ОБЕСПЕЧЕНИЕ ФИНАНСОВОЙ ГРАМОТНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В РАЗВИТИИ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Аннотация

В статье проанализированы роль и значение уровня финансовой грамотности населения в развитии цифровой экономики, мнения и мнения зарубежных и отечественных ученых по этому вопросу, направления повышения финансовой грамотности, вопросы дальнейшего развития отраслей экономики в результате увеличения объема финансовых услуг. В результате научных исследований в соответствующем порядке были сделаны выводы и предложения.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
20-27
36

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Раъно A., & Рaънo T. (2024). ОБЕСПЕЧЕНИЕ ФИНАНСОВОЙ ГРАМОТНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В РАЗВИТИИ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ. Передовая экономика и педагогические технологии, 1(2), 20–27. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/59988
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье проанализированы роль и значение уровня финансовой грамотности населения в развитии цифровой экономики, мнения и мнения зарубежных и отечественных ученых по этому вопросу, направления повышения финансовой грамотности, вопросы дальнейшего развития отраслей экономики в результате увеличения объема финансовых услуг. В результате научных исследований в соответствующем порядке были сделаны выводы и предложения.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

20



RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA AHOLINING MOLIYAVIY

SAVODXONLIGINI TA’MINLASH

Abrorova Ra’no

Toshkent shahar 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

ORCID: 0009-0000-2195-168X

abrorovarano71@gmail.com

Tolibjonova Ra’no

Toshkent shahar 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

ORCID: 0009-0009-9706-1881

ranotolibjonova69@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda aholining moliyaviy

savodxonlik darajasining o‘rni va ahamiyati, xorijiy va mahalliy olimlarning bu boradagi fikr va
mulohazalari, moliyaviy savodxonlikni oshirish yo‘nalishlari, moliyaviy xizmatlar hajmining

ortishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlarining yanada rivojlantirish maslalari tahlil qilindi. Ilmiy

izlanishlar natijasida tegishli tartibda xulosa va takliflar keltirib o‘tildi.

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, moliyaviy mablag‘lar, moliyaviy savodxonlik, oliyaviy

xizmatlar, bank, iqtisodiyot, risk, barqarorlik.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ФИНАНСОВОЙ ГРАМОТНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В РАЗВИТИИ

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Абророва Раъно

Средней общеобразовательной

школы № 16 города Ташкента

Талибжонова Рaънo

Средней общеобразовательной

школы № 40 города Ташкента

Аннотация.

В статье проанализированы роль и значение уровня финансовой

грамотности населения в развитии цифровой экономики, мнения и мнения зарубежных и

отечественных ученых по этому вопросу, направления повышения финансовой
грамотности, вопросы дальнейшего развития отраслей экономики в результате

увеличения объема финансовых услуг. В результате научных исследований в

соответствующем порядке были сделаны выводы и предложения.

Ключевые слова:

цифровая экономика, финансы, Финансовая грамотность,

высшие услуги, банковское дело, экономика, риск, устойчивость.

UOʻK: 330.101.22

20-27


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

21


ENSURING FINANCIAL LITERACY OF THE POPULATION IN THE DEVELOPMENT

OF THE DIGITAL ECONOMY

Abrorova Ra’no

General Secondary Education School No 16 of Tashkent City

Tolibjonova Ra’no

General Secondary Education School No 40 of Tashkent City

Annotation.

The article analyzed the role and importance of the level of financial literacy

of the population in the development of the digital economy, the opinions and opinions of foreign

and domestic scientists in this regard, the directions of increasing financial literacy, the problems

of further development of economic sectors as a result of an increase in the volume of financial
services. As a result of scientific research, conclusions and suggestions were drawn in the
appropriate order.

Keywords:

digital economy, financial resources, financial literacy, tertiary services,

banking, economics, risk, sustainability.

Kirish.

Rivojlangan mamlakatlarda aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning

nazariy jihatlarini takomillashtirish va milliy davlat dasturlari samaradorligini oshirish

borasidagi ilmiy izlanishlarga ustuvorlik berilgan holda, bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan

mamlakatlarda aholining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha davlatning
maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish,

moliyaviy savodxonlik dasturlarini bozor iqtisodiyoti komronentlari bilan boyitish, aholining

moliyaviy savodxonligi darajasini oshirishda moliyaviy tashkilotlar, jumladan, tijorat

banklarining mavqeini mustahkamlashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar yanada
faollashmoqda. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyoti talablari asosida moliya

tizimi shakllandi va muntazam takomillashib bormoqda.

Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida

moliya bozorining amal qilishi, aholiga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar va ishlab
chiqarilayotgan moliyaviy mahsulotlarning sifatini takomillashtirishda aholining moliyaviy

savodxonlik darajasini oshirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan chuqur ilmiy

tadqiqotlarni olib borish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va uning

raqobatbardoshligi darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi (Vaxabov, 2022).

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish zaruriyati 2008-yilda sodir bo‘lgan jahon

moliyaviy-iqtisodiy inqirozining sabablari va uning salbiy oqibatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Jumladan, aksariyat rivojlangan mamlakatlarda tashqi qarzning ortishi, ortiqcha riskni o‘z

zimmasiga olish va riskni boshqarishdagi nuqsonlar, moliya sektorida moliyaviy aktivlar, real

aktivlar bahosining xolisona shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bular quyidagilarda namoyon
bo‘ldi (Jumayev, 2009):

qator rivojlangan mamlakatlarda

moliyaviy innovatsiyalarning barqaror sur’atlarda

rivojlanishi, moliyaviy mahsulotlar hajmining ortishi va qulay shartlarda ichki hamda tashqi

moliyalash manbalari orqali iste’mol maqsadlaridagi qarzdorlikning ortishiga olib keldi;

rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy sektorning yetarli darajada rivojlanmagani

ortiqcha

jamg‘armalarning

rivojlangan

mamlakatlar

iqtisodiyotidagi

defitsitini

moliyalashtirishga yo‘naltirilishiga sabab bo‘ldi;

xalqaro valyuta tizimidagi asimmetriya.

Yuqoridagilarga asoslangan holda moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning barqaror

rivojlanishida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish dolzarb global muammoga
aylanmoqda.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

22


Adabiyotlar sharhi.

Druker (1993) Shaxsning iqtisodiy-moliyaviy savodxonligi darajasi uning bozordagi tovar

va xizmatlar bilan pulga nisbatan munosabatini belgilaydi. Moliyaviy savodxonlik iqtisodiy

savodxonlik bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, insonning hayotiy faoliyati jarayonida shakllanadi

va rivojlanadi.

Kiyosaki (2011) Moliyaviy savodxonlik iqtisodiy-moliyaviy bilimlarning samarasi bo‘lib,

dastlab pul topish, jamg‘arish, ongli ravishda jamg‘armani yuqori samaradorlikka ega

investitsiyaga yo‘naltirishi, daromadini oshirishi va o‘z hayotining yaxshilashi bilan izohlanadi.

Insonning moliyaviy savodxonligi pul mablag‘larini ishlab topish, jamg‘arish, uni ko‘paytirish
maqsadida samarali investitsiya qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq.

Moliyaviy savodxonlik muammosi xorijiy iqtisodiy adabiyotda XX asrning 80-yillaridan

boshlab turli yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur o‘rganilgan. Jumladan, Alsemxeest (2015)
tadqiqotlarida moliyaviy ta’limni qo‘llab-quvvatlash yoki unga qarshi fikrlarning nazariy
asoslari o‘rganilgan bo‘lsa; Xira (2012) tadqiqotlari moliyaviy xulq masalalariga bag‘ishlangan.

Bauman va Xoll (2012) tadqiqotlarida moliyaviy ta’lim zamonaviy ta’limning bazaviy

fanlaridan biri sifatida qayd etilgan bo‘lsa, Vest (2012) tadqiqotlarida moliyaviy ta’limning

iste’molchilarning individual ehtiyojlarini qondirishdagi foydali jihatlari tadqiq etilgan.

Vaxabov va Dusmuhamedovlar (2022) moliyaviy savodxonlik tushunchasiga bildirilgan

nazariy qarashlarning mazmuni turlicha bo‘lsada, ularning yagona g‘oyasi – bu inson moliyaviy

mustaqilligini va farovonligining asosiy sharti bu uning moliyaviy savodxonligi bilan

bog‘liqligini ta’kidlashgan.

Shadmanov (2020) moliyaviy fikrlash – bu mablag‘larni investitsiyalash bo‘yicha

qarorlarni baholash malakasi va xatti-harakatlaridir. Moliyaviy fikrlashining rivojlanishi

iqtisodiy farovonlikni ta’minlashda aholining moliyaviy holati va tarkibiy tuzilishining ijobiy

o‘zgarishi bayon etilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, induksiya va deduksiya, ma’lumotlarning qiyosiy va

tanlab tadqiq etish, analiz va sintez, statistik tahlil va guruhlash usullari, keltirilgan

ma’lumotlarni analitik tahlil usulidan foydalanilgan holda kengroq qilib yoritib berilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Iste’molchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish muammolari iqtisodiy adabiyotda

chuqur tahlil etilayotganligiga qaramasdan “moliyaviy savodxonlik” tushunchasining
umumqabul qilingan yaxlit ilmiy ta’rifi mavjud emas. Shu sababli aholining moliyaviy

savodxonlik darajasini oshirish muammolarini o‘rganishni ushbu tushunchaga bag‘ishlangan

ilmiy tadqiqotlar sharhidan boshlash maqsadga muvofiq. Dastlab, “moliyaviy savodxonlik”

tushunchasining o‘zagini tashkil etuvchi “savodxonlik” so‘zining ma’nosini aniqlab olish zarur.

Uzoq davr mobaynida “savodxonlik” tushunchasi tilshunoslik sohasiga oid ona tilida o‘qish,
yozish ma’nosidagi tushuncha sifatida iste’molda bo‘lgan (Moiseyeva, 2017). YuNESKO ta’rifiga

ko‘ra, agar inson “yozishni bilsa, o‘qiganlarini tushunsa, jamiyat hayotiga tegishli oddiy, qisqa

ma’lumotlarni yozib bera olsa”, savodxon hisoblanadi.

Moliyaviy munosabatlar zamonaviy inson hayotining barcha sohalariga ta’sir qiladi.

Moliyaviy savodxonlik insonga o‘zining moliyaviy farovonligini boshqarish imkonini beradi.

Elementar moliyaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmaslik insonlarning moliyaviy

farovonligini ta’minlashda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish qobiliyatini cheklaydi.

Mikro miqyosida aholining moliyaviy savodxonligi darajasining pastligi, iqtisodiy

oqibatlari va xavf-xatarlari, moliyaviy suiste’molliklar sonining ko‘payishi, aholi tomonidan

kredit qarzdorlik darajasining ortishi va shaxsiy jamg‘armalarning samarasiz taqsimlanishida

namoyon bo‘ladi. Makroiqtisodiy darajada moliyaviy savodxonlikning quyi darajasi moliya

bozorlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

23


Jumladan, moliya institutlari va ularni tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatiga bo‘lgan

ishonchni pasaytiradi, barcha darajadagi byudjetlarga qo‘shimcha bosimlarni keltirib chiqaradi

va iqtisodiy o‘sishning pasayishiga olib keladi. Fuqarolarning moliya bozorlaridagi bilimlari va

ishonchning yo‘qligi, shartnoma munosabatlari va moliyaning bazaviy asoslarini bilmaslik

tadbirkorlik va kichik biznesning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi: odamlar qanday qilib biznes
boshlashni, biznes loyihasini tashkil qilishni bilmaydilar.

Fikrimizcha, aholining moliyaviy savodxonligi darajasini to‘g‘ri va aniq tahlil qilish uchun

uning ko‘lamidan kelib chiqqan holda tadqiqotlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb

hisoblaymiz. Tahlillar ko‘rsatishicha, moliyaviy savodxonlik ko‘lamini individual, xonadon
xo‘jaligi, hudud, biznes, ma’lum bir iqtisodiyot tarmog‘i bo‘yicha, yaxlit davlat bo‘yicha

guruhlarga ajratish va moliyaviy savodxonlikning tarkibiy qismlarini o‘rganish maqsadga

muvofiq.

1-rasm. Moliyaviy savodxonlikning tarkibiy qismlari

Manba:

ilmiy izlanishlar natijasida muallif tomonidan shakllantirildi.

Moliyaviy savodxonlikka bo‘lgan ehtiyoj doimo dolzarb bo‘lib jahon iqtisodiyotidagi

globallashuv jarayonlari moliyaviy ta’lim mavqeining yanada ortishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Birinchidan, moliya bozorlarining globallashuvi natijasida moliyaviy mahsulot turlari keskin
ko‘paydi. Bu esa o‘z navbatida ularni tanlashda muayyan moliyaviy bilimlarni talab etadi.

Ikkinchidan, qayd etilgan pensiya to‘lovlari miqdorining qisqarishi va shaxsiy pensiya

jamg‘armalari mohiyatining kuchayishi bilan birgalikda, moliyaviy xavfsizlik yuki ish

beruvchidan ishchilar zimmasiga o‘ta boshladi.

Moliyaviy ta’lim aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy xulqini

takomillashtirish va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ksia
va Nil (2016) tadqiqotlarida iste’molchilarning moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning

quyidagi to‘rt jihatlari tahlil etiladi va ular natijaviy indeks orqali umumlashtirilgan:

obyektiv moliyaviy savodxonlik;

subyektiv moliyaviy savodxonlik;

maqbul moliyaviy xulq;

moliyaviy imkoniyatlar.

Indeks alohida ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq ballarni yig‘ish yo‘li bilan hisoblanadi. Ushbu

ko‘rsatkichni hisoblashda moliyaviy ta’lim va moliyaviy imkoniyatlarga taalluqli ko‘rsatkichlar
o‘rtasidagi bog‘liqliklarga alohida e’tibor qaratiladi.

Mоliyаviy

sаvоdxоnlik

Bilimlаrning

muаyyаn shаkli

Ushbu bilimlаrni

аmаliyоtdа qо‘llаsh

qоbiliyаti yоki

kо‘nikmаsi

Bilimlаrni

о‘zlаshtirish

Оqilоnа mоliyаviy

xulq

Mоliyаviy tаjribа


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

24


Mamlakatimizda moliyaviy xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar va hattoki firmalar soni

oshib bormoqda. Natijada aholiga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar darajasini ham dinamik

tarzda o‘sishini kuzatish mumkin (1-jadval). Ba’zi hollarda moliyaviy bilimlarning yetishmasligi

natijasida aholining iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishi natijada turmush dajasining

sustlashuvi kuzatilmoqda. Shuning uchun ham moliyaviy savodxonlik darajasini
mustahkamlash maktab chog‘idan boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish bilan amalga

oshirilishi lozim.

1-jadval

Moliyaviy xizmatlarining o‘sish sur’atlari (oylik)

Klassifikator

2024-

M01

2024-

M02

2024-

M03

2024-

M04

2024-

M05

2024-

M06

2024-

M07

2024-

M08

2024-

M09

O‘zbekiston

Resrublikasi

127,1

127,6

125,2

118,2

118,9

120

120,3

120,7

120,3

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

122,7

122,1

121,7

116,6

117,2

118,4

116,7

115,5

112,9

Andijon viloyati

107

109,5

113,2

110,6

115,1

120

122,1

119,9

115,3

Buxoro viloyati

106,7

109,2

112

101,7

102,4

103,2

103,3

104,3

109,2

Jizzax viloyati

110,1

109,8

106,5

91,8

97,7

100,7

101,4

103

101,5

Qashqadaryo viloyati

130,7

127,4

128

123,5

124,4

124,7

122,9

122,8

114,7

Navoiy viloyati

109,7

122,7

129,9

122,7

124,4

126,7

126,2

126

118,3

Namangan viloyati

90,2

81,9

90,5

87,8

91,7

98,1

99,6

100,4

101,7

Samarqand viloyati

116,8

116,1

115,9

112

112,3

112,6

112,3

111,7

115,9

Surxondaryo viloyati

95,6

101,3

105,6

103,5

106,1

107,5

106,9

105,9

106,3

Sirdaryo viloyati

118,1

112,1

118,6

103,4

106,7

110,5

111,7

111,7

107,4

Toshkent viloyati

112,4

113

112,5

102,5

104,3

105,8

105,3

105,8

105,3

Farg‘ona viloyati

116,2

127,6

123

117,6

118,4

118,3

118,1

116,5

116,3

Xorazm viloyati

128,2

138,9

141,6

137,7

138

138,3

135,9

134,8

117,4

Toshkent shahri

140,9

139,3

132,8

125,1

124,5

124,7

125,4

126,3

127,4

Manba:

https://siat.stat.uz/reports-filed/3222/table-data.

Birgina 2024-yil uchun ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar darajasiga e’tibor beradigan

bo‘lsak, sentabr oyi uchun o‘shish 20,3 %ni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga raqamli

texnologiyalarni iqitisodiyotda keng joriy etish, aholining qo‘l telefonlari va kompyuterlarining

Internet tarmog‘i bilan ta’minlanganlik darajasining oshishi ham moliyaviy aktivlarning faol
foydalanilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa moliyaviy bilimlarni talab etadi.

Banklar tomonidan yaratilgan mobil va kompyuter ilovalari, PayMe, Click va boshqa

dasturlardan foydalanish uchun moliyaviy bilimlarni shakllantirish va mablag‘lardan to‘g‘ri va

samarali foydalanish zaruratini yaratmoqda. Moliyaviy mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish
raqamli muhitda xavfsizlik muammolarini ham keltirib chiqaradi, shuning uchun

mamlakatimiz aholisini moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish masalasi har doim dolzarb

bo‘lib qoladi.

Raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida moliyaviy savodxonlikni ta’minlash, avvalam bor

Internet bilan qamrovni kengaytirish va undan to‘g‘ri foydalanish masalalarini hal qilish lozim.

2023-yil ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatimizda internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni

27

087,3 ming kishini tashkil etmoqda (2-rasm).


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

25


2-rasm. Internet tarmog‘iga mobil aloqa orqali ulangan abonentlar soni

Manba:

https://siat.stat.uz/reports-filed/3179/line-data

Tadqiqotlarimiz natijasida aytishimiz mumkinki 2025-yilga kelib, Internet tarmog‘iga

mobil aloqa orqali ulangan abonentlar soni 32248,56 ming kishini tashkil etishi kutilyapti.

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish oraqali aholining moliyaviy munosabatlarga
kirishish jarayonini mustahkamlaydi.

3-rasm. Elektron tijoratda savdo hajmi (yillik)

Manba:

https://siat.stat.uz/reports-filed/2833/line-data

Elektron tijoratda savdo qilish hajmining ham ortib borishi aholining moliyaviy

savodxonlik darajasini, qay darajada ekanligini ko‘rsatib beradi va uni indikator sifatida

o‘rganish ham mumkin. Elektron tijoratda savdo hajmi 2023-yilda 13

263,8 mlrd. so‘mni tashkil

qilgan, iqtisodiy faol aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda bu ko‘rsatkich 947,4 ming so‘mni

tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich kam albatta lekin moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish

elektron pullar aylanmasini yanada oshiradi. Demak aholida moliyaviy savodxonlikni oshirish
muammosi aktual hisoblanadi.

Mamlakatimizda iqtisodiy fanlarni o‘qitish yangi bosqichga ko‘tarilayapti. Sifatli ta’lim

berish imkoniyatlarini oshirish, maktab o‘quvchilarida moliyaviy va tadbirkorlikka oid bilim


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

26


ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga
joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

2023-yilda mamlakat miqyosida 210 ta oliygoh, 330 ta kasb maktabi, qariyib 400 ga yaqin

kollej va texnikum hamda 10 mingdan ziyod umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF5712-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida” (Farmon, 2019) gi Farmonida “Inson kapitalining mehnat bozori va mamlakatda

o‘quvchilarning raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirish”

chora-tadbirlarida muhim vazifalar belgilab berildi.

Bu esa o‘quvchilarning moliyaviy bilim saviyasini oshirish, moliyaviy munosabatlarga

kirishish ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishni taqazo etadi. Umumiy o‘rta ta’lim

maktablarida “Iqtisodiy bilim asoslari” va “Tadbirkorlik asoslari” fanlarini o‘qitishning asosiy
maqsadi o‘quvchilarda moliyaviy savodxonlikni va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish,
ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng maqbul

yechim topa olish va to‘g‘ri qaror qabul qilishga hamda o‘quvchilarga tadbirkorlik faoliyati va

tushunchasining shakllanishi, evolutsiyasi, mohiyati va mazmunini, tadbirkorlikni tashkil etish,

amalga oshirish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida bilim berishdan iborat
(Jabborov, 2023).

O‘quvchilarning moliyaviy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishda

integratsiya, mehnat munosabati bilan bog‘liqlik, tarbiyaviy omillar birligi, jamiyatning

ijtimoiy- iqtisodiy ehtiyojiga moslik, shaxsning ehtiyoj va imkoniyatlari birligi individual

xususiyatlarini inobatga olish, tabaqaviy yondashish, jamoa imkoniyatining ustuvorligi, o‘yin
xarakteriga egalik kabi tamoyillar alohida o‘rin tutadi.

Xulosa va takliflar.

O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar:

– katta yoshdagi aholining bazaviy moliyaviy bilimlarini oshirishga qaratilgan chora-

tadbirlarni kuchaytirish maqsadga muvofiq. Asosiy moliyaviy tushunchalar mohiyatini chuqur

tushunish iste’molchilarning moliyaviy xulqining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

– moliyaviy bilimlar o‘z mablag‘laridan oqilona foydalanish va shaxsiy moliyaviy

maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy ta’lim dasturlarini amalga

oshirishda ustun darajada moliyaviy ko‘nikmalarni shakllantirishning amaliy yechimiga e’tibor

qaratish zarur;

– moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishda rasmiy moliyaviy sektor ulushining

oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Moliyaviy ta’lim dasturlari yordamida banklar va

bank tizimi faoliyati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, moliyaviy munosabatlarni

tartibga soluvchi davlat organlari faoliyati to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlar yetkazish zarur;

– maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari o‘quv

rejasiga moliyaviy savodxonlik fanini kiritish;

– maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari

talabalari va o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish, jumladan, yoshlarga

tayanch moliyaviy bilimdonlik asoslari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish

imkonini beruvchi elektron darslik, videodars, mobil ilova yaratish;

– aholi va tadbirkorlarning moliya yo‘nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish,

ilmiy-ommabop maqola va kitoblar tayyorlash, chop etish, tijorat banklarida bosqichma-

bosqich islom tamoyillari asosida bank mahsulotlarini ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatish,

OAVlarida shu mavzuda maxsus eshittirish va ko‘rsatuvlarni tashkil qilish.

– ommaviy axborot vositalari orqali aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga

yo‘naltirilgan ko‘rsatuvlarni, tele va radio viktorinalarni muntazam aholiga taqdim etib borish.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

27


Adabiyotlar/ Literatura/ Reference:

Bаumаnn C., and Hаll T. (2012) Getting Cinderellа tо the bаll: рutting educаtiоn аt the heаrt

оf finаnciаl educаtiоn. Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies, 36(5), 2012. – РР. 508-514.

Drucker Р.F. (1993) Роst – Cарitаlist Sоciety. – Оxfоrd Butterwоrth: Heinemаnn, 1993. – Р.

271;

Farmon (2019). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida” PF-5712-son farmoni

Hirа, T. K. (2012) Рrоmоting sustаinаble finаnciаl behаviоur: Imрlicаtiоns fоr educаtiоn аnd

reseаrch. Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies, 36(5), 2012. – РР. 502-507.

Jabborov J.R. (2023) Iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatini oshirish yo‘llari // sai. 2023. № Special

Issue 7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/iqtisodiy-fanlarni-o-qitish-sifatini-oshirish-yo-
llari.

West J. (2012) Finаnciаl literаcy educаtiоn аnd behаviоurunhinged: cоmbаting biаs аnd

рооr рrоduct design. Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies, 36(5), 2012. – РР. 523-530.

Xiао, J. J., & О’Neill, B. (2016) Cоnsumer finаnciаl educаtiоn аnd finаnciаl cараbility.

Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies 40(6), 2016. URL: httрs://www.
reseаrchgаte.net/рublicаtiоn/301487659_Cоnsumer_

Finаnciаl_Educаt

iоn_аnd_Finаnciаl_Cараbility

Аlsemgeest, L. (2015) Аrguments fоr аnd аgаinst finаnciаl literаcy educаtiоn: where tо gо

frоm here? Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies, 39(2), 2015. – РР. 155-161.

Вахабов Абдурахим Васикович, Дусмухамедов Ойбек Суратбекович (2022) Молиявий

саводхонлик тушунчасининг назарий асосларини такомиллаштириш // Экономика и

финансы (Узбекистан). 2022. №5 (153). URL: httрs://cyberleninkа.ru/аrticle/n/mоliyаviy-

sаvоdhоnlik-tushunchаsining-nаzаriy-аsоslаrini-tаkоmillаshtirish.

Жумаев Н.Х., Вахабов А.В., Хошимов Э.А. (2009) Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози:

сабаблари, хусусиятлари ва иқтисодиётга таъсирини юмшатиш йўллари. Монография. –

Т.: «Аkаdemnаshr», 2009. – Б. 6-7.

Кийосаки Р.Т. (2011) Богатый папа, бедный папа / Р.Т.Кийосаки. – «Попурри», 2011. –

С. 33;

Моисеева, Д.В. (2017) Финансовая грамотность населения российского региона:

экономикосоциологический анализ: дис. канд. социол. наук. Волгоград, 2017. URL: httр://

www.vоlsu.ru/uрlоаd/iblоck/022/.

Шадманов Э., Хасанханова Н. (2020) Теортические основы экономического

мышления. Монография. – М.: «Lap lambert Academic Publishing RU», 2020. – C. 64.

Библиографические ссылки

Bаumаnn C., and Hаll T. (2012) Getting Cinderellа tо the bаll: рutting educаtiоn аt the heаrt оf finаnciаl educаtiоn. Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies, 36(5), 2012. – РР. 508-514.

Drucker Р.F. (1993) Роst – Cарitаlist Sоciety. – Оxfоrd Butterwоrth: Heinemаnn, 1993. – Р. 271;

Farmon (2019). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-son farmoni

Hirа, T. K. (2012) Рrоmоting sustаinаble finаnciаl behаviоur: Imрlicаtiоns fоr educаtiоn аnd reseаrch. Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies, 36(5), 2012. – РР. 502-507.

Jabborov J.R. (2023) Iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatini oshirish yo‘llari // sai. 2023. № Special Issue 7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/iqtisodiy-fanlarni-o-qitish-sifatini-oshirish-yo-llari.

West J. (2012) Finаnciаl literаcy educаtiоn аnd behаviоurunhinged: cоmbаting biаs аnd рооr рrоduct design. Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies, 36(5), 2012. – РР. 523-530.

Xiао, J. J., & О’Neill, B. (2016) Cоnsumer finаnciаl educаtiоn аnd finаnciаl cараbility. Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies 40(6), 2016. URL: httрs://www. reseаrchgаte.net/рublicаtiоn/301487659_Cоnsumer_ Finаnciаl_Educаt iоn_аnd_Finаnciаl_Cараbility

Аlsemgeest, L. (2015) Аrguments fоr аnd аgаinst finаnciаl literаcy educаtiоn: where tо gо frоm here? Internаtiоnаl Jоurnаl оf Cоnsumer Studies, 39(2), 2015. – РР. 155-161.

Вахабов Абдурахим Васикович, Дусмухамедов Ойбек Суратбекович (2022) Молиявий саводхонлик тушунчасининг назарий асосларини такомиллаштириш // Экономика и финансы (Узбекистан). 2022. №5 (153). URL: httрs://cyberleninkа.ru/аrticle/n/mоliyаviy-sаvоdhоnlik-tushunchаsining-nаzаriy-аsоslаrini-tаkоmillаshtirish.

Жумаев Н.Х., Вахабов А.В., Хошимов Э.А. (2009) Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози: сабаблари, хусусиятлари ва иқтисодиётга таъсирини юмшатиш йўллари. Монография. – Т.: «Аkаdemnаshr», 2009. – Б. 6-7.

Кийосаки Р.Т. (2011) Богатый папа, бедный папа / Р.Т.Кийосаки. – «Попурри», 2011. – С. 33;

Моисеева, Д.В. (2017) Финансовая грамотность населения российского региона: экономикосоциологический анализ: дис. канд. социол. наук. Волгоград, 2017. URL: httр:// www.vоlsu.ru/uрlоаd/iblоck/022/.

Шадманов Э., Хасанханова Н. (2020) Теортические основы экономического мышления. Монография. – М.: «Lap lambert Academic Publishing RU», 2020. – C. 64.