashtirish va klaster

korxonalarini rag’batlantirish tashkilotlarining grandi, Yevropa ittifoqining agrosanoat uchun

grand loyihalari, xalqaro savdo tashkilotlarining grandlari va boshqalarning grand dasturlarida

ishtirok etish va grand loyihalarini bajarish orqali qabul qilinadigan investetsiyalardir.

Mazkur subalgoritm klasterni tashkil qilish jarayoni bilan va uni rivojlantirish qarorlarini

qabul qilish jarayonida tugallanadi. Shundan keyin klasterlashtirishning ikkinchi bosqichiga,
ya’ni tizimli rivojlanuvchi agrosanoat klasterini moliyalashtirish mexanizmining subalgortmi

bo’yicha jarayon davom etadi. Ushbu subalgoritm ham uchta bosqichlarning ketma-ket

bajariluvchi jarayonlaridan tashkil topgan.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

12


Agrosanoatni klasterlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish

algoritmlari jarayonning bog’liqlik darajasini belgilab beradi va mazkur mexanizm korxonalar

iqtisodiy potensialini oshirishga xizmat qiladi, hamda faoliyatini kengaytisrishning asosiy

omilidir.

Agrosanoat klasteri subklasterlar asosida rivojlanish mexanizmining eng asosiy amaliy

natijalaridan biri – bu uning hududlararo faoliyatining yo’lga qo’yilganligidir. Hududlararo

faoliyatining keng imkoniyatlari mavjud bo’lib, territorial cheklanishlarni yumshatish, tovar

brendini shakllantirishni osonlashtirish, tashqi aloqalarga kirishishni va mahsulot (xizmatlar)

bozorini kengaytirish shular jumlasidandir. Bazis klaster ko’p funksiyali bo’lishi uning korxona
sifatida takomillashuvini anglatadi. Subklasterli tarmoqlanish ko’p funksiyalikni talab etadi

Mazkur algoritm aqrosanoat klasterining iqtisodiy potensialini baholashdan boshlanadi.

Klaster korxonasi faoliyatini kengaytirishda iqtisodiy jihatdan moliyalashtirish, resusrs
ta’minoti va boshqa xususiyatlariga ega bo’lishi muxim jihatdir.

Umumiy holda agrosanoat subklasterlari algoritmlash qishloq xo'jaligida qo'shilgan

qiymatni yaratishga hududiy maqomdagi ishlab chiqarish drayverlaridir. Haqiqatan, ular qayta

ishlashni rivojlantirish, bozorga kirishni osonlashtirish, innovatsiyalarni joriy qilish, kadrlarni

tayyorlash, investitsiyalarni jalb qilish salohiyatiga egadirlar.

Xulosa va takliflar.

Taʼkidlash joizki, asosiy tamoyil, investitsiyani har bir klaster tarmoqlariga teng ravishda

taqsimlash yoʻli bilan diversifikatsiyalangan ogʻirlikni topishdir, shuning uchun koʻplab

korrelyatsiyalangan aktivlar bir-biriga bogʻliq boʻlmagan holda umumiy bir xil taqsimotni oladi.
Albatta, investitsiyalarni taqsimlash turli usulda boʻlishi mumkin. Lekin har qanday holatda

ham klasterga investitsiyalarni taqsimlash usullarini sinov qilish, masofani oʻlchash va

klasterlar sonini tanlash uchun ishlatiladigan mezonlar hamda korrelyatsiya matritsasini

baholashni takomillashtirish eng muhim ustuvor vazifa boʻlib qoladi.

Haqiqatan klasterlar a'zolariga resurslarni birlashtirishga imkon beradi, bu esa

samaradorlikni oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi. Mahalliy xom ashyodan foydalanishni

rag'batlantiradi, bu esa mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Agrosanoat

klasterlarini subklasterlar asosida rivojlantirishda jarayonning nozik xususiyatlarini doimiy
nazorat qilish, jumladan, faoliyati kengaytirilgan subyekt mahsulot (xizmatlar) bozorida

a’zolarining o’rnini egallash tamoilida emas, balki a’zolar funksiyalarini o’zlashtirish va ijroda

ularning manfaatlarini hisobga olgan holda xarakatni tashkil etishi, ya’ni a’zolarning bozorga

kirishini bitta kompleks tizim asosida ososnlashtirishi zarur. Ushbu tamoil va mezon
yiriklashgan klastr korxonasining monopollashuv darajasini cheklaydi va sog’lom raqobat

muxitini yaratishdagi xissasini ta’minlaydi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Jo‘rayev F. (2021) Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning

istiqboldagi muammolari va ularni ekonometrik modellashtirish //Iqtisodiyot va taʼlim. – №. 4. –

S. 377-385.

Jo‘rayev F.D. (2021) Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqa muddatli

prognozlashtirish //Innovatsion texnologiyalar. – №. 2 (42). – S. 92-95.

Jo’rayev, F.D., Ochilov, M.A., Rakhimov, A.M., & Doliyev, S.Q. (2023). Algorithms for improving

models of optimal control for multi-parametric technological processes based on artificial

intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.

Ochilov, M.A., Juraev, F.D., Maxmatqulov, G.X., & Rahimov, A.M. (2020). Analysis of important

factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system. Journal of

Critical Review, 7(15), 1679-1684.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

13


Qаrоr (2015) О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2015 yil 29 dеkаbrdаgi “2016-2020

yillаr dаvridа qishlоq xо‘jаligini yаnаdа islоh qilish vа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi

PQ-2460-sоnli Qаrоri.

Qаrоr (2021) О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2021-yil 24-iyuldаgi

№458-sоn- Qishlоq xо‘jаligi birlаshmаlаrining а’zоlаri, mеvа-sаbzаvоt klаstеrlаri ishtirоkchilаri
vа tаdbirkоrlik subyеktlаrigа mаhаlliy shаrоitdа yеtishtirilgаn intеnsiv kо‘chаtlаr (pаkаnа vа

yаrim pаkаnа) xо‘rаki, kishmishbоp vа sаnоаtbоp tоk kо‘chаtlаri hаmdа pаyvаndtаglаrni sоtib

оlish xаrаjаtlаrining bir qismini qоplаsh uchun subsidiyа аjrаtish tо‘g‘risidаgi nizоmni tаsdiqlаsh

hаqidаgi Qаrоri.

Smаgin B.I. (2002) Kinеtichеskаyа prоizvоdstvеnnаyа funksiyа – kаk оsnоvа оpisаniyа

zаkоnоmеrnоstеy sеlskоxоzyаystvеnnоgо prоizvоdstvа /B.I. Smаgin // Nаuchniyе оsnоvi

funksiоnirоvаniyа i uprаvlеniyа АPK. Nаuchniyе trudi NАЕKОR. Vip.6. Tоm 3. – M.: SXА, – S.258-
264.

Sаnnikоvа T.D. i drug. (2019) Zаrubеjniyе mоdеli sifrоvоy trаnsfоrmаtsii i pеrspеktivi ix

ispоlzоvаniyа v rоssiyskоy prаktikе. Jurnаl Еkоnоmichеskiyе оtnоshеniyа. Tоm 9, № 2, Str-481-

494.

Рахимов, А.Н., Махматкулов, Г.К., и Рахимов, А.М. (2021). Построение

эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их

прогнозирование. Американский журнал прикладных наук , 3 (02), 21–48.

Bibliografik manbalar

Jo‘rayev F. (2021) Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqboldagi muammolari va ularni ekonometrik modellashtirish //Iqtisodiyot va taʼlim. – №. 4. – S. 377-385.

Jo‘rayev F.D. (2021) Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqa muddatli prognozlashtirish //Innovatsion texnologiyalar. – №. 2 (42). – S. 92-95.

Jo’rayev, F.D., Ochilov, M.A., Rakhimov, A.M., & Doliyev, S.Q. (2023). Algorithms for improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.

Ochilov, M.A., Juraev, F.D., Maxmatqulov, G.X., & Rahimov, A.M. (2020). Analysis of important factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system. Journal of Critical Review, 7(15), 1679-1684.

Qаrоr (2015) О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2015 yil 29 dеkаbrdаgi “2016-2020 yillаr dаvridа qishlоq xо‘jаligini yаnаdа islоh qilish vа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-2460-sоnli Qаrоri.

Qаrоr (2021) О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2021-yil 24-iyuldаgi №458-sоn- Qishlоq xо‘jаligi birlаshmаlаrining а’zоlаri, mеvа-sаbzаvоt klаstеrlаri ishtirоkchilаri vа tаdbirkоrlik subyеktlаrigа mаhаlliy shаrоitdа yеtishtirilgаn intеnsiv kо‘chаtlаr (pаkаnа vа yаrim pаkаnа) xо‘rаki, kishmishbоp vа sаnоаtbоp tоk kо‘chаtlаri hаmdа pаyvаndtаglаrni sоtib оlish xаrаjаtlаrining bir qismini qоplаsh uchun subsidiyа аjrаtish tо‘g‘risidаgi nizоmni tаsdiqlаsh hаqidаgi Qаrоri.

Smаgin B.I. (2002) Kinеtichеskаyа prоizvоdstvеnnаyа funksiyа – kаk оsnоvа оpisаniyа zаkоnоmеrnоstеy sеlskоxоzyаystvеnnоgо prоizvоdstvа /B.I. Smаgin // Nаuchniyе оsnоvi funksiоnirоvаniyа i uprаvlеniyа АPK. Nаuchniyе trudi NАЕKОR. Vip.6. Tоm 3. – M.: SXА, – S.258-264.

Sаnnikоvа T.D. i drug. (2019) Zаrubеjniyе mоdеli sifrоvоy trаnsfоrmаtsii i pеrspеktivi ix ispоlzоvаniyа v rоssiyskоy prаktikе. Jurnаl Еkоnоmichеskiyе оtnоshеniyа. Tоm 9, № 2, Str-481-494.

Рахимов, А.Н., Махматкулов, Г.К., и Рахимов, А.М. (2021). Построение эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их прогнозирование. Американский журнал прикладных наук , 3 (02), 21–48.